KO‘RISH MAYDONINI TEKSHIRISH
Buning uchun perimetrdan foydalaniladi. Bemor perimetr o‘rnatilgan stol yoniga o‘tiradi. Ustunchaga mahkamlangan metall yoy gorizontal o‘q atrofida aylana oladi. Apparatda iyak ostiga qo‘yiladigan taglik va qovoq tagiga mo‘ljallangan plastina bo‘ladi.
Vrach, uchiga oq soqqacha o‘rnatilgan tayoqchani yoyning ichki tomonidagi sirti bo‘ylab yuqoriga, pastga yo‘naltiradi. Yoyning ichki sirti markazidan 00dan 900 gacha belgilab qo‘yilgan bo‘ladi va bemor oq soqqa harakatiga qarab ko‘zini yurita boshlaydi. Maksimal burchakka burilgan holda ko‘zining ko‘ra olishi ko‘zning ko‘rish maydoni hisoblanadi. Qanchalik burchakka burilganini yoy ichiga belgilab qo‘yilgan burchak darajalari ko‘rsatadi. Perimetr yoyini chap o‘ng tomonlarga burib, bemorning ko‘rish maydoni chegaralari aniqlanadi. Normal ko‘rish maydoni chegarasi tashqarisi 900, ichkarisi 600 , pastkisi 700, yuqorigisi 600 atrofida bo‘ladi.
Ko‘rish maydonini tekshirganda har xil o‘zgarishlar kuzatiladi. Ko‘rish maydonini har tomondan cheklanishlari qonsentrik torayishi deyiladi. Ko‘rish maydonini biror qismi ko‘rinmay qolsa skotama deyiladi.
Ko‘rish yo‘llarining har xil sohalaridagi shikastlanish ko‘rish maydonini o‘zgarishiga olib keladi va bu holatlarni quyidagi sxemada ko‘ramiz;
№1 bir tomondagi ko‘rish nervining shikastlanishi shu tomondagi ko‘zning ko‘r bo‘lishiga olib keladi.
№ 2 xiazma atrofidagi shikastlanish har ikkala ko‘zni chala (yarim) ko‘rlikka olib keladi va buni bitemporal genionopsiz yoki gipertonik gemonopsiya deyiladi. Bu holatlarda har bir ko‘zni tashqi tarafining yarmi ozor chekadi. Ko‘rish qobiliyatini bu ravishda pasayishi turk egarida joylashgan gipofizda shishlar paydo bo‘lgani seziladi.
№3 bir biri bilan kesishmagan tolalar o‘tkazuvchanligi buzilishi natijasida xiazma atrofi shikastlanadi. Bunda har bir ko‘zda geminopasiya seziladi, ammo ko‘rish maydoni boshlanishini yarmi ichki tomoni yo‘qoladi va bu holatni binozal geterom gemionopsiya alomatlari deyiladi.
№4 chap tomondagi ko‘rish yo‘llari shikastlanishi o‘ng ko‘z to‘r pardasining ichki yarmisi va chap ko‘zning tashqi tomon impulslarini o‘tishini buzadi. Ko‘zning nurlarni sindiruvchi muhitida nurlarning bir biri bilan kesishib ketishi natijasida chap tomon ko‘rish yo‘larida ko‘rish maydonini yo‘qolishi sodir bo‘ladi. Shunda gemonim onamoyon bo‘ladi va natijada chap va o‘ng ko‘zlarda chala (yarim) ko‘rlik paydo bo‘ladi.
№5 ikkinchi neyron tolalarining uzilishi (grasiole tutamida) ko‘rlik (gomonopsiya) hamda kvadratli va seksiyali gemionopsiyaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |