Bosh miya Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol, ya’ni ustun qismi va bosh miya yarimsharlari. Bosh miyaning ustun qismiga uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi. Uzunchoq miya - bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan.Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi 7 gramm. Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektor funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish markazlari joylashgan. Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasi esa orqa miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo‘zg‘alish impulsini orqa miyaga o‘tkazishdan iborat. Uzunchoq miyaning shikastlanishi o‘tkazuvchanlik funksiyasining buzilishiga, ya’ni orqa va bosh miya o‘rtasidagi aloqani hamda nafas olish, yurak ishining buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |