Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Yaponiya tajovuzi. XVI asrda Koreyada markazlashgan davlatning asta-sekin zaiflashib borishi qo‘shnilarning tajovuzlariga sabab bo‘ldi.
Ayniqsa, janubda Yaponiya tomonidan xavf kuchaydi 1592-yili Yaponiya q o ‘shini Koreya hududiga bostirib kirdi va koreys qo‘ shinlari qarshiligini yengib, Seul, Pxenyanni egalladi. Mamlakatning katta qismi yapon qo‘shinlari tomonidan bosib olindi.
Ular tinch aholiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘ldilar. Mamlakatda yapon bosqinchilariga qarshi xalq urushi boshlandi.
Bosib olingan hududlarda «Haq ish uchun» xalq partizan guruhlari tuzildi. Xalq qo‘shinlarining harakatlariga Li Sun Sin qo‘mondonligi ostidagi koreys flotining g‘alabalari dalda bo‘ ldi. Li Sun Sin floti yapon flotini tor-mor qildi.
Ellik minglik Xitoy qo‘ shinining yordamga kelganligi koreyslarning yaponlarga qarshi kurashini yengillashtirdi. 1593-yili Xitoy va Koreyaning birlashgan qo‘shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildi.
Manjur q o ‘shinlari Koreyaga yangi hujum boshladi. Manjurlar Seulni egallashga muvaffaq b o ‘ldilar. Noiloj qolgan Koreya taslim bo‘ldi. 1637-yilgi yangi shartnomaga ko‘ra, Koreya qiroli o ‘zini manjurlarning vassali deb tan oldi. Koreys hukumati minlar sulolasi bilan har qanday munosabatlarni to‘xtatish va manjurlarga Xitoyga qarshi urushda yordam berish, har yili o‘lpon to‘lab turish majburiyatini oldi. Manjurlarga to‘lanadigan ulkan o ‘lpon xonavayron aholiga og‘ir yuk bo‘ldi va Koreyaning ahvolini yanada og‘ irlashtirdi.
Ijtimoiy taraqqiyot. Og‘ir iqtisodiy va siyosiy inqiroz Koreya hukmdorlarini mamlakatda islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. Aholining ilg‘or qatlami ham hukumatni shunga undayotgan edi. Feodal munosabatlarning to‘siq bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatda mahalliy bozorlar shakllandi, yarmarka va yirik savdo markazlari paydo bo‘ldi, Xitoy va Yaponiya bilan savdo aloqalari kengaydi. Qirol Yongjo (1725—1776) davrida mamlakatni rivojlantirish maqsadida islohot o‘tkazildi. To‘g‘onlar, suv omborlari qurildi, ocharchilik holati uchun maxsus don omborlari tashkil qilindi. Shuningdek, guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi va ba’ zi bir davlat
soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi. So‘roq qilish paytida qiynoqning eng og‘ir turlari (oyoqlarni sindirish) taqiqlandi. Qirol Yongjo davrida dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e’lon qilindi. Zaiflashayotgan feodal tuzumni mustahkamlashga bo‘lgan bu urinishlar 1785-yili tuzilgan «Qonunlarning buyuk to‘plami» deb nomlangan hujjatda o ‘z ifodasini topdi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Qanday omillar Yangi davrda Koreyaning kuchsizlanishiga olib keldi?
2. Yaponiya va manjurlar bosqini Koreya iqtisodi uchun qanday oqibatlarni keltirib
chiqardi?
Do'stlaringiz bilan baham: |