8-rasm. O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni, ming birlik.31
Masalan, 2010–yil davomida , inqiroz bo’lishiga qaramasdan, jami 661 mingta yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lib, jumladan :
Kichik biznes soxasida 374 mingtaga yaqin;
Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 220 mingta
Kasanachilki hisobidan 97,8 mingta yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lsa,
2014 yil davomida esa jami 940 mingtaga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi, jumladan:
- Qishloq joylarida 500 mingtaga yaqin;
- Kichik biznes sohasida 390 mingta atrofida;
- Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 270 mingta;
- Kasanchilik va uy mehnatida 130 mingga yaqin yangi ish joylari tashkil etilib, respublikamiz aholisi yangi ish o’rinlari bilan ta’minlandi.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi strategik omillardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ixchamligi tufayli bozor konyunkturasi o’zgarishlariga, bozor talablariga va vaqti-vaqti bilan bo’lib turadigan iqtisodiy inqirozlarga tez moslasha olishiga, ichki bozorni raqobatga bardoshli iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan to’ldirishiga katta hissa qo’shishini inobatga olib, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, rag’batlantirish va uni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Birgina o’tgan Xususiy tadbirkorlarning xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyati, birinchi navbatda, bunday mahsulotlarni birja va yarmarka savdolarida sotish hajmini ko‘paytirish hisobidan sezilarli ravishda kengaytirildi. Masalan, 2015-yilda ular tomonidan Respublika tovar-xomashyo birjasida qariyb 3trillion so‘mlik yoki 2014-yilga nisbatan 1,6 barobar ko‘p xomashyo va materiallar sotib olindi. Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar birja savdolari orqali o‘zlari ishlab chiqargan 1 trillion 500 milliard so‘mlik mahsulotni sotdi, bu ko‘rsatkich 2014-yilga qaraganda 1,7 barobar ko‘pdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yili, fermer va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmaganda, 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 195 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko‘pdir. Amalga oshirilgan ishlar mamlakatimizda kichik biznesning rivojlanishiga olib keldi. Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000-yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o‘sdi. 2015-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o‘rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo‘lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000-yilda bu ko‘rsatkich 49,7 foizga teng edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirayotgan ana shunday chora-tadbirlarimiz o‘zining yuksak samarasini bermoqda.32
Jumladan, Buxoro viloyatida ham kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida o’tgan moliyaviy yilda 127,0 milliard so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratildi, bu ko’rsatkich 2014-yilga nisbatan 27,9 millard so’mga ko’pdir.
Viloyatda kichik biznes subyektlarining soni 14008 taga yetdi. Kichik biznes subyektlarining rivojlanishi hisobidan 2015-yilda 39524 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 64,1 foizi kichik biznes subyektlari tomonidan(2014-yilda 61,4 foiz), shu jumladan, 32,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalar, 10,1 foizi xususiy tadbirkorlar va 21,1 foizi dehqon xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarlishiga erishildi. Kichik biznes subyektlari tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 23,4 foizga o’sib, 246,3 mlrd so’mni (viloyat sanoat ishlab chiqarishining 17,9 foizi), qishloq xo’jalik mahsuloti 7,7 foizga o’sib, 1429,2 mlrd so’mni (qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 98,2 foizi) tashkil qildi. 2014-yilda viloyat iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 14,4 foizi, qurilish ishlarining 53,4 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to’g’ri keldi. Kichik biznes subyektlarining avtomobil transportida yuk tashish hajmi 30,6 foizga oshdi va viloyatda avtomobil transporti yuk tashish hajmining 76,6 foizga, yo’lovchi Chakana savdo aylanmasi umumiy hajmining 48,2 foizi yoki 628,8 mlrd so’mi (o’sish 119,2 foizni tashkil qildi) va aholiga pullik xizmat ko’rsatish umumiy hajmining 65,5 foizi yoki 259,1 mlrd so’mi kichik tadbirkorlikda shakllandi.
Mamlakatimizning bundan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni talab qiladi. Kichik biznes subyektlari ko’lamini ortishiga erishish, ularni yanada rivojlantirish va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida quyidagilarni tavsiya etish mumkin: Kichik biznes subyektlarining quyidagi turlariga imtiyoz tariqasida 3 yil muddatda soliqlardan ozod etish:
Iqtosodiy-moliyaviy jihatdan qiyinchilikka tushib qolgan bankrotlik holatidagi xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchilarga;
monotexnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etuvchi, xalqaro miqyosda yangilik yaratuvchilarga ;
uzoq qishloq joylarida, cho’l sharoitida yangi ish o’rinlari yaratuvchilarga;
ishlab chiqarayotgan mahsulotini asosan eksport qiluvchilarga;
mehribonlik uylarida tarbiyalanib chiqqanlarni muntazam ish o’rinlari bilan ta’minlovchilarga.
Mavsumiy kichik biznes subyektlari (qishloq xo’jaligi korxonalari, issiqxonalar, muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar va hk) ga bank tomonidan ajratilgan kredit mablag’larini qaytarish muddatlari grafigini belgilashda pul oqimi tushumining mavsumiyligini inobatga olish.
Umuman olganda, ushbu takliflar Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilingan 2011-yilda amalga oshirilsa tadbirkorlarga ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish sohalarini kengaytirish, o’z faoliyatini barqaror rivojlantirish, takomillashtirish, imkoniyatlarini yanada kengaytirib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo’lgan mulkdorlar sinfini shakllantirishga xizmat qiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
2015 – yilning yakuniy natijalalariga ko’ra respublika Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlabchiqarishi 7 foiz, kapital qurilish 18 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi14,3foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o‘sdi. Inflatsiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.
O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 8,5 foizdan 7,5 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi .
2015-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o‘rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo‘lgan aholining 77 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000-yilda bu ko‘rsatkich 49,7 foizga teng edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirayotgan ana shunday chora-tadbirlarimiz o‘zining yuksak samarasini bermoqda. 2000-yildan buyon 31 foizdan 56,7 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o‘sdi.
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilayotgan soliq imtiyozlari, tijorat banklari tomonidan ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun berilayotgan imtiyozli kreditlari natijasida respublika iqtisodiyoti barqaror o’sish suratlari ta’minlanib, unda: aholining ish joylari bilan doimiy ta’minlanishi masalasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar miqdori va sifatini yanada oshirish, ularning narxlarini barqaror nazorat qilib turish kabi masalalar hal etilmoqda. Jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar faoliyatlariga solinadigan yagona soliq to’lovining stavkasini 6 foizdan 2015–yilda foizga tushirilishi, tijorat bamklari tomonidan tomonidan beriladigan kreditlar hajminining 1,8 trln so’mdan 2,7 trln so’mga oshirilishi natijasida katta imkoniyatlar yaratilib, buning natijasida iqtisodiyotmizda yildan yilga xo’jalik subyektlari soni oshib bormoqda.
Ko’rib chiqilgan bitiruv malakaviy ishi mavzui yuzasidan quyidagilar taklif etiladi:
kichik tadbirkorlikning muvaffaqiyatli rivojlanishi ko’p jihatdan mamlakatlar hukumatlari tomonidan olib borilayotgan faol iqtisodiy siyosatning natijasidir. Ushbu sohadagi chet el tajribasini tanqidiy nuqtai nazardan o’rganish O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishini tartibga solishda juda foydalidir. Bu bizning fikrimizcha, maxsus qonun hujjatlarining ishlab chiqilishini, davlatning har tomonlama qo’llab-quvvatlashini nazarda tutuvchi maqsadli dasturlarni ishlab chiqish, kichik korxonalarni o’zlarining tashabbuslarini rag’batlantirish va ularning sa`y harakatlarini birlashtirish zarurligini tasdiqlaydi.
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada samarali boshqarish va shu bilan shug’ullanuvchi har qanday shaxsning erkin faoliyat yuritish uchun zarur shart – sharoitlarni yanada mustahkamlanishi,kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlarning minimal xarajatlari tizimini ishlab chiqilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxslar uchun raqobatchilik muhitini yaratish, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va rag’batlardan unumli foydalanish yo’llarini ishlab chiqilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada takomillashtirish orqali qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish va mavjud muammolarni hal qilinishi ayni muddaodir.
rivojlangan mamlakatlar singari O’zbekistonda ham malakali menejerlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratish va ularni tayyorlash markazlarini yanada ko’paytirish kerak.
qishloqda infratuzilma sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish.
5 Kelgusida respublikamizda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo’llab- quvvatlashni samarali amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- mikrokredit va mikro lizing xizmaylarini, asosan, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish hamda yangi ish o’rinlarini yaratish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va xizmat ko’rsatish soxalariga yo’naltirish.
- mikrokreditlashda boshlang’ich sarmoyadan foydalanadigan mijozlar sonini oshirish. Bunda yuridik shaxs maqomida mujassamlashmagan xususiy tadbirkorlik subyekylari, ayniqsa, oilaviy biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish.
- kelgusida mikrokreditlarning asosiy qarz to’lovlari hamda ularga hisoblangan foiz to’lovlari to;liq qytarilishini ta’minlash orqali muddati o’tgan qarzdorlikka yo’l qo’maslik va manitoring ishlarini kuchaytirish.
- mikrokreditdan foydalanadigan mijozlar soni muntazam oshib borishini inobatga olgan holda ajratilgan mikrokreditlarning o’z vaqtida qaytarilishi ta’minlashida muammolar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida joylarda bu mavzukarga bag’ishlangan seminarlar o’tkazish va ularni samaradorligini oshirib borish.
6 Kasb-hunar kollej bitiruvchilariga albattaki biror kishining kafilligi asosida katta hajmdagi imtiyozli kreditlar ajratishni yo’lga qo’yish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2014.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. 2010.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”. O’R qonuni, 2000 yil 25 may.
O’zbekiston Respublikasi Savdo – sanoat palatasi to’g’risida. O’R qonuni, 2004 –yil 3 –dekabr.
“O’zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab - quvvatlash” Davlat dasturi, 1995 – yil 28 – avgust.
Karimov I.A. “Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”. – T., O’zbekiston, 2009.
7. Кarimov I.A . “2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” . - T., O’zbekiston, 2015.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
17.01.2016.y.
Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” . - T .,O’zbekiston, 2010.
Karimov I. A. Barcha reja dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. / Xalq so’zi, 2011-yil 22-yan.
Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr talabi. / Xalq so’zi, 2009 –yil 14 –fevral.
“Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab – quvvatlash va rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”. O’R Prezidentining qarori, 2009 –yil 15 –may.
“Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab – quvvatlash jamg’armasi” to’g’risida. O’R Prezidentining farmoni, 1995 –yil 26 –iyul.
“Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab – quvvatlash jamg’armasini tuzish to’g’risida”. O’R Prezidentining farmoni, 1999 –yil.
“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”. O’R Prezidentining farmoni, 2005–yil 14–iyun.
“Tijorat bankalarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida ”. O’R Prezidentining farmoni, 2008–yil 20–fevral.
“Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish borasidagi ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”. O’R Prezidentining farmoni, 2005 –yil 14 –iyun.
“O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini oshirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”. O’R Prezidentining farmoni, 2003 –yil.
“Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”. O’R Prezidentining qarori, 2005 –yil 20 –iyun.
“Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirtish chora-tadbirlari to’g’risida”. O’R Prezidentining qarori, 2006 –yil 5-yanvar.
PK -1474-sonli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to’g’risida”. O’R Prezidentining 2011 –yil 7 –fevral.
O’zR TIF milliy banki kichik bosh boshqarmasi. Kichik biznesning yaqin hamkori. // Bozor, pul va kredit 2014. 10, 38- 40 bb.
Nosirova K. Yirik ishlab chiqarish korxonalari va kichik biznes subyektlari hamkorligi omillari. // Bozor, pul va kredit 2015. 06, 45-46 bb.
Mavlonova N. Kichik biznesni rivojlantirishda mintaqaviy banklar ulushi. // Bozor, pul va kredit 2010. 07, 48-50 bb.
Buxoro vil.hokimligi innovatsiyalar bo’limi. Buxoro vilyati Bank tizimi: kichik biznesning mustahkam tayanchi. // Bozor, pul va kredit 2009. 01, 45-47 bb.
Bozorov F. Soliq tizimi orqali tadbirkorlik tuzilmalarining innovatsion faolligini rag’batlantirish. // Bozor, pul va kredit 2014. 09, 60-63 bb.
Tursunov I. Tadbirkorlik faoliyati – innovatsion rivojlanishning muhim bo’g’ini. // Bozor, pul va kredit 2010. 02, 55-57 bb.
Abdurahmonova M. Kichik biznes – rivojlanish tayanchi. // O’ZIA 2010. 02, 56-57 bb.
Abdullayev Y., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik. 100 savol va 100 javob. – T., Mehnat, 2014 -yil.
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari. – T., Yangi nashr, 2010–yil.
Hamroyev H.R. “Soliqlar va soliqqa tortish”. Darslik.. -B., BuxDU, 2010
Rahmonov H. O. Mintaqada moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurash dasturi: Chora-tadbirlar va amaliy natijalar. O’zbekiston oliy o’quv anjumanlariaro ilmiy-amaliy anjumanining materiallari. Buxoro 2009.
Sindarov K., Jumanamozov I. Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishning huquqiy asoslari. -T., Yangi asr avlodi, 2014
Turobova H. Muxitdinov S. Inqiroz oqibatlarini bartaraf qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tajribasi. O’zbekiston oliy o’quv anjumanlariaro ilmiy-amaliy anjumanining materiallari. Buxoro 2009.
G’oyibnazarov B. K. Rahmonov H.O … Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. -T., Fan, 2011
Internet saytlari:
www.google.co.uz
www.stat.uz
www.ref.uz
www.buxoro.uz
www.chamber.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |