O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK- IQTISODIYOTI
INSTITUTI
5312400-MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI
MEM-200 (20) GURUH
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Etalon quyosh fotoelementlari va ularni
graduirovka qilish.
Bajardi:______________________Boymanova B.
Qabul qildi:_______________________Nasrullayev Yu.
Qarshi-2022.
Mundarija.
Kirish.
E’talon atamasi.
Fotoelementlar va ularning turlari.
Etalon quyosh fotoelementlari va ularni graduirovkalash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
O‘zbekiston respublikasining qonuni 21.05.2019 y. №O‘RQ-539 qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalanish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda ma’qullangan. Qonunga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalanish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
-mamlakatning energetika xavfsizligini mustahkamlash, yoqilg‘i-energetika balansining qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalangan holda elektr, issiqlik energiyasi va biogaz ishlab chiqarishga doir qismini diversifikatsiyalash;
-qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalarni, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etishni, qayta tiklanuvchi energiya manba’lari qurilmalarining energiya jihatdan samaradorligini oshirishni, ularning ishlab chiqarilishini kengaytirishni va mahalliylashtirishni rag‘batlantirish;
-qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalanishning sinab ko‘rilgan texnologiyalari asosida energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;
-qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan energiya ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manba’larining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
-qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi Etalonga solishtiriladi. Etalon birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat Etalonlari, Etalon guvoh, solishtirma Etalon, ishchi Etalon, Etalon nusxalarga boʻlinadi.
Birlamchi Etalon mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa Etalonga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi Etalon qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus Etalon alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini oʻtaydi. Davlat Etalonlari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus Etalondan iborat. Etalon guvoh davlat Etalonlarining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi Etalondan iborat. Solishtirma E. biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan Etalonlarni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi Etalon Ishchi Etalon birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. E.nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi E.ga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchi Etalonlardandan iborat.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platina iridiyli Etalonlari xalqaro va milliy Etalon hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen Etalonlari xalqaro Etalon bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov Etalonlardan foydalaniladi. Masalan, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda etalonlarni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
Quyosh panellarining 3 asosiy turi. Monokristalli quyosh paneli : Eng samarali va qimmat quyosh panellari Monokristalli hujayralar bilan ishlab chiqariladi. Quyosh plyonkalari juda sof kremniydan foydalanadilar va murakkab kristalli o'sishni o'z ichiga oladi. Uzunroq silikon majmuasi ishlab chiqariladi. Ular 2-4 mm qalinlikdagi qalinligi disklar yoki gofrirovkalarga bo'linadi, keyinchalik quyosh panelida bir-biriga bog'langan alohida kameralarga ishlov beriladi. Polikristalli quyosh paneli : Polikristalli hujayralar bilan ishlab chiqarilgan Multi-kristalli, quyosh panellari biroz kamroq qimmatroq va biroz kam samaraliroqdir, chunki hujayralar bitta kristallada yetishtirilmagan, ko'plab kristallarning katta qismida ishlab chiqariladi. Ularga shaffof shisha ko'rinishini beradi. Monokristalli hujayralar singari, ular quyosh panelini tashkil etuvchi alohida hujayralarni ishlab chiqarish uchun ham vazalarga bo'linadi. Amorf quyosh paneli : Ular, albatta, kristal emas, balki, quyosh panelini yaratish uchun metall yoki shisha kabi asosiy materiallarga yupqa silikon qatlami yotadi. Ushbu Amorf quyosh paneli juda arzon, ammo ularning energiya samaradorligi, Monokristalin yoki Polikristalli quyosh paneli kabi bir xil kuch miqdorini ishlab chiqarish uchun juda kamroq kvadrat kichraytirishi kerak. Amorf quyosh paneli, janubga qaragan uyingizda yuzasining katta maydonlarini qoplash uchun, tom yopish materiallarining uzun choyshablariga ham o'rnatilishi mumkin.
Quyosh nurlanishi imitatorlarining nurlanish energiyasining spektral taqsimlanishi standart quyosh nurlanishidan albatta farq qiladi . QE sezgirligi selektiv ( tanlovchi ) bo'lgani uchun QNİ intensivligini noselektiv nurlanish qabullagichlari ( radiometrlar ) . bilan sozlash maqsadga muvofiq emas . Shuning uchun sezgirlikni hamda boshqa parametrlarni o'lchashda maxsus etalonli quyosh elementlari qo'llaniladi . Etalonli yoki standart QE - bu selektiv sezgirlikka ega bo'lgan amaldagi radiometrlardir . Atmosfera massasining nisbatan bir xil qiymatliligiga qaramasdan quyosh nurlanishi oqimining zichligi atmosfersa
tarkibining oz miqdorda o'zgarishiga qarab kmkin o'zgarida imkan Har xil atmosfer sharoitlarini taqqoslash natijasi shund ko'rsatadiki , quyosh nurlanishining oqim zichligi o'zgarishlardan keyin noselektiv radiometrlar bilan o'lchanganda , nurlanishning spektral tarkibi bir - biridan jiddiy farq qilganda ha bir xil natijani ko'rsatishi mumkin . Bunga sabab QE ning selektiv sezgirligi har xilligidir . Hattoki , yuqori sifatli materialdan qilingan va effektivligi katta bo'lgan Oh larida ham , Yer sharoitida bir xil energetik yoritilganlik sharoitida o'lchangan qisqa tutashuv toki y atmosfera holati har xil bo'lsa , o'lchangan tok fargi 15 % gacha bo'lishi mumkin . ni uning Etalon QE larining qisqa tutashuv tokini aniqlab graduirovka qilishda standart yoritilganlikdan foydalanish talab qilinadi . Buning uchun etalon element yordamida QNI sozlanadi , nurlanishi oqimi boshqarilgan holda o'zgartirilib , qisqa tutashuv tokini standart holdagi h , ga teng bo'lguncha davom ettiriladi . Ta'kidlash lozimki , QNI ish sohasining energetik yoritilganligi aslida aniq standart sharoitdagi optik nurlanishning energetik yoritilganligini takrorlamaydi . Bunga asosiy sabab nurlanishni baholash konkret konstruksiyali selektiv sezgirlikka ega boʻlgan Quyosh elementiga ta'sir orqali amalga oshyapti .. Misol , harorati 2850 K bo'lgan cho'g'lanma yoritgichdan yoritilayotgan kremniy asosidagi , n - p o'tish chuqurligi 0,5 mkm li QE ning qisqa tutashuv toki I koinot sharoitida , energetik yoritilganligi suvli filtrdan ( d - 40 mm li ) keyin 780 W / m² ga teng bo'lgan va filtrsiz esa 960 W / m² ga teng bo'lgan element tokiga teng bo'ladi . Bundan farqli , ikkala hol uchun ham etalon QE shunday lampa yorug'ligida 1360 W / m yoritilganlikni ko'rsatadi . Etalon QE larini qo'llash nurlanish manbai sifatida energiyaning taqsimlanish spektri ixtiyoriy bo'lgan holda ham , spektrlarini korreksiyalash mumkin bo'lgan QNI yordamida aniqligi qoniqarli darajada boʻlgan o'lchovlar olib borishga imkon yaratadi . Bunday sharoitda QE ning fotoelektrik xarakteristikasining o'lchash xatoligi etalonli va o'lchanayotgan elementlarning spektral sezgirligining farqi darajasi bilan aniqlanadi . Shuning uchun , etalon QE ga quyiladigan asosiy talablar quyidagicha xususiyatlari va spektral xarakteristikalari oʻlchanishi lozim boʻlgan ularning optik elementning shunday xarakteristikasiga monand boʻlishi kerak .
Etalon QB loyihalash va tayyorlash konstruksiyasini , metrologik bularning sarakteristikalarining sam a'rganish , garduirovka qilish usulini va alarning parametrlarin o'lchash jixozlarini yaratishni va qo'llashni taqozo qiladi . Etalon QF lari ishlatilish sharoitiga qarab turlicha konstrukyah bo'lishi mumkin , ularga quyiladigan asosiy talab - poranetslarining yuqori darajada stabilligining saqlanishidir . O'z navbatida bu talab elementning haroratdan stabil va haroratni aniq o'lchashni taqozo etadi . Etalonli quyosh elementning oddiy konstruksiyasi bu chuqurlashtirilgan metall plastinaga o'rnatilgan va himoya sifatida frontal sirtiga shisha o'rnatilgan variantidir . Haroratni o'zgarmas qilib ushlab turish uchun u issiqlikdan himoya qilingan taglikka o'matiladi . doimiy mukammallaship Tayyorlash texnologiyasining borayotganligi tufayli va yangi turdagi QE lari yaratilayotganligi sababli spektral sezgirligi nostandart taqsimotga ega bo'lgan elementlarning parametrlarini o'lchash masalasi paydo bo'lmoqda . Etalon sifatida ishlatiladigan QE , yo seriya qilib chiqarilayotgan elementlardan tanlanadi . yoki maxsus tayyorlanadi . Tanlash jarayonida asosiy diqqatni quyosh elementi tuzilmasining yon sitti tomonlarining sifatiga , shunt va ketma - ketlik qarshiliklarining kattaligiga qaratiladi . Bu maqsadda ishlatilishi ko'zda tutilgan QË lari yuzasi bir jinsli , spektral sezgirligi stabil , qisqa tutashuv tokining harorat bo'yicha koeffitsienti minimal bo'lishi kerak . Yer sharoitida ishlatilishi ko'zda tutilgan etalonli QE lari uchun spektral sezgirlikning tushayotgan optik nurlanish tushish burchagiga va qisqa tutashuv toki le ning tushayotgan nurlanish oqimi zichligiga chiziqli munosabatda bo'lish bog'liqligi amalda tekshiriladi . Etalon QE ni absolyut graduirovka qilish mashaqqatli ish boʻlib , bu jarayon uzoq vaqtni va ko'p xarajatni talab qiladi . Shuning uchun bunday jarayonlar orqali olingan etalon elementlar ko'rgazmali o'lchash asboblarda birinchi etalon sifatida ishlatiladi . Etalonli QE lari qisqa tutashuv rejimida ishlatiladi va ularning graduirovka qilish jarayoni quyosh nurlanishining spektral tarkibi va zichligi normirovka qilingan sharoitda qisqa tutashuv tokini aniqlashdan iboratdir .
Gruduirovka qilishning ikki prinsipial farq qiluvchi turi mavjud : bevosita quyosh nurlanishidan foydalanish usuli : laboratoriya sharoitida o'lchov vositalarini va oldindan o'lchangan davlat etalonini qo'llash usuli . Yer sharoitida bevosita quyosh nurlanishidan foydalanish usuli odatda ko'proq ishlatiladi . Buning uchun , asosan , dengiz sathidan bir necha ming metr balandlikdagi tog ' hududlaridan foydalaniladi va keyin olingan natijalar AM 0 sharoiti uchun ekstropolyasiya qilinadi . Graduirovka qilish jarayonida etalon QE larining qisqa tutashuv toki qiymatini asta - sekin har xil atmosfera massalari uchun o'zgartirilib o'lchanadi , ya'ni quyoshning har xil balandlikdagi nurlanishi uchun o'lchanadi . O'lchash jarayoni statsionar sharoitda o'tkaziladi , shuning uchun atmosfera massasining nisbatan har xil qiymatlari uchun z ning o'zgarishini aniqlash kifoya . AM 0 sharoit uchun to'g'ri keladigan qiymatni topish jarayoni tnl ni nol atmosfera massasiga chiziqli ekstropolyasiya qilish bilan topiladi . O'lchash jarayonini kunning birinchi yarmida olib borish ma'qulroqdir .
Xulosa.
Hozirgi kunda binolar qurilishlarida mablag‘ni iqtisod qilishning eng dolzarb muammolardan hisoblanib, bunda eng muxim yo‘nalish bu tabiiy energiya va resurslardan oqilona foydalanishdir. Dunyoda aholi soni yil sayin oshib borishi munosobati bilan elektr energiya iste’moli xam ortib boradi. Organik yoqilg‘ilar-toshko‘mir, neft va tabiiy gazning erdagi zaxiralari cheklangan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan kamayib bormoqda. Mamlakatimizning geografik joylashuvi quyosh energiyasining katta potensiali mavjudligini ta’minlaydi. Kuzatishlar respublikaning turli mintaqalarida quyosh nuri bilan yoritish 2413-3095 soatni, radiatsiya balansi esa 1718-2722 MJ/m2 ni tashkil etishini ko‘rsatadi. Quyosh energiyasining yalpi potensiali shu davrgacha tadqiq etilgan qayta tiklanuvchi energiya manba’lari yalpi potensialining 99,97 % ni tashkil etadi. Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha mamlakatimizda etarlicha tajriba mavjud. Shuning uchun dunyoda energiya tanqisligini yuzaga keltirmaslik maqsadida energiyaning boshqa manba’lari – yadro energiyasi, geotermal, bug‘, shamol, kuyosh energiyasidan amaliy maqsadlar uchun foydalanishda zamonaviy muqobil energiya manba’laridan va fotoelektrik stansiyalarini xaqida respublika bo‘yicha konferensiyalar tashkillashtirilmoqda. O‘zbekistonda gelioenergetikani qo‘llash salohiyati katta. Shuning uchun mazkur yo‘nalishning rivojlanishi bir qator afzallikka ega. Umuman, noan’anaviy qayta tiklanuvchi energiya manba’laridan foydalanish orqali “yashillashtirish” siyosatini olib borish 2050 yilga borib elektr energiya ishlab chiqarishning umumiy hajmida uglevodorodlar ulushini 50% gacha qisqartirish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
I.X.Siddiqov., H.A.Sattarov., O.I.Siddiqov., X.E.Xo‘jamatov., D.T.Xasanov., SH.B.Olimova. TDAT nashriyoti. Darslik -T.: Zamonaviy energiya o‘zgartirish tizimlari. 2018 y., 318 b.
Саитов Э.Б. Возможность создания высокоэффективных солнечных фотоэлементов на основе кремнии. “Физика фанининг ривожида истедодли ёшларнинг ўрни” “Илмий амалий конфиренция мақолалар тўплами” 2015 й. б. 381-385.
FOTOELEKTRIK BATAREYALAR VA QURILMALARTEXNOLOGIYALARI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari 5312400 – Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan. E.B.SAITOV. Toshkent – 2019.
Internet saytlari.
https://www.renovablesverdes.com
https://hozir.org
https://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |