Mavzu: mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja



Download 107,44 Kb.
bet1/11
Sana15.03.2023
Hajmi107,44 Kb.
#919445
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni Reja


Mavzu:MTTda lug’at ishining vazifalari va mazmuni
Reja :

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati.

  2. Bolalar tomonidan lug’atni o’zlashtirish xususiyatlari.

  3. MTT da lug’at ishining vazifalari va mazmuni.

  4. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash bolalar bog‘chasi tarbiyachilarining oldiga qo'yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so’z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo'lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga bo’lgan qiziqishini o'stiradi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga axloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o ‘stirish imkonini beradi, bunda ularning so’z boyligi o‘sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to’g’ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlashga doir ishlarning mazmuni hamda ko'lami bolalarning yosh xususiyatlariga bog'liq bo’lib , bu bolalar bog’chasining har bir guruhi uchun tarbiya dasturida alohida belgilab berilgan. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi.

  5. Yuqoridagifikrlardanbizgama'lumki (ilkyoshdagibolalarnutqiningrivojlanishxususiyatlarimavzusidabayonetilganfikrlar), yangitug'ilganchaqaloqlaryig’lashorqalitashqivaichkimuhitdankeladigansignallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, birorjoyningog ‘rishiyokiissiqlashvahokazolarga) javobberadi. Bola 2 — 3 oylik bo’lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi. Bu esa 2 — 3 oylik bolaning rivojlanishiga xos bo’lgan so'zni ifodalaydi, ya’ni katta kishilar bilan aloqa qilish istagi vujudga kelganligidan dalolat beradi. Bola 5 — 6 oylik bo’lganda yengil talaffuz etiladigan tovushlarni birlashtirib, so'z chiqaradigan bo’ladi, 8 — 9 oyligida aytilgan buyumlarni ko‘zi bilan qidirib, uni topadi va qo’li bilan ko‘rsatadi yoki olib keladi. Bola bir yoshga to’lay deb qolganda o’nga yaqin so‘zni talaffuz eta oladi. Bolalarning yoshi o'sgan sari ko‘p narsalarga qiziqadi. O‘zi bilmagan narsalarni bilib olishga intiladi. Bola bir yarim yoshga to’lganda uning lug‘atidagi so‘zlar miqdori 20-30 taga yetadi. Bu so‘zlar o‘ziga tanish bo’lgan kishilar: aya, dada, nanna, buvi, bobo, amma, xola, opa; hayvonlar: vov-vov, miyov-miyov, mu-mu, qo-qo; ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan so‘zlar: ma, ol, ber va hokazolar. Bolalar tafakkurining rivojlanish xususiyatlari ularning lug‘at boyligini belgilab beradi. Ya’ni bolalardagi ko'rsatma-ta’sirchan va ko‘rsatma-obrazli tafakkur ularning lug‘atida buyumlar, hodisalar, sifatlarning nomlarini bildiruvchi so‘zlarning ortib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarda faol va sust lug‘at mavjud bo’lib, faol lug‘at orqali so‘zlovchining so‘zlarini (gaplarini) tushunibgina qolmay, balki o‘z nutqida turli xil faoliyatga oid so‘zlarni ham ishlatish mumkin bo’ladi. Sust lug'atga ega bo’lgan bola esa so'zlovchining so'zlarini tushunadi, tinglaydi, ammo o’zi gapirmaydi. Bola nutqining taraqqiyoti ana shu xususiyatlari bilan katta kishilar nutqidan farq qiladi, Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo’lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so‘zlar miqdori juda kam bo’ladi, ya’ni uning faol lug‘ati juda sekin o'sib boradi. Bu yoshda bola lug‘atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishiga bog’liq bo’ladi. Bola o'ziga aytilgan so'zlarni yaxshiroq tushunadigan bo’ladi. Uning sust lug‘ati o’sib boradi, o‘zi yaxshi gapirmaydi, ammo boshqalarning so'zini ko‘proq eshitib, eshitgan so‘z va jumlalarni o‘ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o‘z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok etadigan nutq, so‘z va gaplarning mumkin qadar boy, rang- barang va to‘g‘ri bo’lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og‘zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo bo’lishiga ta’siretishi lozim. Bolada og‘zaki-mantiqiy fikrning paydo bo’lishi esa ularning elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yomon,o’rtoq va hokazolar) o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi. Bola bir yoshga to’lganda faol lug‘ati tez o‘sadi. Bola aytadigan so'zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘ zlarni bilib olishida katta ahamiyat kasb etadi. Endi u kattalarning so'zlariga ongli ravishda, uning ma'nosiga tushunib taqlid qila boshlaydi. Ikki yoshga kirganda uning nutqi ma’noli bo’la boshlaydi. Narsalarni o ‘z nomi bilan atay boshlaydi. Chunonchi, vov-vov — kuchuk, miyov-miyov — mushuk, chiq-chiq — soat va hokazolar. Endi bola „Bu nima?, Nomi nima?“ degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning o‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni so’z) o‘rtasida yangi bog'lanishlar paydo bo’lganligidan dalolatdir. Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi so’zlarni ko’proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi so'zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning so’z boyligi 250 — 300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo‘yishi bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi orqada, yuqorida, pastda, yonda kabi ba'zi so‘ zlar paydo bo’la boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilarning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘iadi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi so ‘ zlarni o’zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? N ima uchun? Nega shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga to'lgan bolaning lug’at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so‘ z miqdori 3 — 3,5 mingtagacha yetadi. Demak, bog‘ cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi. Bog'cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi so‘zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so‘z boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlami ( r-l, sh- s, j- z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar, so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri qo ‘llab, to‘g’ri jumlalar tuza oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalarning hammasida ham so’z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo’lmaydi. So‘z to‘plamining bir xil miqdorda bo’lishi bola tarbiyalanayotgan oila sharoitiga, oila a'zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta’siriga bog’liqdir. Ba’zi oilalarda bola nutqining o ‘sishi bilan maxsus shug'ullanadilar, ya’ni ularga yangi-yangi buyumlarni ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli ish-harakatlarni bajarib ko'rsatadilar, bolaning sanoqsiz savollariga erinmay javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan suhbatlashadilar, kichik-kichik she'rlar, hikoya va ertaklar o‘qib beradilar va hokazo. Bunday sharoitda tarbiyalanayotgan bolalar lug‘ati talab etilgan so’z miqdoriga ega bo'ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keyingi faoliyatga) tayyor bo ‘lishadi, ya'ni yetarli so‘ z miqdoriga, nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega bo‘lishadi. Ba’ zi oilalarda esa bola nutqining o'sishiga e'tibor berilmaydi. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar so’z boyligi o ‘rtasida sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi.

Bolalar bog‘chasida lug‘at ishi — bu bolalarning faol lug‘atini ularga notanish yoki qiyin so’zlar hisobiga rejali kengaytirishdir. Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning lug'atini kengaytirish bir vaqtning o'zida tevarak-atrofdagi voqelik bilan tanishtirish va unga to‘g‘ri munosabatda bo’lishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib boriladi. Biz o‘z fikrlarimizni gap orqali ifodalaymiz. Gap so'zlardan tuziladi. So‘z esa tilning qurilish materialidir. Shuning uchun ham so ‘zni bilmay turib, tilni bilish mumkin emas. Nutqimizda ishlatiladigan so’zlarning hammasi tilimizning lug‘at boyligini, ya'ni leksikasini tashkil etadi. Leksika so’zi yunoncha “lexikos” so’zidan olingan bo'lib, u “so‘z” degan ma'noni bildiradi. Har bir so‘zda quyidagilar muhim ahamiyatga ega: 1)so’zning ahamiyati yoki ma’nosi; 2) so‘zning tovush tarkibi; 3) uning morfologik tuzilishi. Bolalar bilan lug‘at ishini tashkil etganda so'zning mana shu uchta tomoniga e’tibor berish kerak. Bolalar bog‘chasida lug‘at ishining aniq vazifalari bolalarni predmetlarning qismlarini, ranglarini, hajmini farqlashga o ‘rgatishdan iborat. Shu asosda gavda qismlarini (bosh, qo’llar, oyoqlar, burun, og‘iz, ko‘zlar va hokazo), hajmni (katta, kichik) va ranglarni (qizil, sariq, ko’k, yashil) bildiruvchi so‘zlar bolaning lug'atiga kiritiladi.Ikki yoshning oxirida o'xshash predmetlarni, narsa-buyumlarni (masalan, mushukni uning rangi, kattaligidan qat’i nazar tanish) bitta so‘z bilan aytishga, bir guruhdagi buyumlarni boshqa guruhdagi buyumlardan rangi, kattaligidan qat’i nazar (koptokni shardan, piyolani stakandan va hokazo) farqlashga o'rgatiladi. Uch yoshdan boshlab bola lug‘ati kattalar va o‘zi shaxsan munosabatda bo‘ladigan uy-ro‘zg’or buynmlari nomini, ko'chada, bog‘da, xiyobonda va boshqa joylarda (transport vositalari ,qurilishlar, o ‘simliklar, hayvonlar va hokazo) ko’rgan predmetlar nomini bildiruvchi so'zlar bilan boyiydi. Bola o ‘zi munosabatda bo’ladigan buyumlarning qismini (dasta, choynakning qopqog’i; yeng, cho'ntak, tugmalar, tugma teshigi, yoqa va hokazolarni), shaklini (shar, kubik, aylana), meva-sabzavotlarning mazasini (shirin, nordon, mazali, bemaza, achchiq), kunning qismlarini (ertalab, kunduzi, kechqurun) bildiruvchi so ‘zlar hisobiga lug‘at boyligi kengayadi. To ‘rt yoshli bolalar hamma buyumlarni, jihozlarni, turli transport vositalarining nomini aniq aytadilar. Bulardan tash- qari:
1) buyumlarning hajmini, detallarining katta-kichikligini farqlashni bildiruvchi (kattaroq, katta, kichkina, kichkinaroq, keng, kengroq, uzun, uzunroq, yo‘g ‘on, ingichka kabi);
2) buyumlarning joylashish o‘rnini (o’ngda, chapda, o‘rtasida, orqasida, yaqinida, yonida), kun qismlarini va ularning belgilarini (ertalab, kechqurun, kcchasi, sahar, shorn, xufton, qorong'i, yorug’ kabi);
3) buyumlarning fizik sifatlarini (yumshoq, qattiq, issiq, sovuq, silliq, tip-tiniq, g ‘adir-budur, yaltiroq va hokazolar), xususiyatlarini (eriydi, iviydi, yirtiladi kabi) bildiruvchi so'zlar ham ular lug‘atini boyitadi.

Download 107,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish