Mavzu: Kirish darsning maqsadi


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar



Download 156,38 Kb.
bet42/80
Sana18.02.2022
Hajmi156,38 Kb.
#453111
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Bog'liq
2 5190957401624282327

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: O‘rta asrlar davomida Xitoy Yaponiya taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir, ayniqsa, min sulolasi hukmronligi davrida Xitoy
madaniyati, rassomchiligi, adabiyoti, me’morchilik san’ ati, falsafasi va harbiy sohasida sezilarli bo‘ldi XVI-XVIII asrlarda Yaponiya aholisi toifalarga bo‘lingan bo‘ lib, viloyatlarni feodallar — daymyolar nazorat qilar, ularning qo‘lida dvoryan — samuraylar xizmat qilardi. Mamlakat tepasida rasman imperator tursa-da, siyosiy hokimiyat amalda harbiy hukmdor — syogun qo‘lida edi.
Bu davrdagi eng muhim siyosiy voqea butun Yaponiyaning markazlashgan yagona davlatga birlashishi bo‘ldi.
Mamlakatni birlashtirishda uch mashhur tarixiy shaxs: Oda Nobunaga, Toyotomi
Xideyosi va Tokugava Ieyasuning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Ular birgalikda jangovar armiya tuzib, mamlakatni fuqarolar urushi girdobidan olib chiqishga muvaffaq bo‘ lishdi. Ulardan Tokugava Ieyasu 1603-yili syogun unvonini qabul qildi va Edo (hozirgi Tokio) shahrini poytaxt qilib, uchinchi syogunlikka asos soldi. Bu davlat Tokugava syogunligi deb ataldi O‘zini o ‘zi ajratib qo‘yish. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin
Yaponiyada yevropaliklar paydo bo‘lib, xristian dini ham tarqala boshladi. Yevropalik missionerlar uni yaponlar orasida zo‘r berib targ‘ib qilishdi. Ammo ko‘pchilik missionerlar din niqobi ostida yapon xalqini arosatga solishni, Yaponiyaning mustaqilligiga chek q o ‘yib, uni bosib olishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Yaponiyada XVI asr oxirida qabul qilingan qonunga binoan, barcha xristian missionerlari mamlakatdan quvib yuborildi.
1614-yili syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi. Qonun xristian dinini mamlakat dushmani deb e’ lon qildi. Budda dinini hurmat qilmaydigan barcha shaxslarning Yaponiyadan chiqib ketishi talab etildi. Shu tariqa Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi. Bu hol Yaponiyaning Yevropa bilan munosabatlariga ta’sir etmay qolmadi Yosimune islohotlari. Yosimune tokugava sulolasining eng mashhur davlat arbobi sifatida tanildi. U tokugava sulolasidan chiqqan
sakkizinchi syogun bo‘ lib, 1716—1745-yillari hukmronlik qildi.
Yosimune qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag‘batlantirish siyosatini yuritdi. Sug‘orish inshootlari tizimini takomillashtirdi. Yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqardi
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Oda Nobunaganing Yaponiya tarixidagi xizmatiga baho bering.
2. Toyotomi Xideyosi va Tokugava Ieyasularning Yaponiya oldidagi xizmatlarini
taqqoslang.

Download 156,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish