Nazorat savollari:
Suhbat mashg’ulotlarida tarbiyachi nimalarni amalga oshirishi zarur?
Nutqning qanday ko’rinishlari mavjud?
Monologik nutq deganda nimani tushunasiz?
Dialogik nutq deganda nimani tushunasiz ?
Bolalarda diologik nutqni tarkib toptirishda anday mashg’ulotlarni amalga oshirish zarur?
Mavzu: Bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilish
Reja:
1. Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o ‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti.
2. Qayta hikoya qilishga o ‘rgatish metodikasi.
Tayanch tushunchalar: Tetiklashtiruvchi mashq, lug'at, so‘z oboroti, tuzilish, analogiya, siluet.
Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti. Maktabgacha taiim muassasalarining katta guruhlarida bolalaming nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg’ulot olib boriladi.
I-topshiriq bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq», «Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va hikoyalardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, unga shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi. Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz);
- matn mazmunining to‘liqligi; matnni bayon qilishda izchillik;
- ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;
- nutqning ravonligi.
Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin:
- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi;
- matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;
- ba’zi muhim voqealami tushirib qoldiradi;
- bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo’ladi;
- nutqda ifodalilik yetishmaydi:
- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi; o‘zicha ba’zi so‘zlarni qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi;
- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;
- hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;
- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo’l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo’l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi. Mazkur bog‘chalarda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi:
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalaming yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi;
- matn mazmunini to’liq ifodalay olishi;
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
- ifoda vositalaridan foydalana olishi;
- nutqning ravonligi, tezligi;
- jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;
- nutq madaniyatiga rioya etishi
Bolalar nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo’lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalarning bog’lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzu: « Navro‘z bayrami» surati asosida hikoya tuzish
Maqsad: Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rgatish.
Vazifalar:
• Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda boigan voqealami hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rgatish.
• Grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar bilan savol berish va javob berish malakalarini faollashtirish.
• Sumalak, halim, palov, ko‘k somsani tayyorlash mavzulari bilan bolalar lug‘atini faollashtirish.
• Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Kutilayotgan natijalar:
• Bolalaming bog‘langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi.
• «Navro‘z bayrami» mavzusida hikoya tuza oladilar.
• Navro‘z taomlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
• Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi.
Kerakli jihozlar: «Navro‘z bayrami» surati.
Mashg‘ulotning borishi: «Navro‘z bayrami» surati ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
Tarbiyachi: Bolalar, qanday bayram bo’lib o‘tdi?Biz avval Navro‘z hayramini bog‘chada o‘tkazdik. Navro‘z ertaligi juda qiziqarli bo‘ldi. Saxiy, quvnoq bahoroy bizga sovg‘a-salomlar berdi. Hammangiz Navro‘z bayramini uyingizda davom ettirdingiz.
Mana bu suratga qarang.
• Suratda qaysi bayram tasvirlangan?
• Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi?
• Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar?
• Suratda qanday urf-odatlar tasvirlangan? (Doshqozonda sumalak pishirilyapti, kishilar o‘z yaqinlari, mahalla-kuy, qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihatlikda bayramni kutib olyaptilar, bolalar varrak uchiryaptilar, kamay-sumay navolari chalinyapti, bolalar raqs tushyaptilar)
• Navro‘zda tabiatda qanday o‘zgarishlami ko‘ryapsiz?
• Sumalakni kimlar pishiryaptilar?
• Sumalak pishirishda kimlar yordam berishyapti? Hozir biz «Navro‘z bayrami» mavzusidagi surat asosida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Hikoya tuzishda hozir ishlatgan so‘zlardan foydalanishingiz mumkin. Tarbiyachining namunasi. Biz Navro‘z bayramini mahallamiz bilan birgalikda kutib oldik. Bog‘da katta dasturxon yozildi. Qo‘shnilar dasturxonga turli xil pishiriqlar qo‘ydilar. Qo‘shni qiz Feruza uyidan lola terib chiqdi. Biz lolalarni idishga solib dasturxonga qo‘ydik. Buvimning juda shirin sumalak pishirishlarini hamma biladi. Bu yil ham buvim sumalak pishirdilar. Buvimga qo‘shni ayollar yordam berdilar. Biz o‘tin, suv tashib keldik. Mahallamiz qariyalariga akam choy damlab berdilar. Karnay-surnaylar chalindi. Nodir bilan Shahzoda raqsga tushdilar. Biz kattalarga yordamlashib bo‘lgach, varrak uchirdik. Mening varragim eng balandda uchdi. Unga hamma o‘rtoqlarimning havasi keldi. Buvim sumalak pishgach qo‘shnilarga tarqatdilar. Biz hammamiz mazza qilib sumalak yedik. (So‘ngra 5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi va baholanadi).
Tetiklashtiruvchi mashq: So‘z va harakatni uyg‘unlashtiruvchi mashqlar: «Chuchvara» Yakshanba kun ertalab, Chuchvara qilmoqchiydik. Tog‘oraga un solib, Ketidan suvni quydik. Tuxum chaqib xamirga, Yaxshilab mushtlab oldik. Koptokcha qilib uni, O‘qlovda yoyib oldik. Go‘shtni qiyma qilamiz, Unga piyoz qo‘shamiz. Xamirni kesib olib, Qiyma qo‘yib tugamiz. Tuzli suvni qaynatib, Chuchvarani solamiz. Do‘stlar kelgach biz uni, Dasturxonga tortamiz. Barcha do‘stlar kelishdi, Chuchvarani yeyishdi. Bizga rahmat deyishib, Uylariga ketishdi Bolalarning bilgan tez aytishlarini takrorlash bilan mashg‘ulotni tugatish mumkin. Tez aytishni awal sekin sur’atda, keyin tez sur’atda aytadilar: Uy yasatasizmi, osh oshatasizmi? Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
• Navro‘z bay rami qachon nishonlanadi?
• Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar?
• Qanday navro‘z urf-odatlarini bilasiz?
Qayta hikoya qilishga o‘rgatish metodikasi. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish metodikasi qayta hikoya qilib berish va hikoya to‘qish monologga o‘qitish metodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib beradilar, real va hayoliy voqealar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar to‘qiydilar. Monologik nutqni o‘qitish metodini o‘zlashtirib olish pedagog uchun quyidagilami anglatadi: bolalarni tinglashni o‘rganish; hikoya qilish va qayta hikoya qilish, shuningdek, hikoya to‘qishda bolalarga yordamlashishni o‘rganish. Qayta hikoya qilish - eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib berish. Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki bola tayyor mazmunni qayta aytib beradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug‘at, so‘z oborotlari, tuzilish), uni o‘qiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mexanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emotsional aytib berishdir. Qayta hikoya qilib berishni o‘rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sekin qiyinlashtirilib boriladi -yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib berish, yangi o‘qib chiqilgan asarlami aytib berish, hikoyachi shaxsini o‘zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib berish, tarbiyachi rejasi asosida aytib berish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan reja asosida aytib berish, o‘xshashlik asosida (analogiya bo‘yicha) aytib berish (qahramonni, mavsumni o‘zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib berish (o‘yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo‘yicha aytib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |