Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli. Reja: kirish


Neokilassik rivojlanishning bozor iqtisodiyotidagi o’rni



Download 65,1 Kb.
bet2/6
Sana20.04.2022
Hajmi65,1 Kb.
#567990
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abbosxon iqtisodiyot k 50

1.Neokilassik rivojlanishning bozor iqtisodiyotidagi o’rni
Neoklassiklar rivojlangan bozor iqtisodiѐtiga ega boʼlgan mamlakatlarda davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish, uning iqtisodiѐtni tartibga solishini cheklashni talab qiladilar. Аmmo ular umuman iqtisodiѐtni davlat tomonidan tartibga solinishini butunlay inkor etmaydilar. Ularning fikricha, bozorning baho mexanizmi, regulyatori koʼp hollarda resurslarning optimal, samarali ishlatilishini taʼminlaydi. Аmmo baʼzi holatlarda bozor ulardan samarali foydalanishga erishishni taʼminlay olmaydi. Xuddi ana shunday holatlarda davlat allokatsiya (taqsimlash)ni yaxshilab, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni taʼminlashda ijobiy rolь oʼynashi mumkin ekan.
Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga koʼra kishilar oʼzlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular oʼzlarining pulli manfaatlariga muvofiq keladigan narsalar bilan bogʼliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yigʼadilar va ularni oʼrganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda oʼz haѐtlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga (ѐki qisqarishiga) olib keladi. Bu oʼzgarishlar, oʼz navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin oʼsishi (ѐki pasayishi)ni belgilab beradi. Fridman nazariyasiga muvofiq, pul qoldiqlari boshqa aktivlar bilan taqqoslanadigan aktiv sifatida koʼrib chiqiladi. Ushbu nazariya oqim sifatida emas, balki zaxiralar tariqasida talqin qilinadi. Pul daromadi - bu oqimdir va uni biror vaqt oraligʼida aniqlash mumkin. Pulning oʼzi esa zaxiradir, yaʼni muayyan bir vaqtda mavjud biror miqdordir. Zaxirani orttirish uchun kishilar oʼz xarajatlarini kamaytiradilar ѐki oʼzlarining pul boʼlmagan aktivlarini pulga almashtiradilar. Zaxiralarni qisqartirish uchun esa ular aksincha ish tutadi.Fridman pulga boʼlgan turli moliyaviy yangiliklar, moliyaviy aktivlarning daromadliligi Markaziy bank faoliyati taʼsiri ostida oʼzgarishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq shunga qaramasdan kishilar baribir pul taklifini nazorat qiluvchi sarmoyalarning barqarorligi saqlanib qolgan davrda oʼz pul mablagʼlarini yalpi milliy mahsulot (YaMM)ning biror muayyan ulushi darajasida ushlab turishga harakat qiladilar. Аgar pulga boʼlgan talab barqaror miqdor boʼlsa, unda Markaziy bank taklifni barqaror saqlab qolgan holda jami talab ham barqaror boʼladi. Shunday qilib, bank zaxiralarining oʼsish surʼa tlarini va pul taklifini boshqarish Markaziy bankning muhim vazifasi boʼlishi lozim.
Bundan davlatning jami talabni boshqarish buyicha ikki siѐsati, yaʼni fiskal va kredit-pul siѐsatlari kelib chiqadi.Iqtisodiѐtni boshqarishning monetar ѐndashuviga muvofiq bozor mexanizmi kamchiliklarini toʼgʼrilash emas, balki uning ishlashi uchun eng yuksak darajada barqaror moliyaviy sharoitlarni taʼminlash muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadda pul birligi xarid kuchi va valyuta kursi barqarorligi ular uchun muhim jihatlardir. Shuning uchun ular fiskal siѐsatning resurslarni qayta taqsimlash va barqarorlashtirish vositasi sifatidagi ahamiyatiga kam eʼtibor beradilar. Ularning fikricha, siqib chiqarish effekti sababli fiskal siѐsat mutlaqo yaramaydi. Ular quyidagicha fikr yuritadilar: davlat obligatsiyalar sotib, yaʼni pulni aholidan qarzga olib, byudjet kamomadini hosil qiladilar. Bunda davlat fondlar uchun xususiy biznes bilan raqobatli kurashga kirishadi.
Shu tariqa davlat qarzlari pulga boʼlgan talabni kengaytiradi, foiz stavkasini oshiradi va, demak, koʼp miqdordagi xususiy kapital mablagʼlarni siqib chiqaradi, aks holda ular foydali boʼlar edi. Demak, monetarchilar fikricha, byudjet kamomadining jami xarajatlarga boʼlgan taʼsiri pirovard natijasini oldindan aytib boʼlmaydi ѐki u sezilmaydi. Аgar kamomad yangi pullarni muomalaga chiqarish bilan qoplansa, siqib chiqarish effekti sodir boʼlmasligi mumkin va kamomaddan soʼng iqtisodiy faoliyatning kengayishi yuz berishi mumkin. Аmmo bunday kengayish faqat qoʼshimcha pullar yaratish tufayligina amalga oshadi1.
Monetarizm nazariyasiga muvofiq iqtisodiy beqarorlik aksariyat hollarda iqtisodiѐtning ichki oʼzgaruvchanligiga nisbatan notoʼgʼri pul-kredit boshqarilishi tufayli yuzaga keladi: birinchidan, oʼzgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U shuni bildiradiki, bunda pul-kredit taʼsiri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi oʼzgarishlar nominal SMMga uzoq va nomaʼlum vaqt oraligʼidan soʼng taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun vaqt lagining nomaʼlum muddatida, monstarchilar fikricha, iqtisodiѐtni davriy (tsiklik) yuksalish va pasayishga moslashtirish uchun diskret pul-kredit siѐsatidan foydalanish aksincha samara berishi va davriy (tsiklik) tebranishlarni kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, Federal zaxira tizimi foiz stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiѐtni beqarorlashtirish va inflyatsiya jaraѐnlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun monetarchilar hukmron pul-kredit muassasalari foiz stavkasini barqarorlashtirish oʼrniga pul taklifi oʼsishi surʼatlarini barqarorlashtirishlari zarur, degan xulosaga keldilar. Bunga bogʼliq holda M. Fridman monetar qoidalarni2 qonun yoʼli bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga koʼra pul taklifi har yili YaMM oʼsishi mumkin boʼlgan surʼatda oshishi, yaʼni pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5%ga kengayishi, lozim.Demak, monetarchilar fikriga koʼra, pul taklifini berilgan surʼatda doimiy ravishda oshirib borish, xarajatlarni har qanday inflyatsiya yoʼli bilan oshirish mablagʼlar yetishmasligi tufayli oʼz-oʼzidan yoʼqolib ketadi. Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga koʼra kishilar oʼzlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular oʼzlarining pulli manfaatlariga muvofiq keladigan narsalar bilan bogʼliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yigʼadilar va ularni oʼrganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda oʼz haѐtlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga (ѐki qisqarishiga) olib keladi. Bu oʼzgarishlar, oʼz navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin oʼsishi (ѐki pasayishi)ni belgilab beradi. Ratsional kutish nazariyasi yangi axborotlarning talab va taklif egri chiziqlarida tezda oʼz aksini topishini, shuning uchun ham muvozanat baholari va ishlab chiqarish hajmlarining bozordagi yangi holatlarga, davlat iqtisodiy siѐsatidagi oʼzgarishlarga tezda moslashuvchan boʼlishini ifodalaydi.Bu oʼzgarishlar mohiyati Paretoning samaradorlik kriteriyalari asosida tushuntirilishi mumkin. Unga koʼra jamiyat biron-bir aʼzosining farovonligi boshqasining turmushini ѐmonlashuvi hisobiga yaxshilanishi mumkin boʼlmaydigan holatni vujudga keltiradigan resurslarning taqsimlanishi optimal hisoblanadi. Аyirboshlash munosabatlariga erkin kirishish imkoniyati bozorda muvozanat holatiga erishishni taʼminlaydi.
Bu muvozanatda mavjud baho darajasida tovarlarga talab miqdori ularning taklifi miqdoriga tenglashadi. Bu shunday holatki, bironta ham subʼekt yangi ayirboshlash operatsiyalari natijasida bir-birlari hisobiga yutuqqa erisha olmaydi. Bunda resurslarning taqsimlanishi optimal boʼladi, chunki iqtisodiѐtda muvozanatlashuv sodir boʼladi. Demak, mukammal bozor resurslarning samarali alokatsiyani (taqsimlanishini) yaxshi taʼminlay olmaydi. Xuddi shu hol neoklassiklar nazarida bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi uchun potentsial imkoniyatlar yaratadi.


Download 65,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish