KO‘Z CHUQURLIGINI TEKSHIRISH
Oftolmaskop yordamida ko‘z chuqurligi tekshiriladi. Tekshirish vaqtida qurishib qolgan emizak giperemiyasi, venalar kengayganligi va torayganligi, nevrit hamda qurib qolgan emizak va ko‘rish nervlarini sezish mumkin. Ko‘pincha bunday holat bosh miyadagi shishlar, gidrotsefaliya, abssess, meningitlarda seziladi.
III juft ko‘zni harakatlantiruvchi nerv.
IV juft g‘altak nerv
VI juft uzoqlashtiruvchi nerv
Bu nerv turlari ko‘zning harakatini ta’minlovchi vazifasini bajaradi ya’ni ko‘z soqqalarini va qorachig‘i mushaklarini harakatlantirib turadi
Ko‘zni harakatlantiruvchi nervlar ko‘z gavhari qavariqligini qorachiqni torayish kengayishini va ko‘z soqqasi mushaklarini harakatlantirib turadi.
Gavhar qabariqligini o‘zgarib turishi ko‘zni yaqin va uzoq masofadan tasvirni aniq ko‘rish uchun moslasha olishidir (akkomodasiya).
Ko‘z mushaklari quyidagilardan iborat:
Y uqorigi to‘g‘ri mushak ko‘z soqqasini yuqoriga harakatlantiradi; pastki to‘g‘ri mushak ko‘z soqqasini pastga harakatlantiradi; tashqi to‘g‘ri mushak ko‘z soqqasini tashqariga harakatlantiradi; ichki to‘g‘ri mushak ko‘z soqqasini ichkariga harakatlantiradi; yuqorigi yon mushak ko‘z soqqasini pastga, tashqariga harakatlantiradi (bu mushak qiya joylashganligi sababli); pastki yon mushak ko‘z soqqasini yuqoriga va tashqariga harakatlantiradi. Bulardan tashqari qovoqni yuqoriga harakatlantiruvich mushak ham bor.
Ko‘z harakati asablari markaziy neyronlari old markaziy burmaning tagiga joylashgan, uning selferik yadrosi esa old chetvroholmiyaning tagidagi miya oyoqchalarida joylashgan. Ko‘z harakati asablari ko‘z kosasi bo‘shlig‘iga kosachaning tirqishidan kiradi.
Ko‘z harakati asablari funksiyasini tekshirishda ko‘z soqqasining holati, ko‘z yirig‘ining holati va uning katta kichikligiga e’tibor berish kerak.
Normal holda ko‘z soqqalari simmetrik va bir chiziqda yotgan bo‘ladi, ko‘z yirtiqligi ham bir xil bo‘ladi. Bu funksiya buzilganda qovoqlarning osilishi (ptoz), qorachig‘ning past baland joylashishi (anizokariya), torayib qolganligi (mioz), kengayib ketganligi (midriaz) kuzatish mumkin.
Ko‘zni harakatlantiruvchi nervning periferik qismi shikastlanganda tashqi mushaklar parezi yoki periferik falaj taraqqiy qiladi. Bemor shikastlangan tomonga qaraganda tasvirlar 2 tadan bo‘lib ko‘rinayotganligidan shikoyat qiladi (diplopiya). Shikastlangan tomondagi ko‘z qorchig‘i ichkariga biroz siljigan bo‘ladi (kesishgan g‘ilaylik)..
III-IV-VI Ko‘zni harakatlantiruvchi nerv funksiyasini tekshirish
Bemorga quyidagilar taklif qilinadi:
a) vrach barmog‘iga yoki qo‘lidagi bolg‘achaga tik qarab turish. Bunda ko‘z yirtig‘ini kengligi va ularni bir tekisdaligiga, qovoqlarning osilib turishiga, ko‘z soqqasini bo‘rtib chiqqan (ekzoftalm) yoki chuqurlanib qolganiga (ekoftalm), ko‘z soqqalarini holati, shakli va qorachiqning katta kichikligiga e’tibor beriladi.
b) bemorga yuqoriga, pastga, yon taraflarga qarashni iltimos qilib, ko‘z soqqalarining harakatchanligi tekshiriladi) qorachiqlarning nur ta’sirida to‘ppa-to‘g‘ri va birgalikdagi reaksiyasi tekshiriladi. Bemor ko‘zini qo‘l kafti bilan biroz berkitilsa, qorachiq kattalashadi, ochilsa qorachiq torayib kichiklashadi (tekshirish yoritgich bilan olib boriladi).
g) konvergensiya va akkomodasiya reaksiyasi. Bemordan 50-60 sm uzoqlikda vrach barmog‘iga tik qarab turishi barmoq harakatini kuzatib turishni iltimos qilinadi. So‘ngra vrach barmog‘ini asta sekin bir tekisda bemor burnigacha olib keladi. Normal holda ko‘z soqqalari bir biriga buralib yaqinlashadi (qonvergensiya) va shu vaqtning o‘zida qorachiq toraya boshlaydi (akkomadasiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |