To’rtinchidan, biz kichik biznesning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, huquqiy, moliyaviy mexanizm va sharoitlarni tug`dirib berishimiz kerak. Kichik korxonalar uchun tashqi savdo operatsiyalarini rasmiylashtirishdagi ortiqcha ichki protseduralarni bartaraf etish, kichik biznes sohasi mahsulotlarini eksport qilish borasida qo’shimcha preferensiyalar berish zarur.
Ma`lumki har qanday kichik korxona ham o’z mahsulotlari bilan tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqa olmaydi. Chunki buning uchun katta sarf-xarajatlar kerak bo’ladi, xorijiy mamlakatlar bozorining holati va qonunchiligining o’ziga xos xususiyatlari haqida yetarlicha axborot va bilimlarga ega bo’lish talab etiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi "Uzstandart" agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda kichik biznes korxonalariga tashqi bozorlarda o’z mahsulotlarini sotishga ko’maklashadigan, "marketing” o’tqazish, sertifikat va ruxsatnomalar olishni ta`minlaydigan mexanizmni yaratish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishi darkor.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PK-1474-sonli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to’g’risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hokimi Esanovning 2014-yil 12-fevraldagi 77-sonli qarori qabul qilindi va shu qaror asosida hududiy dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda asosan quyidagilar aks ettirilgan:
2016 - yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash hajmlarini kamida 1,3 barobarga oshirish maqsad qilib qo’yilgan. Quyida Buxoro viloyati tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar miqdori va har bir tumanga to’g’ri keladigan ulushi aks ettirilgan.
Buxoro viloyati tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 2016 -yilda ajratiladigan kreditlarning umumiy miqdori 165156 mln so’mni tashkil etib, shu jumladan, Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 84428 mln so’m, Kogon tumaniga 9351 mln so’m, Buxoro tumaniga 6783 mln so’m, Peshko’ tumaniga 6152 mln so’m, Vobkent tumaniga 5768 mln so’m, Shofirkon tumaniga 8884 mln so’m, G’ijduvon tumaniga 9693 mln so’m, Jondor tumaniga 6683 mln so’m, Qorako’l tumaniga 8189 mln so’m,
Olot tumaniga 3645 mln so’m, Qorovulbozor tumaniga esa 7905 mln so’m kredit ajratish ko’zda tutilgan. Ushbu mablag’ 4 chorak davomida beriladi.
Buxoro viloyati tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun joriy yilda yangi imkoniyatlar berildi, ya’ni ular kollejni tugatgach ma’lum miqdorda kredit olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |