Mavzu: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash tizimi va uni modernizatsiya qilish



Download 229,38 Kb.
bet17/22
Sana29.01.2022
Hajmi229,38 Kb.
#415637
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishi va uni modernizatsiya qilish yunalishlari

III-BOB. O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI.


3. 1. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo’llari va omillari
Mamlakat iqtisodiyotni taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi muhim masalalardan biri uning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligi va jahon xo‘jaligi aloqalaridagi faol ishtirokini ta’minlashdir. Bu masalaning ijobiy hal etishishi, avvalo bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lmish tadbirkorlik faoliyatining keng taraqqiyoti bilan bog‘liq. Ho‘jalik sub’ekti raqobatbardoshligiga uning moliyaviy resurslari harakatini samarali boshqarish orqali erishiladi. Moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunishni, amaliyotda moliyaviy boshqaruv uslublari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil, taxminlar tuzish va rejalashtirish kabilardan foydalanishni talab etadi.
Boshqa sohada bo‘lgani kabi tadbirkorlik faoliyati moliyaviy resurslari hozirgi kunda keskin tortishuvli va bahs munozaralarga boy bo‘lgan muammolardan hisoblanadi.
Tadbirkorlik moliyasi xo‘jalik faoliyatining asosi sifatida quyidagi tashkiliy tarkiblardan iborat bo‘ladi:

  • boshlang‘ich kapitallarni shakllantirish;

  • takror ishlab chiqarish va investitsiya faoliyati uchun zarur moliyaviy resurslar;

  • tadbirkorlik faoliyati daromadlari shakllanishi va ularning taqsimlanishi natijasidagi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq pul munosabatlari;

- kichik tadbirkor faoliyati bo‘yicha infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘lari;
Sotsioligik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aksariyat tadbirkorlik sub’ektlarida boshlang‘ich kapitalning asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
- tadbirkorlarning shaxsiy jamg‘armalari;
- davlatning mablag‘lari;
- tijorat banklarining kreditlari;
Bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining jadallashuvi o‘tish davriga xos ziddiyatlarning mavjudligi ko‘pincha tadbirkorlik asosida faoliyat yurituvchi sub’ektlarni to‘lovga layoqatsizlikka va inqirozga yuz tutishiga olib kelmoqda, bosh moliyaviy muammo moliyaviy resurslarni shakllantirishning an’ananaviy usullari atorida qarz mablag‘larini jalb qilishning zamonaviy usullarni keng qo‘llash va moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish mexanizmlarining imkoniyatidan samarali moliyaviy resurslarning mohiyatini tushunib etishda faqatgina pul mablag‘larining tashkil topishini manba sifatida tushunish ularning bozor iqtisodiyoti shakllanishi va tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotidagi roli va ahamiyatini to‘la yorita olish imkoniyatini yaratmaydi.
Mulkchilikning har qanday shaklida tadbirkorlik asosida faoliyat yurituvchi sub’ektlar me’yoridagi iqtisodiy faoliyati etarli miqdordagi moliyaviy rerusrslarni shakllantirmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Tadbirkorlik asosida faoliyat yurituvchi xo‘jalk sub’ektlarida moliyaviy resurslarning etarligi – uning hamkor sifatida mol etkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi garovi hamda sotib oluvchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi, byudjetdan tashqari fonlarga to‘lovlar va o‘z vaqtida ta’minlash kafolatidir.
Tadbirkorlik moliyaviy resurslari haqidagi masala kam o‘rganilgan muammolardan biri bo‘lganligi uchun bu borada turlicha fikrlar bildirilayotir. Masalan, aksariyat iqtisodchilar hanuzgacha moliyaviy resurslar sifatida pul daromadlari va tushumlari yoki pul fondlari deb talqin qilinadi. Albatta bu fikrlar moliyaviy resurslarning mazmuni va mohiyatini to‘liq yoritib berish imkoniyatiga ega emas.
Moliyaviy resurslar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni uchun zaruriy bo‘lgan xarajatlar uchun foydalaniladigan pul mablag‘lari hisoblanadi. SHuningdek, moliyaviy resurslar joriy xarajatlar, korxonalarning xo‘jalik sub’ektlari, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar oldidagi moliyaviy majburiyatlari uchun zaruriy pul mablag‘lari hisoblanadi.
Moliyaviy resurslarni shakllantirish 2 yirik manba tarkibidan iborat.
Mulk huquqida asosan 2 yirik guruh farqlanadi; xususiy mablag‘lar va boshqa pul mablag‘lari. Agar chuqurroq ko‘rib o‘tadigan bo‘lsak: xususiy va unga tenglashtirilgan mablag‘lar; moliyaviy bozorlardan jalb qilingan resurslar; qayta taqsimlash tarkibida kelib tushgan pul mablag‘lari.
Masalan, jamoa tarkibidagi tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi hisoblangan hissadorlik jamiyatlarida moliyaviy resurslarning boshlang‘ich shakllanishi hissadorlik mulki taqsimlanishi jarayonida sodir bo‘ladi.
Bu erda moliyaviy resurslarni keyingi jalb qilish, tashkil qilish, samarali boshqarish va oqilona foydalanish asosiy masala hisoblanadi. Fikrimizcha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning umumdavlat darajasidagi manbai milliy daromad bo‘lsa, xo‘jalik sub’ekti darajasida investitsiyalardan foydalaniladigan milliy boylikning bir qismi sifatida yalpi daromad va amortizatsiya hisoblanadi. Moliyaviy resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish 2 darajada amalga oshiriladi: mamlakat va iqtisodiy sub’ektlari miqyosida.
Moliyaviy resurslarni shakllantirish manbalarining mamlakat darajasidagi o‘lchami va tarkibi; mamlakat iqtisodiyotining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni, mamlakat aholisining yashash darajasi, davlat byudjetining o‘sish darajasi imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Davlat makrodarajadagi moliyaviy resurslarni boshqarish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida kapitallar harakatini tartibga soladi va turli xil tarmoqlarda faoliyat yuritiyotgan iqtisodiy moliyaviy resurslarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Masalan, Davlat qimmatbaho qog‘ozlarini banklarga sotish orqali banklarning yirik miqdoridagi kredit resurslarini qisqartiradi va iqtisodiyot (sub’ektlar) yalpi kredit resurslari qimmatlashtirilishi natijasida iqtisodiy sub’ektlar uchun kreditdan foydalanish darajasini pasaytiradi.
Hozirgi kunda Respublikamizda tadbirkorlik faoliyati moliyasining konseptual vazifalari quyidagilardan iborat: iqtisodiyot tarmoqlaridagi tadbirkorlik faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishini ta’mishlash kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining dastlabki rivojlanishida avanslangan kapitalni shakllantirishda keng imkoniyatlar yaratish, yaratilgan daromadlarning taqsimot mexanizmida ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning hozirgi zamon mexanizmlarining xususiyatlari dastlabki avanslangan kapitallarni shakllantirish va faoliyatning dastlabki yillari uchun barqaror moliyaviy imtiyoz tizimlari xususan, soliq imtiyoz tizimlarini yaratish hisoblanadi. Soliq imtiyozlari shakllantirilishi, moliyaviy resurslar oqilona manbaining ta’minoti sifatida imtiyozli kredit liniyalarini shakllantirish va banklar uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini kreditlash mexanizmidagi moliyaviy imtiyozlar tizimining yaratilishi hisoblanadi.
Kredit tadbirkorlik faoliyatiga xos bo‘lgan ob’ektiv iqtisodiy kategoriya hisoblanib, muomala xarajatlarini tejash, yaratilgan daromadni qayta taqsimlash va boshqa qator funksiyalarni bajaradi.
Kreditning hozirgi zamon xususiyati shu bilan belgilanadiki, kredit olish qarzdor uchun moliyaviy nochorlikdan emas, balki mablag‘lardan samarali foydalanish imkoniyatining mavjudligidan kelib chiqadi. SHuning uchun ham kredit munosabatlarini tashkil qilishdan kutilayotgan asosiy maqsad real ishlab chiqarish jarayoni keyingi rivojlanishi uchun zaruriy moliyaviy zamin yaratilishiga ko‘maklashish hisoblanadi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida korxonalar qarz mablag‘laridan samarali foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilamiz. Agar shu ikki korxonada moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholaydigan bo‘lsak, umumiy holda aktivlar rentabellik darajasi ( ROF) 25 % - deb aytiladi. Ammo mablag‘lar manbalari bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki, - “omad” korxonasida mavjud qarz mablag‘lari uchun 10 % foydadan foizli xarajatlar amalga oshirilishi natijasida (65000-10/100 = 6500), xususiy mablag‘larning rentabellik darajasi ( ROF) 39 % ga (1327106500 // 65840) teng bo‘ladi.
Progress, korxonasida kredit resurslari uchun 10 % foydadan ajratma ajratiladi (5000-10/100 = 500 so‘m), xususiy mablag‘larning rentabelligi esa ( ROF) 26,8 % ((11358 – 500 / 40432,0) teng bo‘lmoqda.

Download 229,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish