Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Ijtimoiy-siyosiy g‘ oyalar. XVIII asr Yevropa tarixiga «Ma’ rifat asri» nomi bilan kirdi. Ilgari faqat tor doiradagi olimlarning mulki bo‘lgan ilm-fan universitet chegarasidan chiqib, keng jamoatchilikka tarqala boshladi.
Eng ilg‘or kayfiyatdagi, ma’rifatli yozuvchilar, rassomlar, faylasuflar insonni ezayotgan, uning qobiliyatini cheklayotgan va qadr-qimmatini oyoqosti qilayotgan hamma
holatlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Ular cherkov ta’ limoti va umuman, dinning o‘zini
tanqid qildilar, absolutizmga va barcha feudal tartiblarga qarshi chiqdilar, feodal turmush
tarzining umrini o ‘tab bo‘lgan barcha illatlariga qarshi kurash boshladilar.
XVIII asr ma’ rifatparvarlarini insonning tuganmas kuch va imkoniyatlariga buyuk ishonch, ommani keng miqyosda ma’ rifatli qilish zaruratini tushunish hissi ajratib turardi. Shu sababli ma’ rifatparvarlik o ‘ z davrining buyuk g‘oyaviy harakati edi.
Bu harakat ishtirokchilari tarixda «ma’ rifatparvarlar» nomini oldilar. Ulardan eng mashhurlari fransuz allomalari Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro va ingliz ma’ rifatparvari Adam Smit edi. Inson ongining yaratuvchanlik qudratiga
cheksiz ishongan ma’rifatparvarlar, feodal tartiblar bilan kurashning inqilobiy usullariga salbiy munosabatda bo‘ldilar. Ular ma’rifatning rivojlanishi o‘z-o‘zidan mavjud tartiblarning o ‘zgarishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblar edilar. Ma’ rifat asri badiiy adabiyoti. Ma’ rifat asri — bu Yevropa madaniyati tarixidagi asosiy bosqichlardan biri bo‘lib, fan, falsafa va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan bog‘ liq. Ma’ rifat asrining asosini
hurfikrlilik tashkil qiladi. Bolalikdan ko‘pchilikning sevimli qahramoni bo‘lgan Robinzon Kruzo Ma’rifat asrida dunyoga keldi. Ingliz yozuvchisi Daniyel Defo (1660—1731) o ‘z qahramonini ishbilarmon, Sharl Monteskyo mehnatsevar, o‘z kuchiga ishonuvchi qilib
yaratdi. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik va o‘jarlik bilan uy qurdi, ro‘zg‘or buyumlari va mebel yasadi, hayvonlarni o‘rgatdi. «Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari» romani mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo‘lib qoldi.
Qishloq ruhoniysi, keyinchalik esa Irlandiyadagi Dublin ibodatxonasi rahbari Jonatan
Svift (1667—1745) ma’ rifatparvarlarning oliyjanob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligini, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari mukammallikdan ancha yiroq ekanligini o‘zining «Gulliverning sayohatlari» romanida ochib berdi.
Sviftning qahramoni Gulliver bilan Robinzon — zamondoshlar, Ma’ rifat asri odamlari, lekin Gulliverning qarashlari chuqurroq. Balki shuning uchun ham uning yiroq mamlakatlarga qilgan sayohatlari quvonchsiz yakun topadi.
Ammo Sviftning maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish edi. «Inson siz o‘ylagandan ko‘ra qadrliroq», deb yozgan Sviftning aql yolqini va qobiliyat kuchi Ma’ rifat asrini so‘nmas nur bilan yoritib turadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. M a ’rifat asrining ijtimoiy va siyosiy g ‘oyalari qaysi mutafakkirlarning nomlari
bilan bog‘liq?
2. Ma ’rifat asri badiiy adabiyotining qanday namoyandalarini va ularning asosiy
g ‘oyalarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |