O‘rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi ovqatni chaynash, yutish va qo‘l barmoqlarining nozik harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil tana deb nomlangan nerv markazi tana muskullarining tarangligini ta’minlaydi. Oraliq miya - o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, bosh miya yarimsharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish do‘mboqlari (talamus) va do‘mboq osti soha (gipotalamus) kiradi. Talamus - po‘stloq osti sezish markazidir. Gipotalamus - vegetativ nerv tizimining markazidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |