Mavzu: Kirish darsning maqsadi


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar



Download 156,38 Kb.
bet38/80
Sana18.02.2022
Hajmi156,38 Kb.
#453111
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
2 5190957401624282327

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Siyosiy hayot. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Xitoyda min sulolasi siyosatidan norozilik kuchaydi. Mamlakatda islohotlar tarafdori bo‘lgan kuchlar shakllandi. Davlat boshqaruvini isloh qilish, mamlakatni boshqarishda bevosita imperatorning rolini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o ‘zgarishlar samaradorligini va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifatini oshirish uchun davlat manufakturalari
va ustaxonalarini xususiylashtirish, dehqonlarning yerlarini tortib olishni to‘xtatish, soliqqa tortish tizimini tartibga solish kabilar muhim o‘ rin tutardi XVII asr boshlarida islohotchilar Pekinda hokimiyatni egallashga erishdi va amalda o ‘z dasturidagi talablarni hayotga tatbiq etishga urindilar. Ammo saroy asilzodalarining qarshiligi tufayli islohotchilar hokimiyatdan chetlatilib, ko‘pchiligi qatag‘on qilindi. Davlat xazinasini o‘marish, dehqonlar yerlarini tortib olish, soliqlar va shaxsiy majburiyatlarni oshirish davom etaverdi. Xitoyning xalqaro ahvoli ham tobora yomonlashib bordi.
Biroq minlar hokimiyati uchun hukmron tuzumga qarshi tobora yirik miqyosdagi urushga aylanib borayotgan dehqonlar qo‘zg‘ olonlari, ayniqsa, xavfli edi.
Chin (sin) sulolasi hukmronligi. XVI asr oxirida Amur daryosidan janubda manjur qabilalarining ittifoqi paydo bo‘ ldi. Manjurlar o ‘z davlatini tuzib, qo‘shni Mo‘g‘ulistonni bo‘ysundirdi. 1636-yili manjurlar sardori Abaxay o ‘zini xon, yangi davlatni esa Chin (ya’ni «sof», «toza») deb atadi.
Chinlar Xitoyni egallash uchun uzoq kurash olib bordi. Shu davrda Xitoyda xalq qo‘zg‘olonlarining avj olishi va bir guruh qo‘zg‘olonchilarning Pekinni egallashi ham chinlarga yordam berdi. 1644-yili Pekinga kirib kelgan manjurlar hukmdori Shunchji Xitoy imperatori deb e’ lon qilindi. Chinlar Xitoydagi dehqonlar qo‘zg‘olonini bostirdi.
Mahalliy vatanparvarlarning Nankin shahrida chinlarga qarshi yagona front tuzish uchun urinishi ham muvaffaqiyat qozonmadi. Keyingi bir necha yil davomida chinlarga qarshi bo‘ lib o ‘tgan qo‘zg‘olonlar ham qo‘shinlar tomonidan shafqatsiz bostirildi.
Chinlarning butun Xitoy hududini egallashi oson kechmadi. Har bir shahar qattiq janglar bilan olindi. Uzoq davom etgan urushlardan so‘ng Tayvan ham egallab olindi va Xitoy hududi to‘liq bo‘ysundirildi.
Manjurlarning chin sulolasi Xitoyda 1911-yilgacha hukmronlik qildi. Chinlar XVII—XVIII asrlarda o ‘zlarining bosqinchilik siyosatini davom ettirdi. Koreya, G ‘arbiy va Shimoliy Mo‘g‘uliston, Vyetnam, Qashqar bo‘ysundirildi, Birma ham chinlarga vassallikni tan oldi. Iqtisodiy hayot. XVI asr boshlariga kelib, Xitoyda agrar soha rivojlanishning ancha yuqori darajasiga erishgan bo‘lib, u mamlakat iqtisodida muhim o‘rin tutardi. Ish qurollari oddiy bo‘lsa-da, dehqonlar aholining asosiy oziq-ovqati b o ‘ lgan sholidan yuqori hosil olardi.
Ular yangi texnologiyalar, masalan, sholi ekishning uyali usulini, sifatli urug‘ tayyorlash kabilarni joriy qilgandi. Xitoy dehqonlari sholidan tashqari, paxta yetishtirishda ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Manjurlar sardori Abaxay faoliyati haqida nimalar bilasiz?
2. Xitoyning X V I I—X V I I I asrlardagi bosqinchilik siyosati haqida nimalarni bilib
oldingiz ?

Download 156,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish