«Tarmoqlar» (Klaster) metodi pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchi- talabalarni bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam beradi. O’quvchi-talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik uzviy bog’langan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi. Bu usul bilan mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchi-talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, umumlashtirish hamda o’quvchi-talabalarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. “Klaster” metodi aniq ob’ektiv yunaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan boqliq ravishda amalga oshiriladi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Klaster” metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«Bumerang» texnologiyasi bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi hamda g’oya va fikrlarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni; bo’lajak iqtisodchilarda jamoa bilan ishlash mahorati, muomalalik, xushfe’llik, o’zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’z faoliyatini samarali bo’lishiga qiziqish, o’zini xolis baholash kabilar.
«Veer» texnologiyasi murakkab, ko’ptarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi va ularning har biri alohida muhokama etiladi. «Veer» texnologiyasi tanqidiy, tahliliy, aniq va mantiqiy fikrlarni rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari va fikrlarini yozma va og’zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu texnologiya mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin: bilimlarni erkin faollashtirishda; mavzuni o’rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab etishda; yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |