IV. Mustaqil ish.
205- mashq. Berilgan otga mos otlar tanlab, birikma tarzida yozing.
Birikmalardagi qaysi so’zlar ko’chma ma’noda qo’llangan?
V.Darsni yakunlash. O’quvchilarni rag’batlantirish.
VI.Uyga vazifa:
206- mashq. She’rni o’qing va ko’chiring. Qaratqich kelishigidagi otni aniqlab, o’zak va qo’shimchalarni tegishlicha belgilang.
SOVUQ
Kechalari bildirmay O’ynoqi ariqlarning
Qirov bo’lib yog’asan, Ovozini bo’g’asan.
Sana:_____________________________________________
Mavzu: Qaratqich kelishigi. 207-210- mashqlar.
Darsning maqsadi: a) o’quvchilarning qaratqich kelishik haqida bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash.
B) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘at boyligini oshirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
D) Bilimlarini mustahkamlash, o‘quvchilar faolligini oshirish, mantiqiy fikrlarni rivojlantirish, halollik va hamjihatlikda ishlashga o‘rgatish.
Darsning turi: savol- javob va mustaqil ish.
Darsning jihozlanishi: kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, plakat, chizmalar.
Darsning borishi:I.Tashkiliy qism:
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
206- mashq. She’rni o’qing va ko’chiring. Qaratqich kelishigidagi otni aniqlab, o’zak va qo’shimchalarni tegishlicha belgilang.
SOVUQ
Kechalari bildirmay O’ynoqi ariqlarning
Qirov bo’lib yog’asan, Ovozini bo’g’asan.
III.Yangi mavzu bayoni.
207-mashq. Topishmoqni o’qing, javobini toping va yoddan yozing.
Olmaning akasiman, Behining ukasiman,
Surxon tomon yursangiz Mezbonning kattasiman.
Qaratqich kelishigidagi otlarning tagiga chizing.
Qaratqich kelishigidagi otlar gapning qaysi bo’lagi bo’lib keladi?
208-mashq. Matnni o’qing. Qaratqich kelishigidagi otlarni aniqlang.
Gulnozning o’zi aqlli qiz. U xolasining .uyiga borsa, jim o’tirmaydi. Uylarni yig’ishtiradi.
Bir kuni xolasi Gulnozni o’zi ishlaydigan fabrikaga olib bordi. U yerda ayollar bolalaming ko’ylaklarini tikishayotgan edi. Gulnoz chevarlarning ishini kuzatdi.
Tikuvchilardan biri ko’ylakning yoqasini, ikkinchisi yonini tikardi. Gulnoz ko’ylakni bir kishi tikadi deb o’ylardi. Endi bilib oldi, bitta ko’ylakni bir necha kishi tikar ekan.
Gulnoz ko’ylagini kir qilmasdan kiyishga ahd qildi.
Xayriddin Saloh
Qaratqich kelishigidagi otni o’zi bog’langan so’z bilan birikma tarzida ko’chiring.
IV.Mustaqil ish.
209- mashq. Qaratqich kelishigidagi otga mos otlar topib, birikma tuzing va yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |