Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlarida yuzaga kelgan qo‘zg‘olish impulslarini bir-biriga o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Bosh miya. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo‘jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim psixik xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |