Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari. Osiyo mamlakatlarida Yangi davr ularning mustamlakalarga aylantirilishi bilan bog‘liq. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlari tabiatning nisbatan saxiy in’omi tufayli o ‘zlarining geografik va tarixiy ustunliklarini namoyish qila oldi. Rivojlangan ijtimoiy mehnat taqsimotiga, madaniy taraqqiyotning o‘ta yuqori darajasiga, jamiyat ma’naviy rivojining anchagina yuqori bosqichini aks ettiruvchi diniy va axloqiy tizimni shakllantirishga erishdi.
Sharqning G ‘arbdan ustunligi, ayniqsa, asrlar davomida to‘plangan ma’naviy imkoniyatlar, tajriba va bilimlarga tayangan intellectual kuchlarida yaqqol namoyon b o ‘ ldi. Bu davrda texnik, texnologik, tashkiliy va madaniy innovatsiyalar keng tarqalgan bo‘ lib, ularning ko‘pchiligi 300—500 va hatto 1000 yil o ‘ tgandan so‘ng Yevropada paydo bo‘ldi, qisman Sharqdan o‘zlashtirildi. Aholining o‘sish sur’ati ham iqtisodiy imkoniyatlarning yuqoriligidan dalolat beradi. Biroq Yangi davr boshlariga kelib, Sharq mamlakatlari taraqqiyotda Yevropaga nisbatan sezilarli orqada qola boshladi. Buning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko ‘rsatish mumkin:
— Sharq davlatlarida harbiy xarajatlar miqdori G‘arb davlatlarinikidan
ancha yuqori edi;
— XVI—XVII asrlardan boshlab, Sharq mamlakatlarida transport vositalari (kemalar, portlar, yo ‘llar, kanallar qurilishi) va kommunikatsiya tizimining (kitob chop qilish, savodxonlik darajasi) rivojlanish sur’atlari G‘arb mamlakatlariga nisbatan pasaydi;
— O ‘rta asrlarning oxirlaridan boshlab, Sharq mamlakatlari yakkalanish yoki «yopiq eshiklar» prinsipiga asoslanib, faol tashqi siyosat olib bormadi;
— yevropalik mustamlakachilar kirib kelishi arafasida Sharqning ko‘plab mamlakatlarida tarixan yaratilgan moddiy, ijtimoiy va ma ’naviy boyliklarni rivojlantirish o ‘rniga, tabiiy resurslardan uzoq vaqt ekstensiv foydalanish natijasida kelib chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz kuzatilayotgan edi.
Yevropa ekspansiyasi va mustamlakachilik Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga anchagina ziddiyatli ta’sir ko‘rsatdi.
Sivilizatsiyalar o ‘ rtasidagi «muloqot» odamlar orasidagi juda kata yo‘qotishlarga olib keldi. Ko‘pchilik hollarda mustamlakachilik keng miqyosdagi talonchilikdan iborat bo‘lib qoldi.
Ammo XVII asrning o ‘rtalarigacha G‘arbning Sharqdan ustunligi faqat tashqi ko‘rinish bo‘lib, bu davrda Sharq harbiy ishda, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda Yevropadan ancha oldinda edi. Ammo Sharq bir xil emasdi. Sharqda bir nechta turli sivilizatsiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi XVI asrda dunyoning eng aholisi ko‘p va boy qismi bo‘lib qolayotgan edi. Kishilarning kamtarona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining o ‘ziga xos shakli, turmush tarzining davlat tomonidan tartibga solinishi kabilar bu sivilizatsiyaning asosiy belgilari hisoblanadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasining o ‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat edi?
2. Yaponiya sivilizatsiyasining o ‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |