Infinitiv gaplar



Download 0,54 Mb.
Sana21.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#833430

Infinitiv gaplar Bunday gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Sеvish! Bu qanday baxt! Birovni kutish! Bundan azob narsa bo‘lmasa kеrak!

21.1.4. To‘liq va to‘liqsiz gaplar haqida ma'lumot


Fikrni ifodalash uchun zarur bo‘lgan gap bo‘laklarining barchasi qatnashgan gaplar to‘liq gaplar dеyiladi: Ulardan xat kеldimi?
Nutq vaziyatidan ma'lum bo‘lgan ayrim bo‘laklari tushirilgan gaplar to‘liqsiz gaplar dеyiladi: - Siz maktabga borasizmi? - Boraman (ega - mеn, hol – maktabga tushirilgan).
To‘liqsiz gaplarning turlari: 1) dialogik nutq tarkibidagiKim kеlmadi? Ahmad.  2) ibora tarzidagi: Tug‘ilgan kuningiz bilan! Navro‘zingiz muborak! 3) qo‘shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).
To‘liqsiz gaplar suhbatda, so‘zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko‘proq qo‘llanadi. 


Tursunboy Adashboyev hayoti va ijodiy faoliyatining badiiy tahlili

  1. T.Adashboyevning so‘nggi yillardagi ijodiy faoliyati. Shoirning ona-tabiat va Vatan mavzusidagi she’rlari badiiyati.



Tursunboy Adashboyev hayoti va ijodiy faoliyati.
Tursunboy Adashboyev (1939- yilda tug‘ilgan)



Taniqli bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev 1939- yilda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bilol qishlog‘ida tug‘ilgan. U Toshkent davlat universitetini hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan. „Kamolning olmasi“ deb nomlangan birinchi kitobi 1967-yilda talabalik chog‘idayoq nashr etilgan. Keyinchalik Toshkentdagi „Yosh gvardiya“, Bishkekdagi „Mektep“ nashriyotlarida „Biz sayohatchilar“, „Ola-Tovlik bo‘laman“, „Arslonbob sharsharasi“, „Surnay“, „Nur daryo“, „Guldasta“, „Olatog‘-lolatog‘“, „Oqbo‘ra to‘lqinlari“, „Sovg‘a“, „Arslonbob afsonasi“, „Sichqonning orzusi“, „Uch bo‘taloqva sirli qovoq“ to‘plamlari bosilib chiqqan.
Tursunboy Adashboyev kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yo‘g‘rilgan asarlari boshqa xalqlar tillariga ham o‘girilgan. Masalan, “Olti oyoqli xo‘tikcha”, “Olatog‘ ohanglari” singari bir talay asarlari rus, qozoq, tojik tillarida chop etilgan. Eng sara she’rlari esa qirg‘iz va o‘zbek bolalar she’riyati antologiyalaridan o‘rin olgan. Kichkintoylarga qisqa va lo‘nda qilib she’rlar yozish, qissadan hissa chiqarish Tursunboy Adashboyev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning „Sumalak“ sarlavhali she’ri shu jihatdan xarakterli:
Boychechaklar nish urib,
O turguncha o‘rnidan.
Bahor qishni tarnovga,
Osib qo‘ydi burnidan.
Yoki bolalarning cheksiz xayoloti bilan bog‘liq bo‘lgan „Tugma“ deb nomlangan mashqi ziyrak kuzatuvchanlikning mahsulidir:
Iqtidorli shoirning ravon she’rlarini o‘qir ekanmiz, ijodkor quvnoq, yengil kulgi vositasida kichkintoylar dunyosiga xos murakkab holatlarni ochib berishga har doim katta e’tibor berishini ko‘ramiz

Chunonchi, „Ahil do‘stlar“ she’rida Suhrob bilan Jahongir ismli ikki do‘st bitta bog‘chaga qatnab, hatto muzqaymoqni ham teng bo‘lib yeyishadi. Bu ikki oshna-og‘ayniga to‘p sovg‘a qilinadi.


Kitob va daftarning qadr-qimmatiga yetmaydigan, xususan, daftarni isrof qiladigan bolakaylar ko‘p uchrab turadi. Shoir „O‘n ikki varaq daftar“ she’ri orqali ana shunday o‘quvchilarni hajv ostiga oladi:
O‘n ikki varaq daftar
Xolis xizmat etmadi.
„Lo-la, osh, o-l“ so‘zini
Yozish uchun yetmadi...
Tursunboy Adashboyev jahon bolalar she’riyati vakillarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish borasida ham faol. Volter De Lamer, Yan Bjexva, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak, Musa Jong‘oziyev, Qodir Mirzaliyev, Og‘ageldi Allanazarov, Kanibek Junushev, Saydali Ma’mur, Leons Briyedis, Yesken Yelubayev she’rlarini yosh kitobxonlar Tursunboy Adashboyev tarjimasida sevib o‘qishadi.
O'zbek bolalar she'riyatida Vatan mavzusi, yugorida qayd etilganidek, bolalar adabiyotining ilk gadamlaridan boshlanadi. Shoirlarimiz dil tug`yonlarining eng baland pardalarini doimo aziz-u mukarram ona-Vatan vasfiga bag`ishlaydilar, uning go`za11ik1arini to`lib-toshih madh etadilar. Zero, Vatan Ona qadar muqaddas, Ona gadar mukarram, Ona gadar musaffodir. Vatan-
fling noz-nc'matlari, boyliklari qanchalik gadrli, bog'-u bо`ston1ari, gulzor-u chamanzorlarni qanchalik go`zal bo`1sa, tog'-u toshlari, ciio'i-u biyobonlari ham shunchalar go`za1 va gadrlidir.

Ona-Vatan tabiati oshuftasi T. Adashboyevning „Chilla chiqib" sarlavhali ushbu she'rida Vatan qishining mukammal manzarasi chizilgan.





TELEFONDAGI SUHBAT
— Allo-allo, Hakimjon,
Sinfdoshing Ro‘ziman.
Futbol qalay, dam oldingmi?
— Endi keldim o‘zimam.
— Nima bo‘ldi, chiqardingmi
Yuzinchi masalani?
Tashvish qilma, Nizom aytdi,
Ishlabdi Hasanali...
MAYIZ
— Oting nima, qizaloq?
— Menmi, tog‘a, Lolaman.
— Ol mayizdan bir hovuch.
— Yo‘q, odobli bolaman.
Hovuchingiz kattaroq,
Siz bersangiz olaman...
YALAYAPMAN
— Karimaxon, qayga ketding?
— Kel, sochimni tarayapman.
— Qatiqni tez olib chiq.
— Hozir, opa, qarayapman.
Ozroq edi, ichib qo‘yma.
— Ichganim yo‘q, yalayapman.
Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish