MENINGIT
Meningit (yun. meninx — miya pardasi) — bosh miya va orka miya pardalarining yallig’lanishi, mikroorganizmlar ko’zg’atadi (q. Miya pardasi). Mustaqil kasallik sifatida paydo bo’ladigan birlamchi va asoratlar tufayli yoki infeksiya yuqishi, mas, o’rta quloq,. burun yondosh bo’shliqlarining yallig’lanishi, gripp, qizamiq, tepki, sil, zaxm oqibatida kelib chiqadigan ikkilamchi M. farqlanadi. M. qo’z-g’atuvchilariga (virusli, bakterial, zamburug’li; sil, zaxm M.i va b.), kechishiga (o’tkir, o’rtacha o’tkir va surunkali M.), orqa miya suyukligi (likvor) ning o’zgarishiga qarab (yiringli va seroz M.) ajratiladi. Chivin va kanalar yuqtiradigan infeksion kasalliklar (ensefalit, meningoenefalit)da ham M. kuzatiladi. Infeksiya M. bilan og’rigan bemor yoki bakteriya tashib yuradigan "sog’lom" kishilardan (ular bilan so’zlashganda, o’pishganda, bemor aksirganda, yo’galganda), aksari yuqori nafas yo’llari yallig’langan bemorlardan yuqadi. Kattalarga nisbatan yosh bolalar ko’proq kasallanadi. Aksariyat kech kuz, qish va erta bahorda uchraydi. Kasalllk to’satdan boshlanadi, harorat 38—40°ga ko’tariladi, badan uvi-shadi, bemor teztez qayt qiladi (ovqat yesa-yemasa ham), bezovtalanadi. M.ning shakliga qarab klinik belgilari xilma-xil bo’ladi, lekin ularning barchasiga xos ayrim alomatlar mavjud; qattiq bosh og’rig’i, bosh va bo’yin muskullarining tortishishi natijasida bemornig boshi orqaga engashgan bo’lib, oldinga ega olmaydi, oyokdari bukilib qoladi. Baʼzan bemor alahlaydi, talvasa tutishi ham mumkin, tashqi taʼsirotlar (kuchli yorug’lik, qattiq tovush va h.k.)ga taʼsirchan bo’ladi. M. hamisha shiddat bilan boshlanmaydi. Ikkilamchi M. asta-sekin avj oladi; darmon quriydi, bosh og’riydi. Agar biror yuqumli kasallik qo’shilsa, bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi va yuqorida sanab o’tilgan klinik belgilar rivojlanadi. M.ning hamma xilida bemorni darhol vrachga ko’rsatib, albatta, kasalxonaga yotqizish kerak. Davo o’z vaqtida boshlansa bemor batamom sog’ayib ketadi. Kasallik qo’zg’atuvchisini tashib yuruvchilar topilsa, jamoadan ajratiladi va davolanadi. Oldini olish uchun quloq, tomok va burun bo’shlig’ining yallig’lanish va yiringli kasalliklarini o’z vaqtida davolash lozim. Meningit – bosh va orqa miya yumshoq pardalarining o`tkir yallig`lanishi. Meningitlar, asosan, yuqumli kasalliklar qatoriga kiradi. Chaqirilishiga qarab birlamchi va ikkilamchi meningitlarga bo`linadi. Birlamchi meningit kasalligi to`g`ridan-to`g`ri pnevmokokklar, meningokokklar, stafilakokk va viruslardan keyin kelib chiqadi. Ikkilamchi meningitlar esa ba`zi kasalliklardan keyin quloq, burun-halqumning yiringli kasallikari, tif, zaxm, sil kasalliklarining asorati sifatida paydo bo`ladi. Yallig`lanish jarayoniga va orqa miya suyuqligining tarkibiga qarab yiringli va seroz meningitlarga bo`linadi. Meningit – bosh va orqa miya yumshoq pardalarining o`tkir yallig`lanishi. Meningitlar, asosan, yuqumli kasalliklar qatoriga kiradi. Chaqirilishiga qarab birlamchi va ikkilamchi meningitlarga bo`linadi. Birlamchi meningit kasalligi to`g`ridan-to`g`ri pnevmokokklar, meningokokklar, stafilakokk va viruslardan keyin kelib chiqadi. Ikkilamchi meningitlar esa ba`zi kasalliklardan keyin quloq, burun-halqumning yiringli kasallikari, tif, zaxm, sil kasalliklarining asorati sifatida paydo bo`ladi. Yallig`lanish jarayoniga va orqa miya suyuqligining tarkibiga qarab yiringli va seroz meningitlarga bo`linadi. Hamma meningitlarda quyidagi meningial belgilar kuzatiladi:1. B osh og`riq, miya pardalaridagi sezuvchi retseptorlarning ta`sirlanishidan kelib chiqadi. Bosh og`riq hamma vaqt boshning barcha tomonida, ko`proq ensa va peshana qismida bo`ladi. Bosh og`riq V–X juft KBM nervlarining toksik yoki mexanik ta`sirlanishi (bosh miya bosimining oshishi) dan keyin paydo bo`ladi. 2. Qusish – markaziy xarakterga ega bo`lib, ovqat yeyishga bog`liq bo`lmaydi. 3. Giperesteziya – bemorlar yorug`likni, tovushni, shovqinni juda yomon his qiladi.
4. Ensa mushagining tarangligi – bo`yin mushaklari tarang tortilib qoladi. Orqa miya ildizlarining ta`sirlanishi natijasida kelib chiqadi.
5. Kernig va Brudzinskiy (yuqori, o`rta, pastki) belgilari.
6. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda katta liqildoq tarangligi.
7. Lessaj (osiltirish) belgisi – bolani qo`ltig`idan ko`targanda oyoqlarini bukib tizzasini qorniga tekkizadi. 8. Uch oyoq belgisi – bemor qo`lini orqasiga qilib o`tirgan vaqtda oyoqlarini tizzasidan bukib oladi.Yiringli meningit . Uning qo`zg`atuvchilari meningakokk, pnevmakokk, stafilokokk, streptokokk, salmonellalar, ichak tayoqchalaridir. Bolalarda ko`proq uchraydi, sababi gematoensefal baryer to`liq yetilmagan bo`ladi. Bu meningitlarning qo`zg`atuvchilari yuqori nafas yo`llari orqali organizmga kirib, u yerda ko`payadi va yuqori nafas yo`llarining yallig`lanish belgilarini namoyon qiladi. Keyinchalik limfa tugunlarida ko`payib, qon orqali bosh miya pardalariga boradi. Meningit boshqa surunkali kasalliklar (otit, zotiljam, abssess, sepsis) dan keyin ham paydo bo`ladi. Kasallikning yashirin davri 3–5 kun davom etadi.Klinik manzarasi. Kasallik to`satdan, o`tkir boshlanib tana haroratining 39 – 40°C gacha ko`tarilishi, qusish, titrash, yosh bolalarda sababsiz baqirib yig`lash bilan kuzatiladi, katta yoshdagilar kuchli bosh og`riqdan shikoyat qiladilar. Bemorning hushi karaxt, ruhiy bezovtalik, alahsirash va og`ir hollarda hushning yo`qolish holatlari bo`ladi. Agar yallig`lanish miyaning tepa qismida (konveksital) bo`lsa, qaltirash belgilari meningial belgilar bilan kechadi. Qaltirash belgilari ko`proq yosh bolalarda uchraydi. Kasallikning 2–3-kunidan boshlab meningial belgilar paydo bo`ladi (ensa mushagi tarangligi, Kernig, Brudzinskiy belgilari). Bemor boshni orqaga tashlab, oyoqlarini qorin bo`shlig`iga yaqinlashtirib yotadi. Yosh bolalarda katta liqildoq taranglashgan bo`ladi. Giperesteziya, pay reflekslari oshgan, III – IV –VII –VIII –XII juft bosh miya nervlarining zararlanishi kuzatiladi. Agar yallig`lanish miyaning asosida bo`lsa, unda bemorlarda g`ilaylik, ko`zga narsalarning ikkita bo`lib ko`rinishi, yuqori qovoqning osilib qolishi, yuz mushaklarida asimmetriya kuzatiladi. Bu mahalliy belgilar faqat miya shishgan vaqtlarda paydo bo`ladi. Bemorning rangi oqargan, og`iz atrofi ko`kargan, nafas olishi va tomir urishi tezlashgan, qon bosimi biroz ko`tarilgan, ishtahasi yo`qolgan bo`ladi. Ba`zi bemorlarning oshqozon-ichak yo`llarida buzilish bo`lib, jigar va taloq kattalashadi. Yosh bolalarda sababsiz bezovtalik, qichqirib yig`lash, tana haroratining ko`tarilishi, ich qotish meningitning asosiy belgilari hisoblanadi. Qon tarkibida leykotsitoz neytrofillar hisobiga ko`paygan, ECHT tezlashgan bo`ladi. Orqa miya suyuqligida bosim oshgan, rangi loyqa, sariq-ko`k rangda, oqsil 0,66 dan 6 g/1 gacha va undan ham yuqori bo`ladi. Pandi, Nonne-Apelt reaksiyasi musbat, sitoz 1000– 10000 gacha 1 mm3, shundan neytrofillar 80–100 % ni tashkil etadi. Davosi. Bemorni tezda shifoxonaga yotqizib davolash zarur. Yiringli meningitlarda asosan antibiotiklarni maksimal dozada birinchi kundan boshlab berish kerak. Statsionar sharoitda qon va orqa miya suyuqligi olib antibiotikka sezgirligi tekshiriladi hamda etiotrop davo o`tkazish zarur. Og`ir kechishlarda antibiotiklarni parenteral yuborish kerak. Agar bemorda tana harorati uzoq saqlansa, orqa miya suyuqligida o`zgarish bo`lmasa, qonda yallig`lanish jarayoni saqlansa hamda meningial belgilar uzoq saqlansa antibiotiklarni almashtirish zarur.Parvarish qilish. Qat`iy ravishda to`shakda yo`tib davolanish tartibi, tez-tez yengil ovqatlantirib turish. Meningitlarda bosh miyada gipertenziya belgilari bo`ladi. Bunda bemor shovqin, yorug`likni yoqtirmaydi. Shuning uchun bemorlarni alohida tinch, unchalik yorug` bo`lmagan xonaga yotqizish, xonani toza havo bilan ta`minlash, yostiq yumshoq bo`lishi, ko`rpa-to`shaklari ozoda bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |