Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1) Fikrning tugallanmaganligi, so‘zlovchining hayajonlanib yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko‘rsatish uchun: Agar hozir gapingizni to‘xtatmasangiz…
2) Ba’zan ko‘p nuqta so‘zlovchini o‘ylashi, mulohaza qilishini ko‘rsatadi: Bugun… bugun oldingizga o‘tsam bo‘ladimi?
3) Ba’zan kimningdir savolga javob bermay indamay turganini ko‘rsatish uchun ham ko‘p nuqta qo‘yiladi: – Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz…
4) Biror so‘z yoki gapning tushirilganini ko‘rsatish uchun: Bugun yettinchi bo‘limga kelib, … fig‘oni oshdi. (T.Malik)
Do'stlaringiz bilan baham: |