Mavzu. Nobikir yo’l to’SHAMALARINI LOYIHALASH Nobikir yo’l тo’shamalarini hisoblash



Download 495,75 Kb.
bet6/8
Sana22.11.2022
Hajmi495,75 Kb.
#870705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1- Mavzu. Nobikir yo’l to’shamalarini loyihalash

umum

umum

16.8-rasm. Ikki qatlamli tizimning yuqorigi qatlamining elastiklik modulini aniqlash uchun nomogramma (E2/Eumum nisbat, ya’ni pastki qatlam elastik moduli E2 ning ikki qatlamli tizimning ekvivalent moduli Eumum ga nisbati egri chiziqlardagi raqamlar bilan ko’rsatilgan).

2. Butun yo’l to’shamasining umumiy elastiklik moduli Eum, qoplamaning E1 uchun qabul qilinadigan elastiklik moduli E va qoplamaning konstruktiv qabul qilingan qalinligi h ning ma’lum qiymatlaridan kelib chiqib, yo’l to’shamasining qoplama ostida joylashgan qatlamlarining yig’indi modulini aniqlaymiz. qoplama ostidagi qatlamlar - «asos - sovuqdan himoyalash qatlami - grunt» tizimining yig’indi moduli Eumum.a-s-gr ni E1 deb abul qilamiz.


Buning uchun abssissalar o’qiga (16.9-rasm) h/D nisbatni qo’yamiz va bu nuqtadan nomogramma maydonida Eumum/E1=Eumuma-s-g-r/E nisbatga mos keluvchi chiziq bilan kesishguncha perpendikulyar chiqaramiz.
Kesishish nuqtasidan ordinatalar o’qiga perpendikulyar o’tkazib,
E2/E1=Eumum a-s-gr/E nisbatni olamiz, bundan qidirilayotgan modul Eumum a-s-gr ni

Eumum /E1 =0.9

umum

topamiz.




16.9-rasm. Ikki qatlamli tizimning umumiy elastiklik modulini aniqlash uchun omogramma (Eumum/E1 nisbat egri chiziqlardagi raqamlar bilan ko’rsatilgan).

3. Umumiy modullar Eumum a-s-gr va Eumum s-gr ni hamda yo’l to’shamasi asosi qatlamining moduli Eo ni bilgan holda nomogramma bo’yicha (16.8-rasmga .) ordinatalar shkalasi E2/E1=Eumum s-gr/Eo dan va nomogramma maydonidagi chiziq Eumum/E1=Eumum a-s-gr/Eo dan foydalanib, qidirilayotgan nisbat hasos/D ni topamiz.


Hisoblash tartibi 16.10-rasmda ko’rsatilgan.
Yuqorida bayon etilganlardan ko’rinib turibdiki, konstruktiv qatlamlarning joylashish tartibi va ulardan ba’zilarining qalinligi yo’l to’shamalarini hisoblashda loyihalovchi tomonidan belgilanadi. Shuning uchun qolgan qatlamlarning hisoblab aniqlanadigan qalinliklari qandaydir darajada bu yechimlarning muvaffaqiyatligiga bog’liq. Prof. A.K.Birulya (Хarkov avtomobil-yo’l instituti) turli materiallardan teng mustahkam yo’l to’shamalarini konstruksiyalash va hisoblash usulini taklif etadi. Bu usul yo’l to’shamalari konstruktiv qatlamlarining elastiklik modulini chuqurlik ortishi bilan qonuniyatli o’zgartirish zarur degan fikrga asoslangan.

16.10-rasm. Nobikir yo’l to’shamasining qalinligini hisoblash tartibi:
a - to’shama sxemasi va hisobiy kattaliklar; b - hisoblash tartibi; 1-3 - hisoblash bosqichlari.

Bunda to’shamaning zarur umumiy moduli shu paragrafda yuqorida bayon etilganlarga ko’ra qabul qilinadi.


Yo’l to’shamasi konstruktiv qatlamlarining elastiklik modulini o’zgartirish prof. B.I.Kogan formulasi bidan ifodalanadigan qonuniyatga mos kelishi kerak:
(16.9)
bu yerda Eo- to’shama gruntning elastiklik moduli; N - yo’l to’shamasining qalinligi; Z - 16.11-rasmda ko’rsatilgan koordinatalar tizimida qaralayotgan nuqtaning koordinatasi;  - elastiklik modulining chuqurlik bo’yicha o’zgarish intensivligini tavsiflovchi koeffitsiyent.
 ning qiymati to’shama qatlam sirtida elastiklik modulining Eo ga, qoplamaning sirtida esa qoplama materialining elastiklik moduli El ga teng bo’lishi kerak, degan shartdan topiladi (16.9) tenglamaga Z=-H ni o’yib, Ev=Eoye ni olamiz, bundan = .



16.11-rasm. Хarkov avtomobil-yo’llari instituti (ХADI) ishlab chiqqan yo’l to’shamalarini konstruksiyasiga va hisoblash usuliga oid sxema:
a - chuqurlik bo’yicha elastiklik modullari o’zgaradigan qatlamlarning sxemasi; b- yo’l to’shamalarini konstruksiyalashda qatlamlarni joylashtirish.

Yo’l to’shamasining cho’kishi R radiusli doirada tekis taqsimlangan yuklama ta’sir etganida kuchlanishlarning prof. B.I.Kogan bo’yicha yuqorida bayon qilingan taqsimlanishida quyidagi bog’liqlik bilan ifodalanadi:


(16.10)
bu yerda 1=Ev/Eumum - ko’p qatlamli tizimni bir jinsli yarim bo’shliqa keltirish koeffitsiyenti; Eumum - yo’l to’shamasining hisoblangan umumiy elastiklik moduli.
Yo’l to’shamasi qatlamlarining umumiy qalinligi R/H va Ev/Eo nisbatlar asosida grafik bo’yicha aniqlanadi (16.12-rasm).
Elastiklik modulining chuqurlik bo’yicha taqsimlanishi nazariy epyurasini qurib (16.11-rasm, b ga .), bu epyurada turli materiallarning qatlamlari shunday joylashtiriladiki, bunda har qaysi qatlam qalinligining o’rtasida modulning qiymati shu materialning moduliga teng bo’lsin. Yo’l to’shamasi modullari pog’onali epyuralarining yuzi nazariy egri chiziq bilan chegaralangan yuzaga teng bo’lishi kerak.



Ev/Eumum

16.12-rasm. Yo’l to’sha-masi qalinligini aniqlash grafigi.





Ev/E0

16.13 - rasmda yo’l to’shamasining uch varianti keltirilgan; ularning jami qalinligi 75 sm bo’lib, umumiy moduli Eumum=218 MPa ga teng.






16.13-rasm. Yo’l to’shamalarining ХADI usuli bilan hisoblangan konstruksiyalari:


1 - ikki qatlamli asfaltbeton; 2 - qurilmada organik bog’lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh; 3 - yirikligi bo’yicha saralangan chaqiq tosh; 4 - organik bog’lovchilar bilan ishlov berilgan saralangan chaqiq tosh aralashmasi; 5 - chaqiq tosh qo’shib va bog’lovchilar bilan ishlov berib mustahkamlangan grunt; 6 - yirikligi bo’yicha saralanmagan chaqiq tosh; 7 - chaqiq tosh qo’shib mustahkamlangan grunt; 8 - organik bog’lovchilar bilan ishlov berilgan grunt; 9 - biroz chaqiq tosh qo’shib mustahkamlangan grunt.



Download 495,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish