Individuallashtirish o’qitishning muhim omili. O’quvchining jismoniy rivojlanganligi ko’rsatkichlari (bo’yining uzunligi, tanasi a’zolarining uzun yoki qisqaligi, yugon yoki ingichkaliligi, vazni, bo’g’inlar harakatchanligi, qismlarining ekskursiyasi va x.k. lar), jismo niy sifatlari (kuchililigi, tezkolrligi, chakonligi, chidamliligi) ning rivojlanganligi psihologiya nuqtai nazaridan qaysi tipga mansubligi va shu kabilar individning xususiyatlari hisoblanib, ular ta’limning samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyachi ning qayd qilingan xususiyatlaridan birortasi loqaydligi tarbiyada, mashg’ulotlarda kuzlan gan maqsaddan osongina uzoqlashtirishga olib keladi.8
Qayd qilingan xususiyatlardan - jismony rivojlanaganlik ko’rsat kichi, masalan, buyni darozligi (balandligi) - “aktselerat”, mashg’ulotning asosiy qismida past buyli tengdoshi bilan bir guruxga tushib kolsa (tayanib uzunasiga kuygan kondan sakrash mashqi) o’qituvchi uchun muammo ham vujudga keltiradi, ya’ni baland buyili uchun depsinish “most» ini sport jihozidan uzoqrok quyish lozim bo’lsa, buyi tengdoshidan past bo’lgan o’quvchi mashq texnikasini bo’zib bajarishga majbur bo’ladi. Chunki jihozidan uzoq qo’yilgan mostdan depsinish buyi tengdoshidan past o’quvchi uchun kuchiga yarasha emas va o’qitishda shug’ullauvchining indivi dual xususiyatini e’tiborga olmagan degan xulosa olib keladi. Jismoniy yuk me’ri bir xil guruxdagilar uchun ham turlicha bo’lishi mumkin. Bu jismoniy tayyorlik ko’rsatkichlariga bog’liq. Tanlangan mashqni shug’ullanuvchi kuchiga, tezkorligiga chidamliligiga bog’liqligi individ ning xususiy port retining to’laligicha cho’zilishia imkon beradi.
2.3. Muntazamlilik tamoyili.
O’rgatishning muntazamlilik tamoyili - Mashg’ulotlarning tizimi, dam olish bilan jismoniy yukning almashuvining to’g’ri navbatlashuvi va ularning ketma-ketligining o’zaro bog’liqligi ta’lim jarayonida muntazamlilik uslubiy printsipining asosiy nizomidir.
Mashg’ulotlarning muntazamligi va jismoniy yuk (lama) ning dam olish bilan ratsional almashuvi. Mashq qilishning epizodlikligi ta’lim jarayonida etarli samara bermaydi. Tabiiy rivojlanish konu niyatlari dan amaliyotda biz shunga guvohmizki, mashg’ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar ta’siridan organizmning funktsional imkoniyati yaxshilanib, jismoniy qobiliyati ortadi.
Muntazam mashg’ulotlardan xosil bo’lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning bo’zilishi malakani asta-sekinlik bilan usishiga olib keladi. Mustahkamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat tartibi» da bajarila boshlagan harakat malakalari ta’lim jarayonida faoliyatning muntazam takrorlash shartini, kerak bo’lsa, talabini qo’yadi. Chunki organizmning funktsional holati muntazam mashq qilish va mash gulotlar orqali ma’lum natijani namoyon qila boshlagan bo’lsa va bunda muntazamlilik bir oz bo’zilsa, xosila asta-sekin yo’qka chiqish mumkin.
Obrazli qilib xulosa kilganda, shuni aytish lozimki, muntazam tizimli mashg’ulotlar orqali qoldirilgan yarimsharlar pustlogidagi “iz» dan ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi o’zlashtirilmaganini o’rganish osonlashadi. J.Lamark fikricha, “tizimli va muntazam ravishda mashq qildirilgan organ astasekinlik bilan rivojlanadi, usadi, mashq qildirilmagani o’z qobiliyatini susaytiradi va xususiyatini yo’qotib boradi”.
Nisbatan katta bo’lmagan tanaffus faol muskul xujayralari vaz nining kamayishiga, komponentlari tuzilishining lozim bo’lmagan uzga rishlariga, xatto morfologiyasining regressiyasiga olib keladi. Ayrim regressiv o’zgarishlar xatto kunlik tanaffuslarda ham sodir bo’lishi mumkin (N.V. Zimkin, O.I.Faynshmidt va boshqalar.)
Shunisi tushunarli bo’lishi lozimki, jismoniy kamolotga erishish agarda jismoniy tarbiya jarayoni uzluksiz olib borilsa, ya’ni u tanaffuslarsiz, oklanmagan yo’qotishlarsiz, har bir mashg’ulotdagi samara oldingi mashg’ulotning “iz» i hisobiga qatlam-qatlam bo’lib kalinlashsa hamda av valgi mashg’ulotlar keltirilib chiqargan ijobiy o’zgarisharni tako millashtirilsa va rivojlantirilsagina sodir bo’ladi.
Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiyach amaliyotida xaftada yan gi mashg’ulotsilarda 2-3 marta mashg’ulot (ertalabki zaryadka va boshqa kushimchalarni hisobga olmagan holda) olib boriladi. Qolaversa, “shug’ullanganlik» qancha yuqori bo’lsa, mashg’ulotlar orasidagi intervallar shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni shunchalik zichlashgandek bo’ladi. Mashg’ulotlarning kontsentratsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, sport trnirovkasi uchun uzluksizlikning ifodalanishi shunchalar xarakterli bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |