Zol’ ---------- gel’ --------- kserogel’
Polimer gellarida sinerezis jarayoni qaytar tarzda boradi. Ba`zan sinerezisga uchragan sistemani salgina qizdirish bilan eski xolatiga qaytarish mumkin.
Iviqlar (gellar) va ularning xossalari.
Ko’pgina YuMB, masalan, agar-agar, jelatina eritmalari xamda ba’zi bir gidrofob kolloid eritmalar - va b. ma’lum sharoitda fazalarga ajralmagan xolda iviqlanadi yoki jelatinalanadi. Bunda hosil bo’lgan maxsulot iviq yoki gel deyiladi. Iviqlar yoki gellarda dispers faza zarrachalari xuddi eritmalardagi kabi erkin xarakat qila olmasdan, o’zaro bog’langan xolda bo’ladi. Bunday o’zaro bog’langan mitsellalar oralig’i dispers faza bilan to’lgan bo’ladi. Ular o’z oquvchanligini yo’qotadi. Kauchuk, tselluloid, elim, jelatina, to’qimachilik tolalari, non, marmelad, ba’zi minerallar (agat, opol) gellar jumlasidandir. Dispers muxitga qarab gellar quyidagicha nomlanadi: dispers muxit suv bo’lsa «gidrogel», spirt bo’lsa «alkogel», benzol bo’lsa «benzogel». Suyuqligi oz yoki butunlay quruq gellar kserogellar deyiladi. Masalan, elim, kraxmal, un, pechene, qurigan non. Juda oz miqdorda (1-2%) quruq modda saqlovchi iviqlar liogellar deyiladi. Masalan kisel, prostokvasha, sovun va sovunsimon moddalar shular jumlasidandir.
YuMB eritmasining qovushqoqligi. Shtaudinger tenglamasi.
Muhitni xarakatlanishga qarshilik qilaolish mezoni-qovushqoqlik (ichki ishqalanish) deyiladi.
N’yuton suyuqlikni laminar (qatlamli) oqishi uchun ushbu tenglamani yaratdi:
P= d
d t P-kuchlanish, Pa; -dinamik qovushqoqlik koeffitsienti, Pa.s;
d\dt – nisbiy deformatsiya tezligi, s-1. Polimerlar eritmasi N’yuton qonuniga bo’ysunmaydi. Qovushqoqlik koeffitsientini () kuchlanish () ga bog’liqligi murakkab xarakterga ega.
Agar erituvchining qovushqoqlik koeffitsienti 0 bilan ifodalansa, ularning o’zaro nisbati(eritma) kapillyardan oqib o’tish nisbatiga (eritma/0) teng bo’ladi va nisbiy qovushqoqlik deb ataladi: (rasm a)
nisbiy=eritma/0=t/t0
d
d t
Laminar oquvchi Nyuton suyuqliklari uchun nisbiy de- formatsiya tezligini berila-yotgan kuchlanishga bog’liqligi.
Suvning va YuMB eritmasi-ning dinamik qovushqoqlik koef- fitsientini berilayotgan kuchla- nishga bog’liqligi.
Yuqoridagi formula SHtaudinger tomonidan empirik tarzda topilgan, u YuMB massasini tajribada o’lchashda qo’llaniladi.
SHtaudinger formulasidan shu narsa ayonki, polimerning qovushqoq oqishi molekulyar zanjirlarning
konformatsiyasiga bog’liq. Binobarin, ularning qattiqligiga ham bog’liq. Oqim kuchaysa YuMB tugunchalari suyuqlik oqimida cho’ziladi va oqimga qarshilik kamayadi. Molekulalarni oqim yo’nalishiga yoki ko’ndalangiga qarab joylashishi YuMB qovushqoqligini o’zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |