Bog'liq Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari - Alimov Azizbek
2.5. Ketma ketlik tamoyili. Ketma – ketlik tamoyili asosida bir dars va bir nechta darslar borasida o’qitish vazifalari, vositalari metodlari tartibga solinganligi etadi. Uning asosida har bir oldingi vazifa (vosita yoki metodlar) keyingisiga asoslanadi. Kelgusi vazifani echish uchun asos yaratadi.
O’quv tarbiyaviy jarayonining barcha elementlarini bunday o’zaro boglanishi o’quv materiallarini shunday taksimlashga imkoniyat beradikiE, har bir darsning mazmuni kelgusi darsning mazmunini hisobga olsin va o’quv materialini kelgusi darslarda o’zlashtirish uchun (fundament) yaratsin. Bu printsipni amalga oishirsh jismoniy mashqlarni o’rganishni birin ketinligini ochib beradigan va ular orasidagi o’zaro boglanishlarni ko’rsatadigan o’quv materiallarini rivojlantirishdan boshlanadi.
Bunday jismoniy mashqlarni o’rganish asta sekin ko’p yillik kelgusi o’rganishni xiosbga olish va u bolaning yoshi rivojlanishi qonuniyatlarini aks ettirsin va o’quv materiallarini logik tuzilishi saqlab kolsin.
Konkret faoliyatini muvaffaqiyatli egallab olish qanday jismoniy qobiliyatlar bilan aniqlashni bilish va qaysi yoshi davrlarda bu qobiliyat faol rivojlanadi va shunda birin ketinlikni to’zish mumkin va bolaning imkoniyatlaridan to’la foydalanish mumkin bo’lsin.
Bir vaqtda asta sekinlik bolaning har tomonlama rivojlanishini talab qiladigan ruxiy fiziologik xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Bu shuni takozo qiladiki bolani harakat faoliyatga o’rgatish har xil harakatlarni: turmushda zarur bo’lgan yurish, yugurish, suzish, sakrash va boshqalarni kuzda tutadigan kelgusi jismoniy ta’lim kasb yoki sport yo’nalishi bilan asos hisoblangan umumiy jismoniy ta’limdan boshlamoq kerak. O’quv materiallarini tuzilish logikasi jismoniy mashqlarga o’qitishning shunday birin ketinligini talab qiladiki, bunda malakalarni bir biriga utish samarasidan foydalanilsin va o’qitishning prespektivi qo’llaniladi. Oxirgisi oldingi urganilgan harakatlarda qo’llanilgan samara kelgusi harakatlarni o’rganishda qo’llaniladi. Misol: kanatga uch usulida chiqishni rejalashtirilganda umumiy rivojlanish mashqlarini o’rganishda chirmashib chiqishda zarur bo’lgan kul oyoklarni koordinatsion harakatlarni rivojlantirish uchun urganilsin.
O’qitishda ketma-ketlik ayrim vaqtlarda bir ma’noli echimga ega bo’lmaydi. Ko’pincha o’qituvchiga bir nechta harakat jarayonining o’rgatishning ketma-ketlik u yoki bu usullarini foydalisini aniqlashga to’g’ri keladi. ularni bir vaqtda ketma-ketlik o’rganish mumkin. fikr borki bir vaqtda o’rganishga ko’p o’quv vaqti talab qilinadi. Shu harakatlarni navbatma navbat o’rgatishga qaratilganda. Binorbarin har qanday holatda vazifalarni echishda o’quvchilarning bilish xususiyatlariga suyanmoq kerak. Yuqorida bayon qilingan yangi materialga o’rgatishning asta sekinlik so’z bolada bor bo’lgan ko’nikmalar to’g’ri chizik asta sekinlik bo’yicha eskidan yangisiga asosida yuritiladi. Asta sekin ko’p vaqtda harakat faoliyatini qayta qayta o’rganishda tuzilgan (kotsengrik, asta sekinlik, eskidan eskiga yangi satxda).
Jismoniy tarbiya dasturi faqat jismoniy mashqlarning o’rganishning kontsentrik ketma ketlikka qaratilgan. Jismoniy madaniyat fanining o’quv materillari mazmunini xarakterli xususiyatlaridan biri kontsentrik ketma ketlik asosida tuzilgandir. Yuqorida bayon qilinganlarning barchasi didaktik qoidalari bilan belgilanadi: «Engildan osonga», «Soddadan murakkabga», «Urgangandan urganmaganga», «Bilimlardan ko’nikmalarga». Ularni okilona bajarish printsipini amalga oshirishda muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Qoidalarni bajarishda 3 vaziyatni esdan chiqarish mumkin emas:
Har bir qoidani qo’llash asta sekinlik printsipini amalga oshirib qolmasdan balki boshqa printsiplarni amalga oshirishga yordam beradi;
Ayrim qoidalar faqat ketma ketlik printsipining tamomlashdan birini to’la aks ettiradi. Shuning uchun o’qitishning yagona jarayonida barcha qoidalar o’zaro boglangandir: bir qoidani bajarish yoki bajarmaslik boshqani bajarishga yoki tormozlashga ta’sir qiladi;
Barcha qoidalar umumiy tendektsiyani ifodalaydi (bu esa ketma ketlikni shartsiz belgilaridan uzoqdir).
«Engildan osonga» qoidasi ketma ketlikni kuzda tutadiki bunda o’qitish katta bo’lmagan jismoniy ruxiy kuchlarni sarf qilishni, ammo ularni kelgusida oishirshini talab qiladigan jismoniy mashqlardan boshlanadi. «Engil, oson» tushunchalari nisbatan va ular aniqlanadi:
a). O’quvchining tayyorgarlik satxi bilan (biri uchun ogir biri uchun engil);
b). Mashqlarni bajarish sharti bilan (past yoki baland yakka to’liq bajarish).
Soddadan murakkabga qoidasi shunday asta sekinlik kuzda tutadiki bunda urganiladigan mashqlar tizimining qiyinligini o’sib borishi tartibida joylashgan.
Sodda va murakkab tushunchasi nisbatan aniqlanadi.
a). O’quvchining harakat tajribasi bilan (nima o’zlashtirilgan bo’lsa shu oddiy hisoblanadi);
b). O’qitish metodikasining ishlab chikilganligi bilan jismoniy mashqlarning tuzilishi.
Oddiy mashqlar haqida tushuncha hamma vaqt engil haqidagi tushunchaga mos bo’lavaermaydi. Misol: tortilish mashqi tuzilish jihatidan oddiy hisoblanadi. Jismoniy yuklama bo’yicha engil emas. Bundan tashqari mashqlarni murakkablik darajasini uning faqat biomexaniq tuzilishi bo’yicha baholash mumkin emas. O’zining tuzilishi bo’yicha juda oddiy harakatlar bor. Misol: barmoqlarni oxirgi qismini bukish, ularni bajarish oddiy emas, bu shuni bilan tushuntiriladiki inosnni rivojlantirishda u yoki bu harakatlarni ahamiyat darajasi bilan oxirgi natijasida esa koordinatsion munosabatlarni shakllantirish satxidir. Mashqlar odamning koordinatsiyasi usuli turmushda muhimligi bo’yicha uxshashligidir va tez baholanadi. Shuning uchun ular oddiy bo’lib baholansa ham tuzilishi bo’yicha murakkabga kiritiladi. Shuni unutish mumkin emaski bola uchun doimo yangi mashqlar hamma vaqt murakkab bo’ladi.
I.P.Pavlov «Steristikni barcha dastlabki o’rgatishga ta’sir qilish sistemasining muhim katta tasodifiy mehnatdir». Jismoniy mashqlarning tuzilishi murakkablik darajasini zaruriy harakat ko’nikmalarini shakllanitirishning qiyinligi ulchovi bilan aralashtirish mumkin emas. Boshqa so’z bilan aytganda jismoniy mashqlarning tuzilishi qiyin bo’lsa, hamma vaqt tez o’zlashtiriladi. Misol: uch usulda orqaga tirmashib chiqish mashq to’zish bo’yicha murakkab usmirlar esa uni engil egallab oladilar.
3. O’rgangandan urganmaganga shunday asta sekinlik faraz qiladiki, bir tomondan yangi ko’nikmani shakllantirish uchun oldingi utsrganilganlardan foydalanishga boshqa tomondan kelgusi mashqlarni o’rgatish uchun zamin yaratadi. O’qituvchi qoidani kullab borib o’quvchi qanday bilim va ko’nikmalarni egallab olinganliklarini aniqlaydi va ularga asoslanib ularning bilim va harakat tajribasini kengaytiradi. Agarda dastlabki shakllanayotgan ko’nikmalar eski urganilgan ko’nikmalar bilan tizim tarkibiy qismlarning uxshashligi bo’lsa, o’qitishda o’zlashtirish tez utadi. Misol: O’quvchi 3 usulda orqaga tirmashib chiqishni yaxshi urgangan bo’lsa, 2 usulda tirmashib chiqishni tez o’zlashtiradi. Bilimlardan ko’nikmalarga qoidasi shunday ketma ketlikni nazarda tutadiki bunda zaruriy bilimlarni shakllantirish zaruriy ko’nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi.
Bu qoida jismoniy tarbiya uchun xosdir. Unda maxsus bilimlarning kiymati harakat faoliyati sifatida bilim hajmi va sifatini belgilaydi. Bu qoida onglilik printsipiining talablaridan birini aks ettiradi. O’quvchi ayrim bilimlarini ko’nikmalarini shakllanishi bilan bir vaqtda egallaydi. Bu bilimlar mashqlarni bajarishdagi birinchi o’rinish uchun tanyach hisoblanadi. Mashqlarni metodik ketma ketligini aniqlashda barcha qoidalarni o’zaro harakatini hisobga olish zarur.
ХULOSA.
Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashqilotlari hamda muassasalar, maktablar, oliy o’quv yurtlari, jismoniy tarbiya jamoalari va boshqalar uchun foydalanish majburiy bo’lgan yagona davlat dasturi va o’quv qurollari bilan ta'minlangan.
Jismoniy madaniyatning maqsadi, jamiyat madaniyatining bir qismi sifatida, kishilarning jamiyat qurilishida faol ishtirok etishini unung talablarini qondiruvchi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishni ob’ektiv zarurati bo’lib hisoblanadi.
Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta'sir ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish uslubiyatida bu ta'sirlar qonuniyatlarga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o’rganuvchi qator fanlarning ma'lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi.
Harakat shaklidagi ko’rsatmalilik jismoniy tarbiyaga xos bo’lgan shakl hisoblanadi. Uning ahamiyati juda katta, ayniqsa, eng murakkab harakatlarni o’zlashtirishda. Bunda yo’naltirib turuvchi yordam va “harakat bo’ylab olib o’tish” eng yetakchi metod sanaladi. Harakat shaklidagi ko’rsatmalilikning xususiyati shundan iboratki, u harakatlarni fazo va vaqtda aniqlab olishdan tashqari, ichki va tashqi ta'sir kuchlari, ayniqsa, inersiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo’ljal ola bilish imkoniyatini ta'minlaydi.
Bajara olish va individuallashtirish tamoyilini amalga oshirish vazifasi jismoniy tarbiya o’qituvchisini ko’pgina turli xil omillarning o’ta qiyin, o’zgaruvchan manzarasiga to’qnash keltiradi. Bu omillarni har vaqt muntazam e'tiborga olib turish zarur. Bunda ta'sirlarni istiqbolli dasturlash uchun barcha omillarning kelgusidagi o’zgarishlarini oldindan ko’zlab olish kerak.
Jismoniy tarbiya jarayonida bu – sikllarni hosil qiluvchi mashg’ulotlar va bosqichlarning berk aylanishidir. Shunga muvofiq uchta turi ajaratiladi: mikrotsikllar (haftalik), ular mashqlarning takroriy qo’llanilishi va bir vaqtning o’zida ularning har xil yo’nalganligi, yuklama va dam olishning uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi; mezotsikllar (oylik), ular ikkitadan oltitagacha mikrotsikllarni o’z ichiga oladi, ularda vositalarning miqdori, uyg’unlashish tartibi va nisbatlari o’zgarib turadi; makrotsikllarda (yillik) jismoniy tarbiya jarayoni uzoq vaqt davom etadigan bosqichlarda amalga oshiriladi.
Ko’rib chiqilgan tamoyillar yaxlit jismoniy tarbiya jarayonining turli xil qonuniyatlari va tomonlarini aks ettiradi. Ular bir-birini to’ldiruvchi va o’zaro bog’langan prinsipial metodik qoidalar yig’indisini emas, balki birligini tashqil etadi. Biron-bir tamoyildan chekinish jismoniy tarbiyaning butun murakkab jarayoni buzilishiga va o’qituvchi hamda o’quvchining katta mehnati deyarli samarasiz bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin.