Miya ko‘prigi - uzunchoq miyaning yuqori tomonida joylashgan bo`lib, yon tomonidan miyacha bilan tutashib turadi.Miya ko‘prigida uchlik nervining, ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nervining markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali miya ko‘prigi reflektor funksiyani bajaradi. O‘rta miya - miya ko‘prigining yuqorisida joylashgan. Unda to`rt tepalik deb nomlangan nerv hujayralari to`plami bo‘lib, tepalikning oldingi 2 tasida - po‘stloq osti ko‘rish markazi, tepalikning orqadagi 2 tasida - po‘stloq osti eshitish markazi joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |