II BOB. UMUMIY METODOLOGIK TAMOYILLAR.
2.1. Ta’lim jarayonida onglilik va faollik tamoyili.
Umumiy metodologik tamoyillar jismoniy tarbiya jarayonining umumiy metodikasini belgilab beruvchi dastlabki qoidalardir. Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta'sir ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish uslubiyatida bu ta'sirlar qonuniyatlarga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o’rganuvchi qator fanlarning ma'lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi.
Ta’lim jarayonida onglilik va faollik - O’qitishga ongli munosabat va unda shug’ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning kimmatini oshiradi. Ulug’ rus pedagogi, ana tomi, vrachi P.F. Lesgaft ilgari surgan ta’limdagi onglilik va faollik printsipi harakat faoliyatlarini mexaniq ravishda taqlid qilib baja rish orqali o’zlashtirishni qat’iyyan koraladi va birinchi bo’lib harakatlarni takkoslay olish, uning tahlilini qilish orqali nazariy bilimlarni egallash g’oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan mashq qilish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko’rsatkichlarini oshiradi”, - degan ko’pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko’rsatdi.
Tarbiya jarayonida bu printsipni qo’llash mashg’ulotni umumiy vazifalariga kizikish uygotish va fikrlashni shakillantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini hayotiy-amaliyligi aniq misollar yordamida ta’limning mavzulashtirish orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. Tarbiyasi tanlangan mavzu mohiyatini asta-sekinlik bilan ocha boshlaydi. O’qitishning boshlangich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi mazmuni (komatining chiroyli bo’lishi, kuchining ortishi vax.klar) mashg’ulotlardagi hayotiy-amaliy holatlar orqali, jismoniy madaniyat va spot mashg’ulotlari shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayerlash dek vazifalarni asta-sekinlik bilan mutaxassis bilimlarga tayanib tushuntiriladi. Maxsus ammabop adabiyotlar, qo’llanmalar tavsiya kilina di. Nazariy bilimlar ortishiga erishish onglilik printsipining uzak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullashnish mashg’ulotlariga odatning shakillanishi susaytiradi, mashq qilishning turmush tarziga aylanishiga tuskinlik qiladi. Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam lektsiyalar, suxbatlar, xikoyalar eshitishlari, maktab fizkultura dasto’rining nazariy qismini o’rganishlari, metodik va xujjatli filmlar kurishlari, uz-o’zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari,
“faol, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy kuchishi” atamalari mohiyatini tushunishlari lozim.
O’zlashtirilishi, mustahkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo’lgan, nima uchun harakat faoliyatini aynan shunday(ko’rsatilgandek) bajarilishi shart ekanligi o’quvchi ongiga etkazilishi kerak. Mashqlan gan barmoqlar (voleybolchiniki) turmshda nozik barmoq harakatlarini talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) kul kelishi ongiga etgan shug’ullanuvchi ta’lim jarayoniga ongli munosabatda bo’lishi dan tashqari, uning faolligi ortadi.
Mashq, harakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samarali harakat qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo’ladigan turli xil o’zgarishlarni tushuntirish, topshirikka nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O’qituvchilarning ko’tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyimlarning yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni xavas qiladigan dara jada chiroyli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, turtliklar tarzidagi xor bo’lib, bara variga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi ta’lim jarayonidagi vazi falarni hal kiilishga zur kizikish uygotadi va fikrlashni shakillan tiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning printsipial mexanizmlari dan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat» ning mohiyatiga etib, uning bajarilishi texnkasi asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy - amaliy isbotlangan.
Abelskiyning tajribasi bo’yicha shug’ullunuvchilarni sakrash texni kasiga o’rgatish uchun 120-150 o’rinish(popo’tka) tavsiya qilingan. O’rinishlar tugallangandan so’ng shug’ullanuvchilar bilan shu harakatning to’zili shi, bajarish texnikasi haqidagi suxbatlar (diskusiya) natijasi uta koni karsiz bo’lgan. Navbatdagi guruxga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy - amaliy ahamiyati haqida etarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so’ng mashqni bajarish tavsiya qiliganda, shug’ullanuvchilar 2-3 o’rinishdan keyin mashq texnikasini osongina o’zlashtirib olganliklari kuzatilgan.6
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy makomda bajara olishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yadilar. Mexaniq ravishda tushunmay, kur-kurona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi surunkali mashq qilish jarayonida me’ridan ortik energiya sarflashga, shug’ullanuvchida shu hara katga nisbatan sovish “tokatsizlikni» ni shakkillantiradi. Shuning uchun ongli tahlil - o’z harakatini baholay olish, o’qitish jarayonining cho’zilib ketishini oldini oladi.
Ongli analizda mashq texnikasini tahlili bilangina bilangina chegaralanmay, uni biomexaniq, matematik hisoblash, bioritmika va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya sohalarida gi bilimlarga tayangan holdagi izoxlanishi tushuniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jihozlari dagi mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini, harakatning yutka zilayotganligini his qilishdek talablarni qo’yadi, bu o’z navbatida, ixtiyo riy harakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o’rgatadi.
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, namoyon kilinishi, ifoda si fikran ko’z oldiga keltira olish (“ideomotor trenirovka”) - onglilik printsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik asosan mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, guruxli”, tashqillash orqali, asosiy jihozlar yoniga kushimcha sport anjomlari quyish, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki xaftalik tayergarlik va mashqdan so’ng bajara boshlasalar, o’z-o’zidan shug’ullanuvchi mashqni mustaqil baja rishga o’rinishini ortishini vujudga keltaradi.
Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiyaning uslublari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo’llanishi, sport maydoni, mashg’ulot utkaziladigan joylarning badiiy jihozlanishi, gigienik oras taligi ta’lim jarayonida shug’ullanuvchilarda jonbozlik(initsiativa) kur satish, vazifani hal qilish uchun javobgarlik hissini o’z buyniga olabi lish, ma’suliyatni his etish va o’zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |