Mavzu. Nobikir yo’l to’SHAMALARINI LOYIHALASH Nobikir yo’l тo’shamalarini hisoblash


Yo’l to’shamasining bog’lanmagan qatlamlarini



Download 495,75 Kb.
bet7/8
Sana22.11.2022
Hajmi495,75 Kb.
#870705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1- Mavzu. Nobikir yo’l to’shamalarini loyihalash

16.4.Yo’l to’shamasining bog’lanmagan qatlamlarini
siljishga qarshi turg’unlikka tekshirish

Hisobiy yuklama ta’sir etganida yo’l to’shamasining katta bog’lanishga ega bo’lmagan qatlamlarida yo’l to’shamasining deformatsiyalanishiga olib keluvchi siljish hodisalari yuzaga kelmasligi kerak. Bog’lanmagan materiallardan qurilgan konstruktiv qatlamning biror nuqtasida siljishlarga qarshi turg’unlik shartlari Kulon tengsizligi bilan ifodalanadi:


max≤  tg+s, yoki max- tg≤s (16.11)
bu yerda max - maksimal urinma kuchlanish;  - maksimal urinma kuchlanishlar ta’sir etayotgan yuzaga kuchlanishlarning normal tashkil etuvchisi;  - bog’lanmagan materialning ichki ishalanish burchagi; s - ilashish.
O’zgartirilgan ifodaning chap qismi max-tg=Тf faol siljish kuchlanishi deb ataladi.
Siljish faol kuchlanishining eng katta qiymati, odatda, yuklangan yuza markazining ostida, qatlamlar orasidagi urinish joyida yoki undan pastroqda bo’ladi.
Muvaqqat yuklamadan hosil bo’lgan siljishga qarshilik faol kuchlanishi Morning mustahkamlik mezoni bo’yicha to’shama gruntning g’ildirak izi markazi ostida eng katta kuchlangan nuqtasidagi chegaraviy muvozanatlik shartiga mos kelib, quyidagicha ifodalanadi.
, (16.12)
bu yerda 1 , 3 - ayni nuqtadagi maksimal va asosiy minimal kuchlanishlar, ular yo’l to’shamasi ikki qatlamli ekvivalent to’shamaga keltirilgandan keyin aniqlanadi;  - ichki ishqalanish burchagi.
Siljish faol kuchlanishiga, shuningdek, yo’l to’shamasining ko’rilayotgan qatlamdan yuqorida yotgan qatlamlarining o’z og’irliklari ham ta’sirqiladi. Bu omilni hisobga olish uchun v tuzatma kiritiladi. Ichki ishqalanish burchagi va to’shamaning qalinligiga qarab v musbat ham, manfiy ham bo’lishi mumkin.
Shunday qilib to’shamaning siljishga qarshi turg’unlik mezoni etib quyidagi uzil-kesil shart qabul qilinadi.
Тfaolshax=(ТfaolV)Тj=k1k2k3s (16.13)
bu yerda Тj - gruntdagi siljish joiz kuchlanishi; s - hisobiy davrda yo’l poyi faol zonasidagi gruntning ilashishi; k1, k2, k3 - xususiy zahira koeffitsiyentlari; k1 - qisqa muddatli impulsiv qo’zg’aluvchan yuklama qo’yilganida ilashish s ning kamayishi (qisqa muddatli yuklamalarda k1=0,6, takrorlanishi kam bo’lgan yuklamalar uzoq muddat ta’sir etganida k1=0,9) k2 - zaxira koeffitsenti, u qurilish texnologiyasi buzilishini, ob-havoning o’ta noqulay sharoitlarini hisobga oladi. Harakat intensivligiga qarab, k2 50avt./sut o’tganda 1,23, 5000 avt./sut o’tganda 0,55 ga teng; k3 - yo’l to’shamasi konstruksiyasida turli gruntlarning ishlash hususiyatini hisobga oluvchi koeffitsent. Yirikligiga qarab qumlar uchun k3=3,0...7,0; loyli gruntlar uchun k3=1,5.

16.14-rasm. qatlamlar urinish tekisligida erkin siljiganida ikki qatlamli yo’l to’shamalarini hisoblash uchun nomogramma (h/D=0...4).


16.14 - rasmda urinish yerida qatlamlar birgalikda ishlaydigan hol uchun birlik yuklamadan (r=I) siljish faol kuchlanishi faol aniqlanadigan nomogramma ko’rsatilgan. Yo’l to’shamasi og’irligining ta’sirini hisobga olish uchun yordamchi nomogramma berilgan (16.15-rasm). Puasson koeffitsenti yo’l to’shamasi materiallari uchun 0,25 va grunt uchun 0,35 olingan.


Konstruktiv qatlamning siljishga qarshi turg’unligi quyidagicha tekshiriladi:
tekshirilayotgan qatlamdan yuqorida joylashgan qatlamlarning o’rtacha hisobiy elastiklik moduli qo’yidagi tarkibiy formula bilan aniqlanadi (16.16 - rasm).
(16.14)

bu yerda E1, E2 - konstruktiv qatlamlarning hisobiy elastiklik modullari bo’lib, bu qatlamlarning qalinligi tegishlicha h1, h2...ga teng.






1 6.15-rasm. Тo’shamaning o’z og’irligi ta’sirida faol siljish kuchlanishlarini aniqlash uchun nomogramma.

sm

Hisoblashlarning ko’r satilishicha, (16.14) formula bo’yicha hi sobangan kuchlangan lik holati aniq usullar bilan hisoblangani natijaga yaqin;


siljishga joiz qarshilik Тj (16.13) tenglama bo’yicha hisoblanadi.
h/D va Eo’rt/Egr nisbatlar va ichki ishalanish burchagi  ma’lum bo’lsa, tekshirilayotgan qatlamda siljish faol kuchlanishining maksimal solishtirma qiymati faol nomogrammadan topiladi (16.11-rasmga .) va unga yo’l to’shamasi og’irligining ta’siriga tuzatma kiritiladi (16.15-rasmga q.)

1 6.16-rasm. O’rtacha elastiklik modulini aniqlashda qatlamlarni aniqlash sxemasi.





hqt,

Eqt, Cqt,
Siljishga faol qarshilikni (16.11) for -mula bo’yicha hisoblan- gan joiz qiymatiga qiyoslab, to’shama kons- truksiyasining to’g’ri-noto’g’ri belgilan ganligi to’g’risida fikr yuritiladi.

Egr, Cgr,

Agar hisoblash plastik siljishlar sodir bo’lishi mumkinligini ko’rsatsa, yuqorida joylashgan qatlamlarning qalinligini yoki bikirligini o’zgartirish zarur yoki tekshirilayotgan qatlamda siljish qarshiligi katta materialdan foydalanish zarur.
Bo’sh bog’langan shag’alli yoki qumli materiallardan, suyuq bog’lovchi modda bilan puxtalangan materiallar va gruntlardan tashkil topgan qatlamlarning turg’unligi shunga o’xshash usul bilan hisoblanadi. Bunda k3 koeffitsenti 1,5 ga teng qilib olinadi.



Download 495,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish