Mavzu: mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja



Download 107,44 Kb.
bet3/11
Sana15.03.2023
Hajmi107,44 Kb.
#919445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja

Nazorat savollari:

  1. Ta’limiy o’yinlarning bola rivojlanishida qanday ahamiyati bor?

  2. Bolalar nutqini rivojlantiruvchi qanday ta’limiy o’yinlarni bilasiz?

  3. Lug’at ishining qanday usullari mavjud?


Mavzu:Grammatik nutqni shakllantirish uchun mashqlar va didaktik o’yinlar o’tkazish
Reja:

  1. Bolalar nutqida uchraydigan morfologik va sintaktik xatolar va ularning sabablari.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning grammatik qurilishni shakllantirish usullari va yo’llari.

  3. Grammatik nutqni shakllantirish uchun mashqlar va didaktik o’yinlarni o’tkazish

  4. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish yo’llari

Tayanch tushunchalar: tizim, grammatik tizim, grammatik ko ‘nikma, grammatik rivojlanish.
Bolalar nutqning grammatik tuzilishini oila a'zolarining, bog‘chada tarbiyachining, atrofini qurshab oigan kattalarning nutqlariga taqlid qilish orqali mustaqil ravishda o'zlashtiradilar. Uch yoshli bola o ‘z nutqida kelishik, shaxs-son va boshqa grammatik kategoriyalardan foydalanib, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. Jismlarning fazoviy munosabatlarini, ba'zi bir ravishlarni bilib ishlatadigan bo‘ladi, ish-harakatning nomini bildiruvchi fe'llarni ham to‘g‘ri ishlata boshlaydi. Bu yoshda bolaning lug‘ati juda tez o‘sa boradi, nutqidagi so‘zlar soni 1300 — 1500 taga yetadi, endi uning nutqi juda tez rivojlanadi, mazmunan boyiydi, lug'ati kengayadi, nutqi grammatik jihatdan shakllanadi. Ular so‘z turkumlarid an otlarni tez o ‘z lashtiradilar , chunki bolalar narsalarning nomlarini (otlarini) o’z nutqlarida ko'proq ishlatadilar, ular so’z boyligining asosiy qismi otlardan iborat bo‘ladi. Biroq bu yoshda nutqning grammatik shakllarini egallashda bir qancha qiyinchiliklarga duch keladilar, ya’ni ular nutqida quyidagi grammatik xatolar uchraydi:
1. Kelishik qo ‘shimchalarini buz ib aytadilar , so‘zlarni turlashda qiynaladilar. 2. Sonlarni noto‘g‘ri ishlatadilar.
3. Fe'l shakllarini ishlatishda qiynaladilar, fe'l zamonlarini (hozirgi, o‘tgan va kelasi zamonni) darhol to ‘g ‘ri o ‘zlashtira olmaydilar, ularda o ‘tgan va kelasi zamon tushunchalari hali shakllanmagan bo'ladi. Shuning uchun o‘z nutqlarida fe’llarning zamon qo'shimchalarini almashtirib yuboradilar .
4. Old qo ‘shimcha va old ko'makchini bir-biriga aralashtirib yuboradilar.
5 — 6 yoshli bolalar nutqi grammatik jihatdan ancha to’g‘ri shakllangan bo‘ladi. Ular otlarni birlik va ko‘plikda, turli kelishiklarda to ‘g‘ri ishlata oladigan bo'ladilar. Katta guruh bolalarida boshqalar nutqidagi kamchiliklarni payqash ham yuzaga keladi. Shuning uchun ular o ‘zlaridan kichik bolalar nutqlarida grammatik xatolarga yo’l qo‘yganlarida, ularning kamchiliklarini tuzatadilar. O‘rta va katta guruh bolalari fe’llarning tuslanishi va fe'l zam onla rini am aliy tarz da o ‘zlashtirib oladitar. Biroq bu yoshdagi bola nutqida grammatik xatolar sezilarli darajada ortib boradi. Buning sababi shundaki bola yangi so‘zlarni o‘zlashtirish jarayonida uni yangi grammatik shaklda eslab qololmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgura olmaydi. 5 — 6 yoshli bolalar 12 — 15 ta so‘zdan iborat jumlalar tuza oladilar, biroq ular nutqidagi sintaktik xatolarning miqdori, kichik guruhdagi bolalar nutqidagi xatolarga qaraganda ancha ko’p bo’ladi. Buning sababi shundaki, bola fikrni bayon etish jarayonida bir vaqtning o ‘zida uning ham shakli, ham mazmuniga e ’tibor bera olmaydi. Bolalar nutqidagi morfologik va sintaktik xatolar birvaqtda yuzaga keladi. Biroq sintaktik xatolar morfologik xatolarga qaraganda uzoq saqlanadi, hatto bu kamchilik bolani maktabga o'tish davrigacha davom etadi. Bola nutqidagi shu xususiyatlarni hisobga olib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni belgilab qo ‘yish mumkin: gapning to‘g‘ri tuzilishini nazorat qilish; ikkinchi darajali va uyushiq bolakli gaplami tuzishga va undan o‘z nutqlarida foydalanishga yordam berish. Yuqorida bayon etilgan bog'cha yoshidagi bolalar nutqidagi grammatik xatolarning sabablarini quyida gilardan ko‘rsatish mumkin:
1) bolalar ona tilining morfologik qurilishini hali yaxshi o ‘zlashtirmagan likla ridan;
2) tarbiyachilar va kattalarning noto ‘g ‘ri nutqlari ta ’sirida;
3) pedagogik ishlarni to‘g ‘ri yo‘lga qo’yilmaganligidan, ya’ni kattalar bola nutqidagi xatolarga e 'tibor bermay, xatolarni o ‘z vaqtida tuzatmasliklaridan;
4) mahalliy (sheva ) so‘zlarning ta ’sirida. Tarbiyachi har bir mashg‘ulotda, mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda o ‘z guruhidagi bolalarning nutqini ta'lim - tarbiya jarayonida o ‘rganishi, nutqiy xatolarni to ‘g‘rilab borishi shart. Bir guruhdagi bolalar nutqini o ‘rganish natijalari asosida shunday xulosa qilindiki, bolalar nutqidagi grammatik xatolar har xil bolishi mumkin ekan. Bu quyidagi sabablarga bog'liqligi aniqlandi:
1. Bolaning umumiy ruhiy-fiziologik rivojlanish qonuniyatlariga, ya ’ni bola nutqidagi grammatik xatolar uning jismoniy holatiga. diqqatining, tafakkurining rivojlanganlik darajasiga.
2. Bolaning o‘zlashtirish darajasi va lug‘atiga, nutq apparati va eshitish a’zosining holatiga.
Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakllantirish - uni to’laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlami o‘zlashtirish bilan uzviy bogiiqlikda bilishni rivojlantirish asosida cgallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplami tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi. Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim. Bolalarda grammatik tizimni - sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo’lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim. Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turli darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega boiadi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda - gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riliginishakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda - hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalami ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim. Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalaming tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalami shakllantirishni «yozma nutq vaziyati»da, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlaming to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tibomi qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlami biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur. Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim. Nutqning grammmatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini tadqiq etish natijalarini sifat jihatdan tahlil etish shuni ko‘rsatdiki, eng ko‘p fikr bildirishlar hajmi sevimli ertaklarni aytib berish hissasiga, eng kami esa, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, hikoya tuzish hissasiga to‘g‘ri keldi. Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug‘at zaxirasini, balki uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish hajmi uning obyekt bilan tanishlik darajasidan dalolat bermoqda. Bolalaming biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur va xilma-xil bo‘lsa, ularning fikr bildirishlari ham shunchalik keng bo‘ladi. Bolalarning nutqida oddiy gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ba’zan «esa», «va» kabi bog‘lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba'zan esa ularsiz bog‘langan qo‘shma gaplar ham uchrab turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq bir xil ohangda jaranglaydi, ko‘pincha so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik bog‘liqlik, ya’ni: gapdagi so‘zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yoi qo‘yiladi. Hikoya qilib berishda so‘z birikmalarini tuzishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatildi - eganing kesim bilan noto‘g‘ri bog‘lanishi: keldi quyon; - aniqlovchining aniqlanuvchi so‘z bilan noto‘g‘ri bog‘lanishi: uchradi ayiq, uchradi tulki; - kelishikda va kelishik-gap boshqaruvidagi xatoliklar: sayrga ayiq bilan chiqdik. Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ular nutqida aniq ma’noli otlar ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta’sirida ro‘y beradi: bola o‘zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarninggina nomlarini o‘zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulot: Mavzu: «Tulki bolalari bilan» surati bo‘yicha hikoya qilish. Maqsad: Surat bo'yicha hikoya qilish malakalarini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: «Tulki bolalari bilan» surati.
Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatadi. Tulki haqida topishmoqni eslashlarini so‘raydi. Surat bo‘yicha tarbiyachining savollari. 1. Suratda tulki qanday tasvirlangan? (malla, chaqqon, ayyor). Tulki nima qilishni biladi? (ovlaydi, ayyorlik qiladi).
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Tulki qanday hayvon? 2. Suratda tulki qanday tasvirlangan? 3. Tulki haqida o ‘zingiz topishmoq to 'qiy olasizmi?
Grammatik jihatdan to‘g‘ri nutqni shakllantirishning asosiy vositalaridan biri bu — maxsus tashkil etiladigan mashg‘ulotlar hisoblanadi. Tarbiyachi har bir mashg‘ulot turida bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatishi kerak. Biroq maxsus tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda bola nutqidagi u yoki bu salbiy jihatlarni ogohlantirish bo ‘yicha ish olib boriladi, bola nutqida paydo b o‘lgan grammatik xatolarni tez va maqsadga muvofiq tarzda bartaraf etish uchun maxsus usul va uslubiyotlardan foydalaniladi. Bola nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish bo'yicha tashkil etiladigan maxsus m a shg‘ulotlar oyda bir marta , qolgan vaqtlarda esa nutq o ‘stirish mashg'ulotining qo ‘shimcha qismi sifatida rejalashtiriladi. Maxsus tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda bolaning diqqati faqat kerakli grammatik shakllarga jalb qilinadi.
Ko‘pgina bolalar o ‘z o ‘rtoqlarining xatolarini tuzatishda tarbiyachining eng yaqin yordamchisiga aylanib qoladilar. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni ogohlantirish, tuzatish maqsadida tashkil etiladigan maxsus mashg‘ulotlarga rahbarlik qilishda quyidagi umumiy uslubiy (metodik) ko'rsatmalarga amal qilish kerak:
-Ma 'lum bir guruhda tashkil etiladigan mashg‘ulot mazmunini uzoq muddatga mo’ljallab tanlash kerak.
- Mashg‘ulot uchun bolalarning o'zlashtirishlari, ishlatilishi qiyin bo ‘lgan grammatik kategoriyalarnigina tanlash kerak.
- Bolalarning o’zlari oson o ‘zlashtirgan bironta grammatik formani (shaklni) qayta o ‘rgatish maqsadga muvofiq emas.
- Tarbiyachi yilning boshida bolalar qanday grammatik shakllarni qo ‘llashda qiynalishlarini, xatoga yo’l qo‘yishlarini aniqlab olishi kerak. Buning uchun bola nutqini kuzatadi, alohida bolalar uchun suratli kartochkalar yordamida savol- topshiriqlar beradi. Ba’zida hamma bolalar nutqining holatini tekshiruvchi mashg‘ulotdan foydalanish mumkin. Bunday mashg‘ulotda bolalar tomon ida n ishlatiladigan bir nechta grammatik shakllarning to‘g‘riligini tekshirish mumkin. Katta va maktabga tayyorlov guruhida bolalar nutqidagi gramm atik shakllarni qanday ishlatishlarini tekshirish uchun quyidagi topshiriqlarni taklif etish kerak:
1. O. I. Solovyovaning ,,To‘g‘ri gapir“ albomidagi suratlarni ko'rib chiqish va „ Bu kim ? Ular qancha ?“ ( jo‘jalar, tulkilar, qo’ziqorinlar) degan savollarga javob berish.
2. Suratlar bilan „Nima yo ‘qoldi“ o ‘yinini o ‘ynash.
3. Suratlar (rasmlar) bilan „Gapni oxiriga yetkaz “ mashqini bajarish: Javon da palto.. . (osilgan); Ilm oqda ko’p... (sochiqlar osilgan).
4. „Gapni tugalla“ so'zli mashqini o ‘ynash: Lenta uzun, chilvir esa undan. .. (uzunroq); Pecheniy shirin, asal esa undan ...(shirinroq); .
5. Suratlar ni ko‘rib chiqish va savollarga javob berish: Qizcha nima chalyapti? (dutor); Ona qozonda nima pishiryapti? (ovqat); Bu bolalar nima qilishyapti? (yugurishyapti) Bu bola -chi? ( yuguryapti).
6. Ayiqcha o ‘yinchog‘i bilan „Topshiriq ber“ o‘yinini o ‘ynash: Ayiqchadan choyshabni yig‘ishtirishni so'ra (Ayiqvoy, choyshabni yig‘ishtirgin.) Ayiq nima qilyapti? (Yig‘ishtiryapti.) Ayiq nim a qilyapti? (Egilyapti) va hokazolar. Tekshirish mashg'ulotlari 10 — 20 daqiqa davom etadi. Bunday mashg’ulotlarni yil davomida bir necha marta o'tkazish mumkin. Har bir tekshirishga bag‘ishlangan m ashg‘ulot uchun tanlangan mavzu har xil bo‘lishi kerak. Agar aniqlangan xatolar xususiy (indvidual) xarakterga ega bo'lsa, tarbiyachi uning sabablarini aniqlaydi, bola nutqidagi xatolarni to ‘g‘rilashga ota -onalarni jalb qiladi, uning har kungi nutqini kuzatib (nazorat qilib) boradi. To ‘g ‘ri nutq namunasiga diqqatini jalb qiladi. Agar ko‘pchilik bolalar nutqida gram m atik xatolar aniqlansa, u vaqtda xatolarni tuzatish uchun maxsus mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
To‘g‘ri nutq ustida ishlashda taqqoslash usuli asosiy o ‘rin egallaydi Kichik guruhda quyidagi predmetlarni tanlash mumkin: koptoklar, bayroqlar, qo’ziqorinlar, piramidalar,noklar, olmalar, pomidorlar va hokazo. Katta guruhlar uchun murakkabroq so'zlar ( predmetlar) tanlanadi: etiklar, botinkalar, maxsilar, shippaklar
Kichik guruhda sonlarni to ‘g’ri ishlatishga o'rgatish uchun „ Do’kon “ o ‘yini o'tkaziladi. Bolalar do 'kondan narsa sotib olayotganda ularning sonini: bitta olma, ko ‘p qovunlar va hokazo aytishga o‘rgatiladi. Kichik guruhda otlarni birlikda va ko‘plikda to’g‘ri ishlatishga o ‘rgatish uchun „Kimning dumi? “ , „Daraxtning nomini bargiga qarab top“ va boshqa ta'limiy o‘yinlar o ‘tkaziladi. Shuningdek, „Kim kimni quvib o ‘tdi?“ , „Chelakda nima bor? “ , „Suratlarni terib qo ‘y“ kabi ta 'limiy mashqlar tashkil etiladi. Nutqning sintaktik tomoni ustida ishlashda „ Gap tuz“ ta ’limiy mashqi uchun hayvonlarni, meva va sabzavotlarni, qushlarni tasvirlovchi suratlar tarqatib chiqiladi. Mashqning boshida „Suratda nima tasvirlangan?“ degan savolga javob beradilar.

Download 107,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish