Mavzu.
NOBIKIR YO’L TO’SHAMALARINI LOYIHALASH
NOBIKIR YO’L ТO’SHAMALARINI HISOBLASH
16.1. Yo’l to’shamasiga tushadigan yuklama
Avtomobil g’ildiraklaridan yo’l to’shamasiga tushadigan bosim asosiy yuklama bo’lib, yo’l to’shamalarini hisoblashda ana shundan kelib chiqiladi.
Zamonaviy avtomobillar ichki havoning bosimi 0,15 dan 0,7 MPa gacha bo’lgan pnevmatik shinalarga ega. Havo bosimi 0,175 dan 0,55 MPa gacha bo’lgan past bosim shinalari va havo bosimi 0,5...0,7 MPa bo’lgan yuqori bosim shinalari bo’ladi.
G’ildiraklardan tushadigan yuklama yo’l sirtiga qo’yidagi yuza oraliq beriladi
, (16.1)
bu yerda Gs – g’ildirakdan qoplamga tushadigan statik yuklama, N;
ro - shinadagi havo bosimi, Pa; K - shina yon devorlarining bikirligi ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsiyent, o’rtacha 1,1 ga teng.
Harakatlanishda g’ildirakning qoplamaga bosimi bir qancha omillar ta’sirida ortadi: shinalarning qizishi va unda ichki havo bosimining ortishi; pokrishkani cho’zuvchi markazdan qochma kuchlar ta’sirida shina bikirligining ortishi; shinaning har bir qismining qoplama bilan urinish vaqtining qisqaligi natijasida shina haqiqatda ta’sir etuvchi yuklamaning statik qo’yilishiga mos keladigan o’lchamgacha siqilishga ulgurmaydi, ya’ni guyo ancha bikirroq bo’lib qoladi.
Bundan tashйari, yo’l sirti hammavaйt har xil uzunlikdagi to’lqinlar tarzidagi (1 dan 20 m gacha va undan ortiq) notekisliklarga ega bo’ladi, bular ustidan avtomobil harakatlanayotganda tebranadi. G’ildiraklarning qoplamaga bosimi o’rtacha bosimga nisbatan goh kamayib, goh ortadi.
Yo’lda harakatlanishda avtomobil osmalarining tebranishlarini tadqiq etish (yo’ldagi notekisliklar tasodifiy funksiyalarning matematik nazariyasi qonuniyatlari bilan tavsiflanadi) yo’l va avtomobillarning o’zaro ta’sirlashuvini aniqlash imkonini beradi.
Nazariy tahlil va tajriba natijalari shunday hulosaga olib keldiki, 80 km/soat gacha bo’lgan tezlikda qoplamaga tushadigan bosim taxminan tezlikka nisbatan to’g’ri mutanosiblikda ortadi, keyin amalda o’zgarmas bo’lib qoladi.
Gruntlarning va ba’zi konstruktiv qatlamlar materiallarining qovushoqligi namoyon bo’lishi natijasida yo’l to’shamalarning deformatsiyalanishi sekin kechadi. Yo’l to’shamasining qo’yilgan yuklamaga mos keladigan to’liq egilishi bir necha minut o’tgandan keyin sodir bo’ladi. G’ildirayotgan g’sildirakning yo’lga qisqa muddatli ta’sirida deformatsiyaning va inersion qarshilikning sekin sodir bo’lishi tufayli yo’l to’shamasi teng yuklama statik qo’yilgandagiga araganda kam egiladi. Shuning uchun bu holda gruntli asos uchun dinamik koeffitsiyent birdan kichik deb hisoblash mumkin.
Sirt notekis bo’lganida grunt uchun dinamik koeffitsiyent 1 dan ortiq bo’ladi, biroq g’ildirakning yo’l sirtiga bevosita zarbiy ta’siri bo’yicha o’lchangan koeffitsiyentdan kam bo’ladi. qoplama qancha notekis bo’lsa, dinamik koeffitsiyent shuncha yuqori bo’ladi. Yo’l to’shamalarini hisoblashda dinamik koeffitsiyent 1,3 ga teng qilib olinadi. Hamdo’stlik mamlakatlarida yo’lning shahardan tashqari joylarida yo’l to’shamalari uchun hisobiy yuklama sifatida avtomobilning o’qlaridan beriladigan yuklamalar 60 va 100 kN (6 va 10 tk) qilib qabul ilinadi. Ko’pgina horijiy mamlakatlarda o’qdan beriladigan yuklama 100 va 130 kN qabul qilingan.
Hisobiy yuklamalar to’g’risidagi ma’lumotlar 16.1-jadvalda berilgan.
A guruhidagi avtomobillardan tushadigan yuklamalardan I...III, Is va IIs toifali yo’llar to’shamasini hisoblashda foydalaniladi. Yangidan qurilayotgan IV toifali yo’llar to’shamasini shu yuklamaga hisoblash asta-sekin joriy etilmoqda. Keyinchalik IV toifali yo’llarda kapital ta’mirlash jarayonida to’shamalar 100 kN yuklamaga moslab kuchaytiriladi. V toifali yo’llar, agar ulardan katta avtomobillarning o’tishi ko’zda tutilmasa, 60 kN o’q yuklamasiga hisoblanadi.
16.1-jadval
Тransport
|
O’qqa tu-shadigan eng kam statik yuklama, kN
|
G’ildirakdan tu-shadigan me’yorla-nadigan yuklama, kN
|
O’rtacha bosim, MPa
|
G’ildirakning hisobiy diametri, sm
|
qo’zg’al-may tur-ganida
|
Hara-katlan-ganida
|
o’zsal-may tur-ganida
|
Hara-katlanganida
|
Avtomobillar:
A guruh
B guruh
|
100
60
|
50
30
|
65
39
|
0,6
0,5
|
33
28
|
37
32
|
Avgobus-lar:
A guruh
B guruh
|
110
70
|
55
35
|
72
46
|
0,6
0,5
|
34
30
|
39
34
|
16.2-jadval
Avtomobil yoki tirka-maning markasi
|
Yuk ko’taruvchan-ligi, t
|
Keyingi g’ildirakdan tushadigan statik yuklama, kN
|
Hisobiy yuklamalarga keltirish koeffitsiyenti
|
A guruh
|
B guruh
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
GAZ-53A
|
4,0
|
28,0
|
0,08
|
0,74
|
ZIL-130
|
5,0
|
34,8
|
0,20
|
1,94
|
MAZ-500A
|
8,0
|
80,0
|
1,04
|
-
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
KamAZ
|
8,0
|
27,3
|
0,27
|
2,25
|
LiAZ-677
|
-
|
41,6
|
0,58
|
-
|
Ikarus-250
|
-
|
47,9
|
0,91
|
-
|
Kraz-258b1
|
12,0
|
43,7
|
2,34
|
-
|
MAZ-89-26
|
8,0
|
30,0
|
0,21
|
2,0
|
16.3-jadval
Yo’l toifasi
|
Bir polosadagi keltirilgan hisobiy harakat jadalligi, bir./sut
|
Quyidagi qoplamalar uchun minimal elastiklik moduli, Mpa
|
A guruh
|
B guruh
|
kapital
|
takomil-lashtirilgan yengil
|
o’tuvchi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
I
|
500
|
-
|
230
|
-
|
-
|
II
|
250
|
-
|
220
|
180
|
2
|
III
|
70
|
-
|
180
|
160
|
-
|
IV
|
-
|
70
|
-
|
125
|
65
|
V
|
-
|
50
|
-
|
100
|
50
|
Do'stlaringiz bilan baham: |