Mavzu: Nevrologiya, nevropatologiya va psixopatologiya haqida umumiy tushuncha reja


BOSH MIYA NERVLARINING FUNKSIYASI, SHIKASTLANISH ALOMATLARI VA ULARNI TEKSHIRISH USULLARI



Download 0,53 Mb.
bet3/10
Sana26.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#472358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari fanining

BOSH MIYA NERVLARINING FUNKSIYASI, SHIKASTLANISH ALOMATLARI VA ULARNI TEKSHIRISH USULLARI.


I juft hidlov nervi.
1-neyron va uning periferik o‘simtasi burun shiliq qobig‘ining yuqori bo‘lmasida joylashgan. Bu hujayralar hidli moddalar ta’sirini bevosita qabul qilib, markaziy o‘simtalar orqali bosh suyak bo‘shlig‘iga uzatadi. Bu hid sezish nervidir.
2-neyron bosh miyadagi hid sezish piyozchasida joylashgan. Bu piyozchadan 2-neyron tomirchalari chiqib, hid sezish yo‘lini tashkil etadi. Hid sezish yo‘lidagi har xil bo‘lmalarda asablar uzilib qolishi va natijada bu yo‘l 3- 4-neyronli yo‘l bo‘lib qolishi mumkin va ular hid sezish markazigacha borib to‘xtaydi. Hid sezish nervlari funksiyasini tekshirishda har xil hidli moddalar qo‘llaniladi. Hid sezish funksiyasi buzilishida hidlarni sezish hissi yo‘qolgani (anosmiya) yoki kamayib ketganini aniqlanadi (giposmiya). Patologiya holida kamdan kam kuzatiladi.
II juft ko‘ruv nervi- tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
K o‘ruv analizatorining o‘tkazgich yo‘li to‘rtta nevron zanjiridan iborat. I-II-III nevron hujayralari ko‘z retinasi – to‘r pardasida joylashgan. Birinchi nevron hujayralari ko‘ruv hujayralari yoki ko‘ruv tayoqchalari va kolbachalar esa uning markazida bo‘ladi. Retinaning chetlarida, kolbachalar esa uning markazida bo‘ladi. Retinaning markazida sarig‘ dog‘da ko‘plab kolbachalar bo‘ladi, ular buyumlarni eng aniq ko‘rish joyi hisoblanadi. Kolbachalar kunduzi ko‘radigan va rangni sezadigan hujayralardir, tayoqchalar esa buyumlarni qorong‘ida ko‘rishga yordam beradi. Ko‘ruv hujayralarning protoplpazmatik o‘siqchalarida ko‘ruv purpuri – rodopsin joylashgan bo‘lib, yorug‘lik ta’sirotini nerv impulsiga aylantirib beradi. Hosil bo‘lgan nerv impulslari birinchi nevron aksoni orqali ikkinchi nevronga, ya’ni bipolyar hujayralarning dendritlariga o‘tkaziladi. Ganglioz hujayra aksonlari yig‘ilib, ko‘ruv nervini hosil qiladi.
Ko‘ruv yo‘llari miya oyoqchalarini tashqi tomonidan aylanib o‘tib, yuqoriga ko‘tariladi, miya moddasiga kiradi va ko‘rish yostiqchasi do‘ngi va oldingi ikki do‘ng birlamchi markazda to‘xtaydi yoki tashqi egri bugri tanada to‘xtaydi. Shu yerga ko‘z pardalari gangmioz hujayralari aksoni tugaydi va ikkinchi neyrondan ko‘rish yog‘dusi deb ataladigan ko‘rish tutami boshlanadi. Bu tutam ichki xaltaning orqa qismidan yo‘nalib miyaning gardon bo‘lagida tugaydi. Tolalarning ana shu tugallangan joyi po‘stloqli ko‘rish analizatori hisoblanadi. Bu yerda ko‘rish analizatori birinchi neyronda hosil bo‘lgan nerv impulslarini nur va rang hissiyotlariga aylantirib beradi.
Shunday qilib, ko‘rish yo‘llari, birlamchi ko‘rish markazlari, grasiole tutami, po‘stoq ko‘rish zonalari qarama-qarshi tomondagi ko‘zning xuddi shunday tarkiblari bilan o‘zaro bog‘liq.
Yorug‘ nur ta’sirida ko‘z qorachig‘i torayadi, qorong‘ilikdan kengayadi. (qorachig‘ning to‘g‘ridan to‘g‘ri reaksiyasi). Ammo bir tomondagi ko‘zni yorug‘likka tushirilsa, ikkinchi tomondagi ko‘z qorachig‘i ham torayadi (qorachig‘ning nurga hamkorlik reaksiyasi).
Ko‘rish o‘tkirligi. Tekshirish o‘n qator qilib, jadval shaklida joylashtirilgan harflar yordamida olib boriladi. Bemor jadvaldan 5 m uzoqlikda turib, eng kattasidan boshlab eng kichigi bo‘lgan harflarni ilg‘ay olishi va aytishi kerak. Agar bemor 10 qator harflarning hammasini aniqlay olsa, ko‘rish o‘tkirligi 1 deb hisoblanadi (har bir ko‘zni alohida alohida tekshiriladi).
Agar bemor faqat birinchi qatordagi katta harflarni ko‘ra olsa, uning ko‘rish o‘tkirligi 0,1 deb hisoblanadi va hokazo. Ko‘ruv nervining uzilishi to‘la ko‘ra olmaslikka olib keladi (amavroz). Ko‘rish o‘tkirligini pasayishi ambliopiya deyiladi. Ko‘rish o‘tkirligi pasayishi refraksiyani o‘zgarishi bilan bog‘liq va bu kamchilik linzalar (oyna) yordamida to‘g‘rilanadi.
Ranglarni his qilish. Tekshirish professor Rabkin jadvali bo‘yicha olib boriladi. Bunda har bir ko‘z bilan jadvalning har varag‘ini bir ko‘z bilan o‘qiladi. Po‘stloq osti ko‘rish asabi yoki po‘stloq zonasi shikastlanganda ranglarni aniqlay olish bir muncha yoki butunlay buziladi. Ko‘pincha qizil ranglarni anglash buziladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish