Mavzu: mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja


Ertakning oxirini o‘ylab topish



Download 107,44 Kb.
bet8/11
Sana15.03.2023
Hajmi107,44 Kb.
#919445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja

Ertakning oxirini o‘ylab topish
Dastur mazmuni: bolalarda xayolni rivojlantirish, uncha katta bo’lmagan ertak to'qishga, uning maznuinini izchillik bilan bayon etishga o ‘rgatish.
Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi: „Bolalar. bugun biz sizlar bilan ertak to'qishni o'rganamiz. Ertak „Ayiqcha qanday qiiib etigini yo'qotdi va uni qanday topib oldi? deb ataladi. Men ertakning boshlanishini o’yladim , siz esa oxirini o’ylab topinglar. Ertakning boshlanishini tinglang: ,,O'rmonda ona ayiq ayiqchasi bilan yashar edi. Ayiqcha juda ham sho‘x, qiziquvchan edi, ona ayiq uni juda ham yaxshi ko ‘rar edi. U ayiqchasiga qizil etikcha sovg’a qildi. Etikcha ayiqchaga juda yoqdi, u etikchani kiyib, har tarafga yugurar, hatto uxlab yotganida ham uni yechmas edi, Kunlardan bir kuni ona ayiq ovqat izlab, uzoq joylarga ketdi. Ayiqcha esa yolg‘iz o‘zi qoldi. O‘tirib -o‘tirib, uning anhorda cho‘milgisi kelib qoldi. U mazza qilib anhorda cho’mildi, biroq etikchasini yo'qotib qo’ydi. Endi sizlar ayiqcha qanday qilib etikchasini yo'qotganini, so’ngra uni qanday qilib topib olganligini o‘ylab topinglar. Balki ayiqcha etigini yechib, uni qayerga qo’yganini esidan chiqargandir yoki uni tulki olib ketgan bo’lishi mumkin. Balki unga kimdir etigini topishga yordam bergandir?" Quyida bolalar tomonidan oxiri o'ylab topilgan ertaklardan birini misol tariqasida keltiramiz:
Ahmad. Ayiqcha etigi bilan anhorda cho'mildi. Etikchalar esa oyog'idan chiqib, anhor bo'ylab oqib ketdi. Buni ayiqcha sezmay qoldi, anhordan chiqqandan keyingina buni bilib qoldi: qarasa, oyog‘ida etikchalari yo‘q. U etikchalarni

topmoqchi bo’ldi. U anhorga qayta tushdi. Etikchalarini uzoq qidirdi. So'ngra uzoqda bir qizil narsani ko ‘rib qoldi. Ayiqcha uning yoniga suzib bordi, qarasa. o'zining etikchalari. U etikchalarini olib, oyog‘iga kiyib oldi. U juda xursand bo’lib, uyga qaytdi.


Maftuna. Ayiqcha cho'milgani bordi. Etigini yechib suvga tushdi. U cho'milayotganida tulki kelib etikchalarini olib ketdi. Ayiqcha mazza qilib cho‘milib bo ‘lgach, anhordan chiqib qarasa etikchalari yo ‘q. U etikchalarini qidira boshladi. Qidirib-qidirib juda charchadi va tulkidan lining inida dam olishga mxsat so‘radi. Tulkining inida o'zining etikchalarini ko'rib qoldi. Tulkidan etikchalarini tortib olib, uyiga ketdi.
Salim. Ona ayiq ovqat izlab ketganda, ayiqcha anhorga cho‘milish uchun bordi, U etikchasini yechishni esidan chiqarib, cho ‘mila boshladi. Anhord an chiqib qarasa, etigi yo ‘q. U etigini qidira boshladi. Qirg 'oqda fil turar edi. Fil undan : „A yiqcha, sen niniani qidiryapsan?“ , — deb so ‘rabdi. Men anhorda etikchalarimni yo'qotib qo'ydim , — debdi ayiqcha. Ayiqcha fildan etikchasini topishga yordam berishini so'rabdi.Fil anhorga tushib, xartumi bilan etikchani qidira boshlabdi va uzoq qidirib, etikchani topibdi. Ayiqcha juda ham xursand bo'lib ketibdi va fîlga rahmat aytibdi.
Ijodiy hikoya tuzishning ikkinchi turi bu — tarbiyachining rejasi asosida hikoya yoki ertak tuzish. Bu hikoya turi bolalardan mustaqillikni talab etadi, chunki tarbiyachi tom onidan berilgan reja hikoya va ertak mazmunining ketma-ketligini belgilaydi xolos, mazmunni rivojlantirishni esa bolaning o'zi mustaqil amalga oshirishi lozim.
Ijodiy hikoyaning uchinchi turi bu tarbiyachi tom onidan taklif etilgan mavzu asosida (rejasiz) ertak yoki hikoya o'ylab topishdir. Bu hikoya turi ijodiy xayolni rivojlantirish. mustaqil fikr yuritishga katta yordam beradi, bola bu hikoya turida muallif sifatida hikoyaning mazmunini va lining shaklini mustaqil tanlaydi. Tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzuning o’zi bolalarni hikoya to'qishga tayyorlashi kerak. Bolalar bu hikoya turi orqali narsa-buyumlarni tasvirlashga, qahram onlarning his-tuyg'ularini, kayfiyatlarini bildirishga ular bilan boladigan voqealarni bayon etishga, hikoyaning oxirini qiziq voqea bilan tugallashga o’rganadilar. Bolalar m ustaqil ravishda hikoya yoki ertak o'ylah topishlari uchun turli xildagi mavzular berilishi mumkin. Masalan: „Tulkining tug ‘ilgan kun i“ , „Quyon qanday qilib o ‘rmonda sayr qildi“ , ,,Bolarining sarguzashti“ .
Ijodiy hikoya turlarid an eng m urakkablari — bu mustaqil ravishda tanlangan mavzu asosida hikoya yoki ertak to ‘qishdir. Bu hikoya turining muvaffaqiyatli chiqishi tarbiyachining bolalarni qiziqtira olishiga, ularda emotsional kayfiyatni vujudga keltirishiga, ijodiy xayolga ta'sir etishiga bog'iiqdir. Bu ijodiy hikoya turini „Kim qiziqroq ertak tuzadi?“ shiori ostida o‘tkazish m um kin. Bu hikoya turida bolalarni o‘rtoqlarining tuzgan ertak yoki hikoyasini baholashga, hikoyadagi ijobiy va salbiy tomonlarni ko‘ra olishga o’rgatish juda muhimdir. Buning uchun tarbiyachi baholashning namunasini beradi. Bolalar uchun ijodiy hikoyaning murakkab turi — bu tabiat haqida tasviriy hikoya tuzish hisoblanadi. Bolalar bu hikoya turini tasvirchining aniq ko‘rsatma berishi natijasida sekin-astalik bilan egallaydilar. Jumladan, yil fasllari to’g‘risida („ Bahor“ , „ Mening sevimli faslim“) hikoya tuzishdan avval tarbiyachi bolalarga biror faslga oid ob-havo, so'ngra o‘simliklar va daraxtlar, hayvonlar haqida, bolalar qanday o'yinlar o‘ynashlari va kattalar qanday mehnat qilishlari to’g‘risida gapirib berishlarini taklif qiladi. Ba’zan reja berish mumkin. Masalan:
1. Bahor faslini qish faslidan nimasi bilan farq qiladi?
2. Bahor faslida ob-havo qanday bo‘ladi?
3. Daraxt va o'simliklarda qanday o ‘zgarishlar bo'ladi?
4. Bahorda qushlar va hayvonlar qanday yashashadi?
Kattalar bahor faslida bog‘da qanday mehnat qilishadi? Tabiat to ‘g‘risida ijodiy hikoya qilishga o ‘rgatishning dastlabki bosqichida bolalar diqqatini hikoyadagi m azm unning ketmaketligiga qaratish kcrak. Bolalar mazmuni aniq bo‘lgan hikoya tuzishga o ‘rganib olganlaridan so'ng ularning o'zlariga hikoya rejasi va bayonning ketma-ketligini mustaqil ravishda hal etish imkonini berish kerak.

Download 107,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish