«Veer» texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko’ptarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi va ularning har biri alohida muhokama etiladi. «Veer» texnologiyasi tanqidiy, tahliliy, aniq va mantiqiy fikrlarni rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari va fikrlarini yozma va og’zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Iqtisodchi-rahbar» texnologiyasi
Bu usul talabalarni ijodiy, mustaqil, obrazli fikrlashga o’rgatadi. Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, «O’zini-o’zi boshqarish», «Rahbarning tashkiliy qobiliyatlari», «Zamonaviy tadbirkor shaxsi», «Zamonaviy iqtisodchining shaxsi» deb nomlanuvchi mavzularning yakunida «Iqtisodchi-rahbar» degan yangi usuldan foydalaniladi. Har bir talabaga varaqlar tarqatiladi, ularda «Men firma direktori», «Men fermer», «Men bankir», «Men tadbirkor», «Men oddiy ishchi» kabi savollar yozilgan. Har bir guruh talabasi o’ziga tushgan faoliyatni ta’riflab, mazmunini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |