Nazorat savollari:
Bolalar bog’chasining eng muhim vazifalari?
Lug’at ishining qanday usullarini bilasiz?
Ta’limiy o’yinlarga misollar keltiring?
Mavzu:Bolalar lug’atini boyitishda ta’limiy o’yinlar
Reja:
Turli yosh guruhlarida ta’limiy o’yinlar va ularning ahamiyati.
Turli yosh guruhlari uchunDavlat o’quv dasturidan bolalar lug’atini boyitishda ta’limiy o’yinlar tanlash,o’tkazish.
Tayanch atamalar:o’yin,ta’limiy o’yinlar,rolli o’yinlar,tasviriy faoliyat,an’anaviy bayramlar
O‘yin — lug‘at o’stirishing eng natijali vositasidir. Maktabgacha tarbiya pedagogikasida ishlab chiqilgan nazariya asosida bolalar o ‘yiniga rahbarlik qilish bolalar xulqini tarbiyalashda muhim o‘rinni egallaydi. Ana shu o‘yinlarning ko‘pchiligidan bolalar nutqini rivojlantirishda ham foydalanish munikin: jumladan, o ‘zaro kelishib olish; rol va majburiyatlarini taqsimlash; o‘zi nimani bilsa, o‘rtog‘ini ham shunga o‘rgatish va hokazo. Tarbiyachi bolalar o ‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularni bir-birlari bilan samimiy ohangda,muloyim so'zlashishga o’rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar lug‘atini va bilimini o'yin jarayonida kengaytirish yo‘llarini oldindan puxta o‘ylab qo'yishi kerak: o‘yinni buyumlar bilan, milliy kiyimlardagi bolalarni tasvirlovchi qo‘g‘irchoqlar bilan tashkil etish, o‘yinga va bolalar nutqiga rahbarlik qilish (tarbiyachining bolalarga o'qib yoki hikoya qilib berishi, o'yin to ‘g‘risida savollar va jamoa bo’lib gapirib berish va hokazo). Bolalarning rolli o ‘yinlariga, ular nutqiga rahbarlik qilishda qanday usullardan foydalanilsa, boshqa o ‘yinlarda ham shu usullardan foydalaniladi. Bolalar lug‘atini boyitish, ularning ijodiy faoliyatlarida tasviriy san’at bilan tanishish tasviriy faoliyat mashg’ulotlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Masalan, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar ranglarning nomlarini,ularning farqlarini, materiallarning nomlarini (yelim, loy, plastilin, bo ‘yoq va hokazo), tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo'lgan (bo'yash, botirish, qirqish, yosash, rasm solish), m ate rialla rning sifatiga doir (oq rangli qo g‘oz, rangli qalamlar kabi) maxsus so‘zlarni o ‘zlashtirib oladilar. Teleko'rsatuvlarni, kinofimlarni tomosha qilish bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ular uchun notanish, yangi bo’lgan so‘zlarning tushunarli bo'lishiga yordam beradi. Ayniqsa, dramalashgan o'yinlar , qo‘g‘irchoq va stol teatrlari, ertaliklarda, turli bayranilarda, bolalar konsertlarida ishtirok etishlari ula rning lug‘atlarini faolla shtirishga yordam beradi. Ona tili mashg'ulotlarida nutq ustida ishlash tarbiyachining asosiy vazifasi bo’lib, bu vazifalarni maqsadli amalga oshirishda u bir qancha usul va uslubiyotlardan foydalanadi. Shuningdek , tarbiyachi bolalar bilan oddiy matem atik tasavvurlarni tarkib toptirish, jismoniy tarbiya, musiqa va boshqa mashg‘ulotlarni tashkil etadi. Bu mashg‘ulotlarda bolalar sanashga o‘rganadilar, vaqt va uning qismlarini, geometrik shakllarni, narsalarning o ‘lchamini, oddiy matematik tasavvurlarni bilib oladilar, loy va piastilindan har xil buyumlar yasash, rasm chizish (tasviriy faoliyat mashg‘uloti), ashulalar, raqslar (musiqa), gim na stika m ashqlari, umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarishga (jismoniy tarbiya) o'rganadilar. Asosiy da stur vazifalari bilan bir qatorda , lug'atni boyitish va faollashtirish vazifasi ham kiritiladi. Masalan, oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish m ashg'ulotla rida bolalar geome trik shakllarning nomla rini: uchburchak, kvadrat, to ‘ g ‘ri to'rtburchak, oval, doira va boshqalarni; vaqt tushunchalarini: ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi, sahar, shom, xufton; o'lcha m larning nomlarini: katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past va hokazo; fazoviy tushunchala rni: pastda, balandda, yonda, orqada, oldinda va son tushunchalarini bilib oladilar. Jismoniy tarbiya m ashg‘ulotlarida esa harakat nomlarini, masalan, yurish, o ‘tish, kelish, ketish, kirish; qadam qo ‘yish, qadam tashlab o'tish; yugurish, chopish, yugurib borish, sakrab-sakrab o'tish, tirmashib tushish va hokaz olarni bilib ola dilar va ularni o ‘z nutqlarida ishlatishga o‘rganadilar. Shunday qilib, bolalar bog‘chasida lug'at ishi turli xildagi vositalar yig‘indisining bolalarga ta’sir etishi asosida amalga oshiriladi.
Turli guruhlarda olib boriladigan lug‘at ishining mazmuni „Bolalar bog‘chasida ta'lim-tarbiya dasturi“ asosida belgilangan. Unda lug'at ishi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturi asosida tuzilgan. Bolalar tevarak-atrof, ijtimoiy hayot hodisalari bilan mchnat, o ‘yin, maishiy hayot jarayonida va mashg'ulotlarda tanishib boradilar. „Bolalar bogk chasida ta'lim-tarbiya dasturi“da bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish bir necha bolimlardan iborat qilib ajratib ko‘rsatilgan. Kichik guruhda tevarak-atrof va ona-Vatan; ijtimoiy hayot hodisalari, buyuk siymolar va bayramlar; kattalar mehnati; transport vositalari, buyumlar. Shuningdek, tabiat bilan tanishtirish bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash dasturining ajralmas bir bolinii bo'lib hisoblanadi. Biz bolalarni o'simliklar, hayvonlar, qushlar, hasharotlar dunyosi bilan, tabiat burchagi bilan tanishtirish vositasida muntazam lug‘at ishi vazifalarini amalga oshiramiz. O'rta guruhda esa yuqoridagi bo'limlardan tashqari, harbiy qo'shinlar bilan tanishtirish b o‘limi ajratilgan. Dasturda katta guruhlar uchun ancha murakkablashtirilgan materiallar ajratilgan. Chunonchi, ular yuqorida bayon etilgan bo’limlardan tashqari quyidagi bo’limlarni o'z ichiga qamrab oladi: an'anaviy bayramlar; mashhur sarkardalar; xalq og'zaki ijodi; transport va aloqa vositalari. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturida ajratib ko'rsatilgan bo‘lim materiallarining mazmuni bolalarning yoshiga k o‘ra murak kablashib borishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bolalarning bilim doiralari ularning buyumlar to f c g‘risidagi bosh- lang'ich tushunchalari va tasavvurlariga qarab kengayib boradi. Chunonchi, 2 — 3 yoshli bolalar kundalik tartib jarayonida turli xildagi buyumlar bilan hamda bog‘chaga yaqin bo'lgan obyektlarni ko'radilar va ularning nomlarini, ay rim sifatlarini bilib oladilar. 6 — 7 yoshli bolalar esa jamiyat hayoti, ona-Vatanimizdagi voqealar bilan qiziqadilar, bog'chadan tashqaridagi muhim obyektlar, buyumlar, narsa-hodisalarni kuzatadilar, natijada ularning bilim doiralari 2 — 3 yoshli bolalarning bilim doiralariga nisbatan ancha keng, aniq, mazmunli bo ladi va buning zamirida lug‘at boyligi tez rivojlanib boradi. Quyida dastur asosida turli yoshdagi bolalarni tevarak-atrof bilan, ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirishning mazmuni va guruhlar b o‘yicha dastur mazmunining murakkablashib borishini misol tariqasida keltiramiz.
Buyumlar bilan tanishtirish kichik guruhda. Maishiy buyumlar (ko'zgu, taroq, sovun, tish va kiyim cho'tkalar) haqida tushuncha beriladi. Uy -ro ‘zg‘or buyumlari (palos, gilam, shkaf, karavot, xontaxta, stol); oshxona idishlari (kosa, tovoq, qoshiq, likopcha, lagan, choynak, piyola, chelak, patnis va boshqalar) nomlarini bilib olish, farqlashga; oyoq kiyimlar (ctik, kavush, shippak), bosh kiyimlar (do‘ppi, qalpoq, ro‘mol, telpak) nomlarini, vazifalarini bilib olishga o’rgatiladi. O'rta guruhda. Tevarak-atrofdagi buyumlar va ularning xilma- xil sifatlari (shakli, rangi) bilan tanishtiris h. Uy -ro ‘zg‘or buyumlarining (gilam, palos, ko‘rpa, to‘shak, k o‘rpacha, yostiq, choyshab) shakli va rangi, vazifasiga e ’tiborni jalb qilish. Narsalarning qiziqarli tomonini ko‘rishga o‘rgatish (deraza romi, uning oynasi, darchasi, zulfi va deraza tokchasi). Buyumlarni u mumlas htirish, bir tur doirasida farqlash (choy idishlar: choynak,piyola, patnis, likopcha; oshxona buyumlari: cho‘mich, kapgir, qozon, kosa, pichoq, tova, lagan, tovoq, tog‘ora, j olva). Bir turdagi buyumlarning xilma-xilligini (turli rang, bichim, olchovdagi har xil gazlamalardan tikilgan ko‘ylaklar) bilib olish, har xil turdagi buyumlarni juftlash va guru hlash vositasida buyumlarning belgilari (vazifasi, tuzilishi va shu kabilar)ga ko‘ra guruhlash ko‘nikmalarini takomiIlashtirish. Kiyimlar: ustki kiyimlar, bosh kiyimlar, ichki kiyimlar, poyabzal turlari, musiqa asboblarini (surnay, dutor, nog‘ora va b.) farqlashga o ‘rgatish. Katta guruhda. Buyumlarning muhim belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bolalar bilimini boyitish. Buyumlarni shu belgilari asosida guruhlarga ajratish. Buyumlarni qanday materiallardan (matodan, qattiq, yumshoq, suyuq) ishlanganligi to‘g‘risida tushun cha berish va ularni bir-biridan farqtay bilishga o ‘rgatish. Buyumlarning vazifalari to’grisidagi bilimlarini kengaytirish. Ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish Kichik guruhda. Buyuk siymolar va bayramlar haqida ma’Iumot berish. Navoiy rasmi bilan tanishtirish. Tarbiyachi Navoiyning rasmda aks etgan siymosi haqida tushunarli, sodda jumlalarda, ayni paytda mehr va iftixor bilan bolalarga tasviriy hikoya aytib berish orqali unga nisbatan muhabbat, hurmat hissini uyg‘otadi. Bolalarda Navro‘z, Mehrjon(hosil bayrami), hayit va boshqa milliy bayramlarimiz haqida ilk tasavvur hosil qilish. Tarbiyachi bu bayramiarda hamma chiroyli kiyimlar kiyishi, o’yin-kulgi, xursandchilik bo ‘Iishini va shu bilan birga, eng muhimi, kichiklar kattalarni (ota-onalari, buvi-yu bobolarini) borib kolrishlari, har xil sovg‘alar olib borishlari, ularning duosini olishlari haqida tushuncha beradi. O'rta guruhda. Bolalarga o‘zbek xalqining buyuk siymolari (Navoiy, Bobur va b.) haqida qisqacha so‘zlab berish. Buyuk o ‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyga nisbatan hurmat va muhabbat hissini tarbiyalash. Navoiyning boialigi va nuroniy siymosi aks etgan suratlar bilan tanishtirish. Oila a'zolari: otasi, onasi, tog'alari haqida m a’lumot berish. Alisherning boialigi haqidagi qiziqarli voqcalardan hikoya qilish. Navoiy haqidagi afsona va rivoyatlardan o ‘qish va suratlarini ko'zdan kechirish. Bolalarni o‘zbek xalqining milliy bayramlari bilan tanishtirish. Navro‘z — xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri ekanligi, uni kattalar ham. bolalar ham birday quvonch bilan nishonlashlari, qiziq-qiziq o‘yinlar, sayillar uyushtirilishi, sumalak, halim. kolk somsa, chuchvaralar pishirilishi haqida so'zlab berish.
Hosil bayrami — Mehrjon. Bayramning nomlanishi haqida qisqacha so‘zlab berish. Bu bayram har yili kuz faslida o‘tkazilishi, unda dala mehnatkashlarining mehnat natijalari nanioyish qilinishi, har xil ko’rgazmalar, meva va sabzavotlar savdosini tashkil etish, dilrabo q o‘shiq-raqslar, bob odehqonn ing fidoyi mehnatini ulug‘lovchi sh e’rlar barala yang rab , o k yin-kulgi, xursandchilik avjiga chiqishi, bu to'kin-sochinlik bayrami ekan- ligi haqida tasaw ur hosil qilish. Bayramda qovun va uzum sayli o'tkazilishi haqida solzlab berish. Katta guruhda. Buyuk siymolar, allomalar hayoti va tariximiz, buyuk sharq madaniyati bilan tanishtirishni davom ettirish. Navoiyning buyuk niutafakkir, davlat arbobi bo'lganligi haqida ma'lumot berish. Uning odob-axloqqa, tarbiyaga oid, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish. Navoiyning duny o xalqlari taniydigan buyuk shoir ekanligi, uning o'zbek adabiy tiliga asos solganligi haqida hikoya qilib berish. Oradan 600 yil o ‘tgan bo’lsa ham, uning asarlari o‘z qadrini yo‘qotmaganligi, shu kungacha dunyodagi ko’plab tillarga tarjima qilinganligini aytish. Navoiyning xalqparvar inson boiganligi, xalq uchun kerakli inshootlar qurdirganligi, xalq ham uni juda sevib, hurmat qilganligi haqida gapirib berish. Alisher Navoiy nomini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekistondagi shahar, muzey, teatr, kutubxona, istirohat bog‘i va ko'chalar Navoiy nomi bilan atalishi haqida ma’lumot berish. Buyuk insonlar: Al-Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Bobur, Kamoliddin Behzod haqida ma’lumot berish. An’anaviy bayramlar. Navro‘z bayrami bahor faslida o‘tkaziladi. U hijriy hisob bo'yicha 21- martga to’g‘ri keladi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. IIgari mus ulmo n xalqlari Navroz bayramini keng nishonlaganliklari, keyinchalik bu bayramni nishonlash taqiqlangani haqida qisqacha so'zlash. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingach, bu bayram qayta tiklanganligi va endilikda Navro’z milliy bayramlarimizdan biri deb sanalishi haqida ma’lumot berish. Qadimiy milliy-mavsumiy bayram sayillari bilan bolalarni tanishtirish orqali ularda qadriyatlarimizga nisbatan muhabbatni shakllantirish. Shakl va mazmuni jihatidan xilma-xil bo’lgan sayillarni muntazam ravishda tashkil qilib turish. Masalan: katta sayil (boychechak, ona yer saxovati, gilos, olma) va qushlar hamda gullar bayrami va boshqalar. Bulardan tashqari, bolalarga milliy marosimlar: to‘y, ma'rakalar va boshqalar to‘g‘risida tushuncha berish. Bu usullar bolalar lug‘atini bovitishga, tarbiyachi nutqidan kerakli so‘zlarni ajratib olishga, shuningdek, o ‘z nutqlarida egallagan so‘zlarini ishlata olishga yordarn beradi. Shuning uchun bir uslubiyotning o ‘ zida bir vaqtda bir necha uslubdan foydalaniladi, ammo shulardan bittasi asosiy usul hisoblanadi. Quyida biz lug‘at ishining bir necha usullarini ko'rib chiqamiz:
1.Yangi yoki qiyin so‘zni aytib bcrish. Bu usul bolalar lug‘atini boyitishning faol usullaridan hisoblanadi. Belgilangan so‘zni tarbiyachi shunday talaffuz etishi kerakki, bolalar uni o'zlari bilmagan holda idrok etsinlar (aytsinlar). Tarbiyachi aytilayotgan yangi yoki qiyin so‘zni nutq oqimidagi boshqa so'zlarga nisbatan sekinroq sur’atda talaffuz qiladi. A mmo so‘zni bo ‘g ‘inlab aytish mutlaqo yaramaydi. So‘zni b o‘g ‘inga ajratib aytish — adabiy talaffuz me’yorini buzadi, u og‘zaki nutq uchun xarakterli emas. So’zni sekin talaffuz etish kerak, ammo orfoepik tomondan to‘g‘ri bolishi lozim.
2. Obyektni ko‘rsatish. So‘zni aytish ko‘pincha obyektni ko‘rsatish bilan bog'lanadi. („Qaranglar, javonning ichida tokchalari bor” deydi tarbiyachi, javon eshigini ochayotib va uni ko'rsatib.)
3. So ‘zni tanish so'z yoki tanish sinonim bilan almashtirish va qarama-qarshi ma'noli so‘z, tanish antonim bilan taqqoslash. Masalan, akvarium — shisha yashik, unda baliqlar vashaydi, ular bizga shisha orqali yaxshi ko‘rinadi.
4. Yangi yoki qiyin so'zni gapda ishlatish. Masalan: (tramvay so‘zini o'zlashtirishda tarbiyachi shunday deydi: „Yo'lovchilar tramvayning orqa eshigidan chiqishadi“ va hokazo.
5. So ‘zni takrorlash. Aytilgan yangi yoki qiyin so‘zni bolalar xotirasida mustahkamlash uchun tarbiyachi mashg'ulot davonmida bir necha marta hamma bolalar bilan jo'r bo’lib takrorlaydi. Bunday takrorlash bolalarning nutq faolligini oshiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Biroq bunday usuldan bolalarga tovush talaffuzi qiyin bo'lgan so‘zlarni takrorlatishda foydalanilsa yaxshi natija beradi (trolleybus, motoroller, termometr va boshqalar). Tarbiyachi tom onidan takrorlash uchun naniuna sifatida aytilgan so‘z aniq bo’lishi va taxminan quyidagicha tushuntirish bilan boshqarilishi kerak: „Hozir hammamiz birgalikda bu so‘zniaytishni o ‘rganamiz. Bu so‘zni men bilan birga o ‘rtacha ovozda ayting“. Tarbiyachi ayrim bolalar so’zni qanday talaffuz etayotganligini diqqat bilan tinglaydi, kerak bo’lsa, namunani takrorlashi mumkin. Namunani takrorlashda tarbiyachi bolalarga: „Diqqat bilan tinglang, bu so‘zni yana takrorlayman“, deb aytishi kerak.
6. Savol berish. Bu usuldan bola lug‘atini faollashtirish maqsadida foydalaniladi. Doim to‘g‘ridan to‘g‘ri savollar berishdan foydalanilmasdan, balki javob qaytarishga yordam beruvchi savollar berish harn mumkin. Masalan: Koptok o’ng tomondami yoki chap tomondami?
7. So’zning kelib chiqishini tushuntirish . Ba'zi hollarda bolalarning so‘zga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida uning kelib chiqishini (etimologiyasini) tushuntirish ham katta ahamiyatga ega, Bu usuldan ko’proq katta guruhlarda so’z ma'nosini chuqur tushunib olish, so’zga qiziqishni tarbiyalash maqsadida foydalaniladi. Masalan: Bolalar, nima uchun yuk avtomobili yuk tashuvchi deyiladi?
8. Murakkab so’zlarni hosil qilish. Bu usul maktabga tayyorlov guruhida qo‘llaniladi. Bolalar bilan murakkab so‘zlarni (yangi so’z) hosil qilish ustida mashq qilinadi. Bolalarga bir, ikki so‘zdan yangi so’z hosil qilish taklif etiladi. Masalan, gul — guldon; suv — suvchi; och, qizil — och qizil; to‘q, sariq — to'q sariq; uzun, quloq — uzunquloq va boshqalar.
9. Ta’limiy o ‘yin (didaktik o ‘yin). Bu usuldan ko‘proq mashg'ulot davomida foydalaniladi. Tarbiyachi qisqa muddat ichida (1—3 daqiqa) bolalar bilan so’z tanlash bo‘yicha mashq o‘tkazadi. Masalan: „Kim ko’proq ko'radi va aytadi?“, „Kim dumaloq shakldagi buyumiarni ko‘proq aytadi?“ Bu usuldan topishmoq- larni topish, buyumiarni taqqoslashda (xotirasi bo’yicha va ko‘rib turgani bo'yicha) katta guruhlarda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |