Tarbiyaviy: O’quvchilarni hamdardlik, boshqalarga mehribonlik ruhida tarbiyalash. TK4 maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar, hashar va h. k. ishtirok etish va muomala madaniyatiga (kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga) amal qilish; oilada o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni o’z kelajagi haqida o’ylashga o’rgatish. TK3 o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Darsning metodi: Noan’anviy, aqliy hujum, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: darslik, rangli ko‘rgazmalar, harakatli ko‘rgazmalar, plakatlar, kitob
Darsning borishi:
T/R
|
Bo‘limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Baholash
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Baxtimiz qomusi ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; book – kitob, flag – bayroq.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash . Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish.
III. Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darsni 106 – mashqni bajarishdan boshlaydi. Otlarni o’qing, o’zagini aniqlang.
So’ng so’zlovchi, tinglovchi va o’zgani ifodalovchi I, II, III shaxs birlik hamda ko’plik haqida ma;lumot beradi. Unli va undosh tovushga tugagan ikki so’zga egalik qo’shimchalarini qo’shib ulardagi o’zgarishlarni ko’rsatadi.
Kitobim kitobimiz
Kitobing kitobingiz
Kitobi kitoblari
Topshiriq: So‘zlar qanday qismlardan tashkil topgan? So‘zlarni yozing. Asos va qo‘shimchalarni belgilang
O’ylang! Kitobim so’zidagi – im qo’shimchasi kitobning qaysi shaxsga tegishligini bildiriyapti?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
107–mashq. O‘qing. Egalik qo‘shimchalarini olgan ot- larni aniqlang, ularni ko‘chiring. Qavs ichida qaysi shaxsda ekanini yozing.
1. Uzun dala yo‘lida keksa bobo ikki sevikli nevarasi bilan birga borardi. (Mirmuhsin) 2. Kapalak, kapalak, qanotlaring ipakday. (Mirmuhsin) 3. Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. (Abdulla Oripov)
Nevarasi ( III shaxs), qanotlaring ( II shaxs), yurtim ( I shaxs).
Do'stlaringiz bilan baham: |