Odam oliy nerv faoliyatining tipari. Oliy nerv faoliyatining yuqorida bayon qilingan tiplarining bolalarga xos xususiyatlari nasldan berilgan bo`lib, genotip deyiladi. Bolani tarbiyalash jarayonida genotipga xos bo`lgan ayrim noma`qul xususiyatlar foydali xususiyalar bilan almashtirilishi natijasida fenotip shakllanadi. Sezgi a’zolari (analizatorlar). Odam organizmi tevarak-atrof muhitning xilma-xil ko‘rinishi, undagi tovushlar, hid, harorat kabilar bog‘liqdir. Bu bog‘lanish sezgi a’zolari orqali ta’minlanadi. Bosh miya po‘stlog‘ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to‘plami joylashgan bo‘lib ularni I.P.Pavlov analizatorlar (sezgi a’zolarining markazlari), deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |