I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Hosil bayrami ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; basket – savat, fruit – mevalar.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash . Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish.
III. Yangi mavzu bayoni:
103– mashq. O’qing. Hikoyat kim va nima haqida ekanini ayting.
O‘tgan bahorda Davronjonlarning uyiga yigirmata bolgariyalik yigitlar kelishdi. Ular Davronjonning da- dasidan paxta terish mashinasi sirlarini o‘rganishdi. Ular ichida Mancho Jekov ismli yigit ham bor edi.
U Bolgariyadan Davronjonga xat yozdi.
Davronjon katta-katta harflar bilan o‘zbekcha yozilgan xatni o‘qidi:
Xaskovo yaxshi. Bahor yaxshi. Yer yaxshi. Тraktor yaxshi. Chigit yaxshi. Mancho yaxshi. Do‘stlik yaxshi.
So‘ng Davronjon ham unga xat yozdi:
Davron yaxshi. O‘qish yaxshi. Bahor yaxshi. May yaxshi. Oyi yaxshi. Dada yaxshi. Тraktor yaxshi. Qishloq yaxshi. O‘rtoq yaxshi. (Xudoyberdi To‘xtaboyev)
O’qituvchi matnni o’qib, ularning ichidan kim? nima? qayer? So’roqlariga javob bo’ladiganlariga e’tiborni qaratadi. Ularni uch guruhga bo’ladi.
1. Shaxs otlari 2. Narsa buyum otlari. 3. O’rin joy otlari Otlarning shaxs, narsa buyum, o’rin – joy nomini bildirishini, kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’lishini ta’kidlaydi.
Sinf 3 guruhga ajratiladi har bir guruhga topshiriq beriladi.
1 – guruh; shaxs nomlarini 2 – guruh; narsa nomlarini, 3 – guruh; joy nomlarini yozadilar.
O’quvchilar yozuvini nazorat qilish. Husnixat bilan yozgan o’quvchini rag’batlantirish.
104 – mashq. O‘qing. Hikoyadan nimalarni bilib oldingiz?
CHUMCHUQ
Dadam har bahorda hovlimizga anvoyi gullar ektirar edilar. Ularning yashnab turishini yaxshi ko‘rardilar. Ammo rayhonlarni kimdir uzib ketardi. Dadam rayhonlarni qo‘riqlashni menga topshirdilar. Dam olish kuni edi. Men hovlida ham dars qilib, ham rayhonlarni qo‘riqlamoqchi bo‘ldim. Bir mahal rayhonlar yoniga bir chumchuq keldi. Òumshug‘i bilan rayhonni shart uzib olib, uchib ketdi. Men chumchuq rayhon yer ekanmi, deb hayron bo‘ldim. O‘rik pishdi. Men o‘rik tergani daraxtga chiqdim. Qarasam, chumchuqning ini bor ekan. Inining atrofiga ilingan qora rayhonlarni ko‘rdim. Bu voqeani dadamga aytib berdim. Chumchuqlar o‘z bolalarini qurt-qumursqa, chumolidan saqlashda rayhondan foydalanar ekan. Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan. (Olmos)
Do'stlaringiz bilan baham: |