Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm,massasi 30-40 gr bo‘ladi. Orqa miyada 13 milliondan ko‘proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining kattaligi 0,1 mm dan oshmaydi.Ulardan chiqadigan ayrim nerv tolalarining uzunligi 1,5 m ga yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o‘ralgan: tashqi qavati qattiq, o‘rta qavati o‘rgimchak to‘risimon,ichki qavati yumshoq parda. O‘rta va ichki qavat pardalari orasida orqa miya suyuqligi bo‘ladi. Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan uzunchoq miyaga tutashadi.Orqa miyaning pastki qismi 1-2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Pastga esa orqa miya ip shaklida davom etadi. Ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo‘lib, ipning uchi umurtqa pog‘onasining dum qismida tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |