Mavzu: Iviqlanish. Iviqlanish tezligi ta’sir qiluvchi faktorlar


Kurs ishining asosiy maqsadi



Download 0,51 Mb.
bet2/8
Sana01.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#625449
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu polimer iviqlar

Kurs ishining asosiy maqsadi: Fizikaviy kimyo fanining o’qitilishida pedagogik texnologiyaning o’rnini aniqlash, ilg’or pedagogik texnologiyalarni loyihalash, ularning sifat jihatdan tahlilini hamda bu qonuniyatlarini tadbiqini dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o’zlashtirib borishni ko’zda tutadi.
Kurs ishining dolzarbligi:ХХI asrning fan va texnika tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan bir davrda kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Shu sababli, ushbu malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi ham o’rta umumta’lim maktablarida fizika o’qitishda jumladan ish va termodinamika qonunlariga oid mavzularni o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan, kompyuterlardan foydalanishga qaratilgan. Bunday pedagogik texnologiya asosida o’qitish o’quv jarayonini jadallashtirish, o’quvchida ilmga qiziqishini oshirish, ular ijodiy faoliyatini o’stirish, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtirish kabi masalalarni hal etishga qaratilgan. Chunki turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida ajoyib mo’jizalar yaratilayotgani sir bo’lmay qoldi. Kelajakni uningsiz tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylandi.
Polimerlarning konsentrlangan eritmalari
Makromolekulalar orasidagi masofaning nisbatan qisqa bo’lishi tufayli ulaming bir-biri bilan to’qnashishi oson bo‘lgan sharoitli eritmalari konsentrlangan eritmalar deyiladi. Umuman, polimer eritmalarining xossalari konsentratsiya, polimer molekulyar massasi va erituvchi tabiatiga bogiiq. Keyingi ikki omil ma’lum darajada xarakteristik qovushqoqlik qiymatlarida hisobga olinadi. Shuning uchun konsentratsiyalar sohasini [η]∙с ko‘paytma bilan tavsiflash qulay hisoblanadi. [η]≤1 da eritma suyultirilgan (c~ 0,1-1%) hisoblanadi va bunda, makromolekulalar erituvchi bilan bir-biridan ajratilgan bo‘lib, ular orasidagi tutashuv juda kichik qiymatga ega.
1 < [η] ∙ с ≤ 10 da eritma yarim suyultirilgan, ya’ni o‘rtacha konsentrlangan hisoblanib, bunda,y eritma uchun makromolekulyar ohalmalaming o‘zaro ta’siri va bir-biriga kirib borishi harakterli, [η] ∙ с > 10 da eritma yuqori konsentrlangan deyiladi. Bunday eritmada makromolekulalar shunchalik yaqinlashib va chigallashib ketadiki, bunda, fazoviy fluktuatsion chigallashib ketgan to‘r hosil bo‘ladi, bunda,y eritmalar hamda polimer suyuqlamalari polimer suyuqliklari deyiladi. Odatda qandaydir suyuqlikning oqish xarakteri qovushqoqlikning siljish kuchlanganligi yoki uning siljish tezligi qiymatiga mutanosib holatdagi bog‘liqlik bilan to‘liq tavsiflanishi mumkin. Shunday qilib, molekulalari ancha erkin va nisbatan mustaqil eritmada harakatlanadigan strukturasiz polimerlardan farqli o‘laroq molekulalari bir-biri bilan bog‘lanib strukturalangan, taranglanma qovushqoq sistemalar hosil bo‘ladi. Polimer konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa makromolekulalar bir-biri bilan shuncha mustahkam birikadi va ulaming harakatchanligi shuncha qiyinlashadi. Shu sababli konsentrlangan eritmalar katta qovushqoqlikka ega boiib, konsentratsiyaning juda oz qiymatga o‘zgarishi qovushqoqlikni tezda oshirib yuboradi. Bu eritmalar Nyuton va Puazeyl qonunlariga bo‘ysinmaydi, qovushqoqlik vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, eritmaning «awalgi davr holati»ga va mexanik ta’sirlarga (tiksotropiya) bog‘liq bo‘ladi; qovushqoqlikning haroratga bog‘liqligi anomal xarakterga (gisterezis) ega boiadi. Polimerlar suyultirilgan eritmalari qovushqoqligining vaqt bilan o‘zgarishi va gisterezisli anomaliyalar muvozanat juda sekin qaror topishining oqibatidir, bunda,n tashqari strukturalaming hosil bo’lishi va buzilishi uchun ma’lum vaqt (relaksatsiya vaqti) talab qilinadi. Agar eritma tayyorlanishi bilan oMchangan qovushqoqlik juda kichik boisa, strukturalanish davomida qovushqoqlik ancha ortadi. Avval qizdirib so‘ngra tezda sovutish bilan tayyorlangan eritmaning qovushqoqligi qizdirmasdan olingan polimer eritmasiga qaraganda каm bo’ladi.










Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish