Yuklamalarga biologik moslanishning ma’nosi ana shulardan iboratdir. Bu jismoniy tarbiya jarayonining etakchi qonuniyatlaridan biridir.
Demak, biologik moslanish organizmda sodir bo’lsa, o’zgarish – jismoniy sifatlarning rivojlanishi tuxtaydi. Bu, o’z navbatada, yukla mani sistemali o’zgartirib uning hajm va intensivligini oshirib boradi.
Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ruxiy sifatlarni ham tarbiyalashga ham taalukli ekanli gini ko’rsatadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishdek ruxiy sifatlar shu sifatni talab qiluv chi faoliyatlarni bajarish orqali rivojlantiriladi. Ruxiy sifatlarni namoyon qilish darajasi psihologik qiyinchiliklarning ulchovi va uni enga olishga bog’liq. Shunga ko’ra, ruxiy holatini tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamlar va topshiriklarni asta-sekinlik bilan oshirib borish va uni enga olish orqali tarbiyalanadi.
Topshiriklarni qiyinlashtirish shartlari va yuklamalarni oshirish shakllari.
Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemalilik prin tsiplarida biz jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning ay rim shartlari ustida tuxtaldik. Talablarni oshirish ijobiy natijalarga - yangi vazifalar va unga bog’liq bo’lgan yuklamalarning shug’ullanuv chilar uchun kuchiga yarasha bo’lsagina, organizmga keragidan ortik talab qo’ymasa, jinsi, yoshi hamda individning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina olib kelishi mumkinligini tushunib oldik. Yana asosiy shartlaridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biriga moslab ulash, o’zaro bog’liqlik), mashg’ulotlarning muntazamliligi va yuklamani dam olish bilan optimal navbatlash tirish hisoblanadi.
Shu o’rinda puxtalilikning ahamiyatini ham e’tibordan chetda kol dirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko’nikmalarning puxtaligi va orga nizmning moslashuvi (adaptatsiyasi) puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va ogir mashqlarga utish shakllangan malakalar ning mustahkamlanish darajasi va yuklamalarga moslashu vi orqali borishi lozim. Mustahkamlanmagan malaka yuklamaning kattaligidan tez bo’zilishi mumkin (shuningdek, interferentsiya ta’siridan ham). Chunki yangi mashqlarga utish paytida ham shunga duch kelish mumkin. Bu, o’z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga tusik bo’ladi, sababi ular (malakalar) oyokka turish uchun etarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir qatorda, yuklama dinamikasi va morfofunktsional o’zgarishlar orasida xavfli muvofiqlik vujudga keladi.9
U yoki bu yuklamaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (ma’ lum dakikalarda) moslashmaydi. Shug’ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko’tarilish imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun ma’lum vaqt o’tib ulgurishi kerak. Turli funktsional va strukturadagi o’zgarishlar uchun, ko’rsatib utilgadek, bir xil vaqt (muddat) talab kilinmaydi.
M.Perish sxemasi bo’yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizikximik o’zgarishlar sodir bo’ladi, shuningdek, nerv sistemasining boshqarish funktsiyasida ham ma’lum o’zgarish bo’ladi. Nerv muskul sistemasining almashinuvi-faol xujayralarida funktsional va struk tura uzga rishlari uchun nisbatan uzoqrok (kamida bir xafta) vaqt kerak bo’ladi. Eng ko’p vaqt esa, bir oycha, tayanch boglov apparati xujayralaridagi uzga rishlarga moslanish uchun kerak bo’ladi. Moslashuvning bu kabi muddatla ri albatta nagro’z kalarning hajmiga ham bog’liqdir.
Xulosa qilib aytganda, yuklamalar dinamikasi asta-sekinlik bi lan xarakterlanishi lozim. Bunda yuklamalarni asta sekin oshirishning turlicha shakillaridan foydalanidi: to’g’ri chizik bo’ylab, pogonasi mon, to’lqinsimon;
Birinchi holda (to’g’ri chizik bo’ylab) yuklama dinamikasi ning oshirilishi xaftadan - xaftaga bir xil ulchamda (razmerda) sodir bo’ladi. Yuklamalarni nisbatan yuqori bo’lmagan tempda oshirish va mashg’ulotlar orasidagi (ahamiyatli) intervallarni ta’minlash asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi.
Yuklama dinamikasini popgnama-pogona oshirish qatorasiga utka zilgan bir necha mashg’ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo’lganidan so’ng navbatdagisiga utiladi. “Sakrash» paytida (navbatdagi pogonaga) to’g’ri chizik bo’ylab oshirishga nisbatan yuklama dinamikasi keskin oshiriladi; lekin bunda moslanish jarayonlarining borishi engillashtiruv chi stabillashuvi xodisasi nisbatan sezilarli ifodalangan. Yuklamaning ana shunday dinamikasi shakli nisbatan ahamitli bo’lganlarini o’zlashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |