Mavzu: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash tizimi va uni modernizatsiya qilish


Buxoro viloyati tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish bo’yicha prognoz ko’rsatkichlari18 mln so’m



Download 229,38 Kb.
bet16/22
Sana29.01.2022
Hajmi229,38 Kb.
#415637
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishi va uni modernizatsiya qilish yunalishlari

Buxoro viloyati tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish bo’yicha prognoz ko’rsatkichlari18 mln so’m

T/R

Tuman va
shaharlar nomi



2015 yilda ajratiladigan kreditlar miqdori

Shundan:

I
chorak

II
Chorak

III
chorak

IV
chorak

1

Buxoro shahar

84428

17720

22326

23948

20434

2

Kogon tuman

9351

1849

2740

2778

1984

3

Buxoro tuman

6783

1221

1983

2021

1558

4

Romitan tuman

7675

1473

2245

2286

1671

5

Peshku tuman

6152

1174

1788

1829

1361

6

Vobkent tuman

5768

1091

1673

1714

1289

7

Shofirkon tuman

8884

1673

2613

2654

1945

8

G’ijduvon tuman

9693

1804

2859

2900

2131

9

Jondor tuman

6683

1230

1953

1994

1506

10

Qorako’l tuman

8189

1528

2409

2522

1730

11

Olot tuman

3645

664

1037

1078

867

12

Qorovulbozor tuman

7905

1659

2203

2203

1840

Jami

165156

33087

45829

47927

38317

Ushbu dastur asosida 2016-yilda kasb-hunar bitiruvchilariga Buxoro viloyat tijorat banklari tomonidan jami 1 mlrd 610 mln so’m miqdorida kredit ajratish ko’zda tutilgan jumladan, Milliy bank tomonidan 197 mln so’m, Agrobank 226 mln so’m, Asakabank 140 mln so’m, Mikrokreditbank 198 mln so’m, Sanoatqurilishbank 140 mln so’m, Ipotekabank 110 mln so’m, Savdogarbank 50 mln so’m, Qishloq qurilish bank 115 mln so’m, Turonbank 65 mln so’m, Aloqabank 80 mln so’m, Hamkorbank 110 mln so’m va Xalq banki 179 mln so’m imtiyozli kredit ajratish vazifasi yuklatilgan va bu imtiyozli kreditlar yil davomida ajratib boriladi.


Bizning fikrimizcha, kasb-hunar kollej bitiruvchilariga albattaki biror kishining kafilligi asosida katta hajmdagi imtiyozli kreditlar ajratishni yo’lga qo’yish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: "Aholi bandligini ta`minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2016-yil va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror rivojlantirishning alohida ustuvor yo’nalishi va hech mubolag`asiz eng muhim shartidir"19. 2016-yilga mo’ljallab qabul qilingan va mamlakatimiz Parlamenti tomonidan ma`qullangan respublika dasturida 950 mingdan ortiq yangi ish o’rnini, asosan, qishloq joylarda yaratish ko’zda tutilgan.
Bu ish joylarining 600 mingdan ziyodini yoki 60,2 foizini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratish mo’ljallanmoqda, 73 mingdan ortiq ish o’rni transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish natijasida tashkil etiladi.
Kasanachilikni, avvalo, mehnat shartnomalari bo’yicha korxonalar bilan kooperatsiya asosidagi ka­sanachilikni, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bandlikni ta`minlashning muhim yo’nalishi bo’lib qoladi va bu qariyb 220 ming kishini (23,2 %) ish bilan ta`minlash imkonini beradi.
Ma`lumki har qanday kichik korxona ham o’z mahsulotlari bilan tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqa olmaydi. Chunki buning uchun katta sarf-xarajatlar kerak bo’ladi, xorijiy mamlakatlar bozorining holati va qonunchiligining o’ziga xos xususiyatlari haqida yetarlicha axborot va bilimlarga ega bo’lish talab etiladi.Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi "Uzstandart" agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda kichik biznes korxonalariga tashqi bozorlarda o’z mahsulotlarini sotishga ko’maklashadigan, "marketing” o’tqazish, sertifikat va ruxsatnomalar olishni ta`minlaydigan mexanizmni yaratish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishi darkor.


3-jadval
Buxoro viloyati tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2016-yilda ajratiladigan kreditlar bo’yicha prognoz ko’rsatkichlari20 mln so’m

T/r

Viloyat tijorat banklari nomi

2015-yilda ajratiladigan kreditlar miqdori

Shundan

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

1

Milliy bank

197

24

49

69

55

2

Agrobank

226

27

57

79

63

3

Asakabank

140

17

35

49

39

4

Mikrokreditbank

198

24

50

69

55

5

Sanoatqurilishbank

140

17

35

49

39

6

Ipotekabank

110

13

28

39

31

7

Savdogarbank

50

6

13

18

14

8

Qishloq qurilish bank

115

14

29

40

32

9

Turonbank

65

8

16

23

18

10

Aloqabank

80

10

20

28

22

11

Hamkorbank

110

13

28

39

31

12

Xalq banki

179

21

45

63

50




Jami

1610

193

403

564

451

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: "Aholi bandligini ta`minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2016-yil va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror rivojlantirishning alohida ustuvor yo’nalishi va hech mubolag`asiz eng muhim shartidir"21.2016-yilga mo’ljallab qabul qilingan va mamlakatimiz Parlamenti tomonidan ma`qullangan Respublika dasturida 950 mingdan ortiq yangi ish o’rnini, asosan, qishloq joylarda yaratish ko’zda tutilgan.


Bu ish joylarining 600 mingdan ziyodini yoki 60,2 foizini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratish mo’ljallanmoqda. 73 mingdan ortiq ish o’rni transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish natijasida tashkil etiladi. Kasanachilikni, avvalo, mehnat shartnomalari bo’yicha korxonalar bilan kooperatsiya asosidagi ka­sanachilikni, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bandlikni ta`minlashning muhim yo’nalishi bo’lib qoladi va bu qariyb 220 ming kishini (23,2 %) ish bilan ta`minlash imkonini beradi.
Fikrimizcha, hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda.


2.2. RIVOJLANGAN DAVLATLARNING KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI QO’LLAB – QUVVATLASH TAJRIBASI


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini tadqiq, etish yuzasidan amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi kunda mashinasozlik va metallga ishlov berish, yengil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari, poyabzal kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalar, shuningdek, qurilish materiallari sanoatida kichik biznesning o’rni va ulushi yetarli darajada emasligi ushbu sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini yanada rivojlantirish va qo’llab - quvatlashni taqozo etmoqda. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda rivojlangan davlatlar tajribasining milliy iqtisodiyotimizga tadbiq etish mumkin bo’lgan jihatlarini o’rganish, ularni joriy, etish yo’nalishlarini baholash muhim hisoblanadi.
Shu maqsadda, biz turli manbalarni o’rganish asosida rivojlangan va rivojlanish bosqichiga kirayotgan xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalarini o’rganish va tahlil etish asosida ulardan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmog’ini oshirishga tadbiq etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va unga keng yo’l ochib berish - aholining bandligini samarali ta`minlash va bu orqali aholi turmush farovonligini
oshirishning eng muhim omillaridan biridir.
3-jadval
Xorijiy mamlakatlarda kichik biznes subyektlarni tasniflash mezonlari22


Ishchilar soni (bandlar soni)

Yillik aylanma yoki ustav kapitali

Mikrokorxonalar (mikrofirmalar)

Kichik korxonalar

O’rta korxonalar

Mikrokorxonalar (mikrofirmalar)

Kichik korxonalar

O’rta korxonalar

Yevropa ittifoqi

1-10

10-49

50-250

2 mln. Yevroga
cha

10 mln. yevrogacha

50 mln. Yevrogacha

Buyuk Britaniya

-

1-49

50-250

-

5,3mln. AQSH doll

21,2 mln. AQSH doll

Janubiy Koreya

1-50

100-300

-

4,2 mln. AQSH doll

25,2 mln. AQSH doll

Yaponiya

Ishlab chiqarishda – 300 kishigacha
Ulgurji savdoda – 100 kishigacha
Chakana savdoda – 50 kishigacha

Ishlab chiqarishda – 100 mln. ienagacha
Ulgurji savdoda – 30 mln. ienagacha
Chakana savdoda – 10 mln. Ienagacha

Polsha

1-9

10-49

50-250










Jahonning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish yetarli resurs imkoniyatlariga va boshqaruv vakolatiga ega bo’lgan maxsus hukumat organlari orqali amalga oshiriladi.
Xususan, bunday maxsus hukumat tashkilotlari sifatida AQSHda - SBA, Buyuk Britaniyada - "Kichik biznesga xizmat ko’rsatish milliy Agentligi" (SBS), Germaniyada - "Kichik va o’rta biznes bosh Direktorati" (DG VIII), Yaponiyada -
"Kichik va o’rta tadbirkorlik Agentligi" (SMEA), Vengriyada - "Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha milliy kengash", Polshada - "Kichik va o’rta tadbirkorlik departamenti", Koreyada - "Kichik va o’rta biznes administratsiyasi" tashkil etilgan va bugungi kunda kichik biznesni rivojlantirish yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda.
Statistik ma`lumotlardan ko’rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 50-67 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich AQSHda 50-52 foizni, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 63-67 foizni, Yaponiyada 52-55 foizni tashkil etadi. MDH mamlakatlarida esa kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past ko’rsatkichni tashkil etmoqda.
Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining  mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. Kichik biznesning rivojlanishiga iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, xizmatlar ko’rsatish sohasining yuksalishi, banklarning o’sishi, texnologik taraqqiyot va normal raqobat muhim omili sifatida qaraladi.
Ko’pgina rivojlangan xorijiy mamlakatlarda kichik biznes subyektlarining vujudga kelishi va muvaffaqiyatli xo’jalik yuritishi davlat yordami vositasida ta’minlanadi. Ularda bu borada juda katta ijobiy tajriba to’plangan, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni inobatga olgan holda foydalanish mumkin. Masalan, Fransiyada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning 4 mezoni ishlab chiqilgan23:

  1. kichik va xususiy tadbirkorlikka soliq imtiyozlari berish;

  2. xususiy tadbirkorlikni moliyaviy rag’batlantirish;

  3. kichik biznesni axborot bilan ta’minlash;

  4. kichik biznesning eksport salohiyatini oshirishga e’tibor qaratiladi.

Gollandiyada esa kichik va o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ko’pgina tashkilotlar mavjud:
- o’qish vaqtida shaxsiy korxonalarni ochgan talabalarga yordam ko’rsatish uchun “Mini korxonalar fondi” tashkil qilingan;
- ikkita Oliy o’quv yurti kichik korxonalar uchun mutaxassislarni tayyorlaydi;
- kechqurunlari qatnash mumkin bo’lgan ko’pgina turli xil kurslar ishlaydi.
Xitoy xalq Respublikasi iqtisodiyotining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari va xorijiy investorlar faoliyatining davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi va himoyalanishidir. Xitoyda olib borilayotgan soliq va moliya siyosati, tashqi savdo, investitsion siyosat sohalarida islohotlarning chuqurlashuvi kichik korxonalarning tez rivojlanishiga yordam bergan. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi, posyolka sanoati deb nomlangan kichik va xususiy ishlab chiqarish tez rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning 70 foizi, tayyor kiyim kechakning 40 foizini, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 80 foizi kichik biznesning ulushiga to’g’ri keladi. Korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va arzon ish kuchining mavjudligi ularni xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi obyektga aylantirgan. Tadbirkorlik (biznes) ning rivojlanishini tartibga solib turish uchun ko’plab mamlakatlarda maxsus organlar (xizmatlar) tashkil etilgan. Shuni ta`kidlash lozimki, kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi eng keskin muammo - bu tadbirkorlarda moliyaviy resurslarning yetishmasligi va ularni jalb etishning o’ta murakkabligidir. Shu munosabat bilan chet elda kichik va xususiy tadbirkorlikni moliyalash tajribasi alohida qiziqish uyg’otadi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida Kongress tomonidan 1953 –yilda “kichik biznes ma’muriyati” degan maxsus tashkilot tuzilgan. U xususiy sektorga ko’maklashish, uni moliyalash va kreditlash ishlarini juda yaxshi yo’lga qo’ygan. Kichik biznes ma’muriyati kichik biznesni qo’llab – quvvatlash maqsadlariga qaratilgan 45 milliard dollarlik byudjetga ega. Bundan tashqari, tabiiy ofatlardan ziyon ko’rgan tadbirkorlar uchun mo’ljallangan 5 milliard dollarlik qo’shimcha mablag’i ham bor. Kichik biznes ma’muriyatining 90 dan ortiq mintaqaviy va hududiy bo’limlari tuzilgan. Ular joylarda xususiy sektor subyektlari oldida tug’iladigan har qanday muammoni kechiktirmay hal etishni asosiy maqsad qilib olgan. Kichik biznesga oid birinchi qonun 1953 –yilda qabul qilingan, undan so’ng esa yana ko’plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ularning bajarilishini shu ma’muriyat qoshida tuzilgan Advokatura qattiq nazorat qilib boradi. Bu Advokatura ma’muriyat kabi yuqori maqomga ega. Uning rahbari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va faqat Prezident va Kongressga hisobot beradi. Advokatura vakillari Kongress yig’ilishida kichik biznes manfaatlarini himoya qiladilar va xususiy sektorga ma`muriy bosim ko`rsatish holatlairni bartaraf etadilar. Qonunlarga davlat idoralari ham, kichik biznes vakillari ham birday amal qiladilar. 2003-yilda kichik biznes ma`muriyati tomonidan xususiy sektorga 200 mln dollar yo`naltirilgan. Bunday xarajatlar o`zini oqlaydi. Chunki kichik biznes subyektlari va ularni foydasi qancha ko`p bo`lsa, budjetga shuncha ko`p mablag` tushadi. Kichik biznesni qo`llab – quvvatlovchi tashkilotlar vakillarning fikricha tadbirkorlar oldida vujudga keladigan muammo pulning yetishmasligidan emas, balki aksar hollarda bilimning yetishmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham joylarda tadbirkorlar uchun bepul kutubxonalar va maslaxatxonalar tashkil etilgan.
Yaponiyada XX asrning 40-yillarida mamlakat hukumati qoshida “Kichik va o`rta korxonalar boshqarmasi” tashkil etigan. Kichik biznesni qo`llab – quvvatlashni milliy davlat markazlari kichik biznesni rivojlantirish umumdavlat dasturini bajarish yo`li bilan amalga oshiradilar. Shunday markazlardan 170 ta tuzilgan va olar hozirda ham faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, kichik korkonalarning raqobatbardoshligini yuqori darajada tutib turish uchun har bir prefekturada davlat texnologik dasturini amalga oshirishga javob beradigan davlat texnologik markazlar mavjud. Barcha markazlar faoliyatini kichik va o`rta korxonalar boshqarmasi muvofiqlashtirib boradi. Yaponiyada kichik va o`rta korxonalarni qo`llab – quvvatlashda quyidagilar ishtirok etadilar:
- davlat;
- o’z – o’zini boshqarish hududiy organlari;
- moliyaviy tuzilmalar;
- o’quv yurtlari.
Davlat kichik va o’rta korxonalarni turli xil imtiyozlar va soliqlarni kamaytirishni moliyalashni, oliy maktab (tashqi va sanoat vazirligi)ga qarashli o’quv yurtlarida boshqaruvchilar, sohiblar, ma’murlar stajirovkasini yo’lda qo’yish orqali qo’llab-quvvatlaydi. Mintaqaviy madad o’zini o’zi boshqaruvchi jamoat tashkilotlari tomonidan moliyaviy ta’minlanishni, savdo va sanoatda rahbarlik qilish markazi yordamida savdo-sanoat palatasi hamda kichik va o’rta korxonalar uyushmasi 4-jadval.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kichik va o’rta biznes rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari24

Davlatlar

Kichik va o’rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, %

Kichik va o’rta biznesning umumiy bandlikdagi ulushi, %

Kichik va o’rta biznesning umumiy eksport hajmidagi ulushi, %

Jami korxonalar tarkibida kichik va o’rta biznes korxonalari soni va ulushi

Soni mln

Ulushi %

AQSH

52,0

50,1

30,0

22,9

97,6

Kanada

43,0

47,0





99,8

Yaponiya

51,6

80,0

40,0

4,69

99,7

Germaniya

57,0

69,3





99,3

Fransiya

49,8

56,6





97,6

Italya

55,0

71,0





99,2

Buyuk Britaniya

52,0

55,5



4,0

99,1

Polsha

48,0

68,1

44,0

1,7

99,8

Janubiy Koreya

51,0

74,7

42,3

3,06

97,9

Chexiya

52,9

61,5







Markaziy jamiyati mutaxassislarning bepul maslahatlarini yo’lga qo’yishni o’z ichiga oladi. Moliyaviy tuzilmalar ham kreditlashni, ham banklarda maslahat markazlarini tashkil etishni amalga oshiradilar. O’quv yurtlari kichik va o’rta biznes uchun kadrlar tayyorlab beradilar. Ularning ulushi hukumat buyurtmalarida 45 foizni, jamoat tashkilotlarining buyurtlamarida 32 foizni tashkil etadi. Sotilayotgan sanoat mahsulotlarining 55 foizi, ulgurji savdoning 60 foizi, chakana savdoning 80 foizi kichik va o’rta biznesga to’g’ri keladi. Sanoat korparatsiyalari mahsulotlarning qariyb 40 foizi kichik va o’rta yordamchi pudratchilar ishtirokida ishlab chiqariladi.
Yaponiyada barcha kichik sanoat firmalarining 60 foizdan ko’progi yirik firmalar bilan subpodryad asosida ishlaydi. Korxona - subpodryadchi turli masshtabdagi subpodryad kompaniyalarga kiruvchi yirik kompaniyalarning yarim mustaqil a`zolari bo’lib, bu subpodryad kompaniyalar o’z navbatida markaziy kompaniyalar atrofida guruhlangan bo’ladi.
Subpodryadchilar o’z mablag’ (kapital)lari hisobidan texnologik jarayonlarning salmoqli qismini tashkil etadilar, detallar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilar hisoblanadilar, tayyor mahsulotlarning ta`minotini ta`minlaydilar. Ta`kidlash joizki, "Sony" korporatsiyasining faqat o’zi bevosita texnologik rejada 1100 dan ko’proq kichik korxonalar bilan ishlaydi. Bunday tendensiyaning rivojlanishi soliq to’lash tizimida qonunda ko’zda tutilgan imtiyozlar bo’yicha bu kichik korxonalar uchun “kam bo’lmagan darajada" foyda olishga sabab bo’lmoqda.
Buyuk Britaniyada hukumat tadbirkorlik faoliyatining umumiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ta’minlash yo’li bilan, shuningdek, bevosita qo’llab-quvvatlashning turli-tuman iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy-me’moriy usullaridan foydalanib, kichik biznesga ta’sir etadi.
Fransiyada kichik biznesni qo’llab-quvvatlash hukumat faoliyatining muhim bir yo’nalishi hisoblanadi. Kichik korxonalarni kerakli axborot bilan ta’minlash, ularning tovarlarini o’tishiga ko’maklashish, kichik va o’rta firmalarning eksportga moyilligini rag’batlantirish, moliyaviy ko’mak – bular kichik biznesni qo’llab-quvvatlash yo’llaridir. Lekin fransuz mutaxassislarining fikricha, baribir kichik biznesni rivojlantirishning yaxlit siyosatini ishlab chiqish, milliy va mahaliy darjadagi xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish talab qilinadi.
Rossiya Federatsiyasida kichik biznes va tadbirkorlikka yanada erkinlik va kafolatlar berilishi, bu jarayonni huquqiy-me`yoriy hujjatlar bilan tartibga solinishi natijasida ushbu soha bugungi kunda izchil rivojlanib bormoqda. 2009 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra Rossiya Federatsiyasida 1137,4 mingta kichik biznes subyekti ro’yhatga olingan bo’lib (barcha korxonalarning 24,3 foizi kichik korxonalar hissasiga to’g’ri keladi), ularda 10,157 mln. kishi faoliyat ko’rsatmoqda.
Rossiya Federatsiyasida kichik biznes subyektlari quyidagicha tasniflanadi:
-hisobot davridagi ishchilar soni sanoat, qurilish va transportda -100 kishidan, qishloq xo’jaligi va ilmiy-texnik sohada - 60 kishidan, ulgurji savdoda - 50 kishidan, shuningdek, chakana savdo va maishiy xizmat ko’rsatishda - 30 kishidan oshmaydigan notijorat tashkilotlar;
-yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi yakka tartibdagi tadbirkorlik.
Koreya Resbublikasida kichik biznesga ko’maklashish siyosatini butun tashkilotlar tizimi amalga oshiradi. Bu masalalarning barchasini kichik biznesga doir maxsus qonun tartibga soladi. Bu qonun davlat muassasalari – kichik biznesga ko’maklashish organlarini tuzishni ko’zda tutadi. Lekin u yerda kichik biznesga ko’maklashish ishlari shunday tashkil etilganki, kichik korxona chetdan aniq yordam kutmay o’zi oyoqqa turib olish “immuniteti” ni, o’sish va rivojlanish xususiyatlarini o’zi ishlab chiqadi.Shuni ta’kidlash lozimki, jahonda kichik biznesni qo’llab-quvvatlamaydigan mamlakatlar ham bor. Masalan, Avstraliyada davlat kichik tadbirkorlikni sira qo’llab-quvvatlamaydi. Natijada kichik korxonlar yirik firmalar bilan bo’ladigan raqobatda yutaqazadilar. Ayrim mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Osiyoda ba’zi mamlakatlar)da esa davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash hamma kichik korxonalarga taalluqli bo’lmaydi. Korxonalarning noqulay hududda joylashganligi va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga qarab ularni qo’llab-quvvatlashga alohida-alohida yondashadi.
Bizning fikrimizcha, kichik tadbirkorlikning muvaffaqiyatli rivojlanishi ko’p jihatdan mamlakatlar hukumatlari tomonidan olib borilayotgan faol iqtisodiy siyosatning natijasidir. Ushbu sohadagi chet el tajribasini tanqidiy nuqtai nazardan o’rganish O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishini tartibga solishda juda foydalidir. Bu bizning fikrimizcha, maxsus qonun hujjatlarining ishlab chiqilishini, davlatning har tomonlama qo’llab-quvvatlashini nazarda tutuvchi maqsadli dasturlarni ishlab chiqish, kichik korxonalarni o’zlarining tashabbuslarini rag’batlantirish va ularning sa`y harakatlarini birlashtirish zarurligini tasdiqlaydi.
Ilmiy kuzatishlarimiz natijalariga ko’ra, kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha jahon tajribasida aso­siy xususiyatlarni ajratib ko’rsatishga muvaffaq bo’ldik. Kichik biznes subyektlarining strukturasiga o’zgartirishlar kiritib turish jahon amaliyotidagi doimiy jarayondir. AQSH, G’arbiy Yevropa va rivojlangan sharqiy davlatlarda kichik biznes boshqaruv strukturasi o’rtacha 3-5 yilda o’zgartirib turiladi. Masalan, bozorga qadoqlangan tovarlar taklif qiladigan "KRAIT FOODS" kabi korxonalar odatdagi tovar va uning markasini boshqarishga asoslangan struktura o’rniga asosiy e`tiborni o’z iste`molchilarga qaratuvchi kombinatsiyalashtirilgan (aralash) strukturaga o’tmoqda.
Xorijiy mamlakatlar tajribalarida, birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda muhim iqtisodiy omillaridan biri - bu kichik biznes rivoji bo’lib, bu boradagi har qanday umummanfaatini ko’zlagan samarali faoliyatlar davlat ahamiyatiga ega bo’ladi va qo’llab-quvvatlanadi. Zero, kichik biznes faoliyati o’sib, yanada samarali biznesga aylanishi, mamlakat ichki bozorini tovar hamda xizmatlar turlari bilan to’ldirishi, shu tariqa eksport salohiyati rivojiga hissa qo’shilishi, aholining ish bilan bandligi muammosi yechilishiga ko’maklashuvi, aholining real daromadi o’sishiga, pirovard natijada aholi turmush darajasining yuksalishiga olib keladi. Ikkinchidan, jahon bozorida raqobat kuchayotgan bir paytda, yirik korxonalardan ko’ra aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida raqobatga dosh berish, manyovrlar qilish, ishlab chiqarish yo’nalishini o’zgartirish kabi iqtisodiy chora-tadbirlarni joriy etish oson kechadi.

Download 229,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish