Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli. Reja: kirish


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning merkantilizim konsepsiyalari



Download 65,1 Kb.
bet5/6
Sana20.04.2022
Hajmi65,1 Kb.
#567990
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abbosxon iqtisodiyot k 50

4.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning merkantilizim konsepsiyalari.
Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitalizmning boshlangʼich davriga toʼgʼri keladi (XV-XVII asrlar). Bu davrda merkantilistlar jamiyat boyligi muomala sohasida yaratiladi, millat boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikrni ilgari surishadi. Merkantilizm – bu iqtisodiy nazariyadagi birinchi ilmiy maktab boʼlib, uning mashhur namoѐndalaridan biri Tomas Men hisoblanadi (1571-1641 y.).Merkantilizm kapitalning dastlabki jamgʼarilishi davriga xos boʼlib, savdo burjuaziya manfaatlarini ifoda etadi. Merkantilizmga ikki xususiyat xosdir: 1) boylik pul bilan ifodalanadi (davlat qancha koʼp pulga ega boʼlsa, u shuncha badavlat hisoblanadi) 2) davlat xokimiyati ѐrdamida pul boyliklarini jamgʼarishga erishish mumkin. Ushbu maktab namoѐndalari mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar oʼrtasidagi farqning (aktiv savdo balansi) yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat aktiv savdo balansida siѐsiy ishlarni olib borishi zarur deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan tovarlarni olib chiqishni ragʼbatlantirish va mamlakatga tovarlar olib kirishni cheklash, baʼzi tovarlarni esa olib kirilishini taʼqiqlash bilan protektsionizm siѐsatini yuritishi lozim. Bunda quyidagi tamoyil olgʼa suriladi: chet eldan arzon bahoga sotib olish, boshqa davlatlarga qimmatroq sotish.«Siѐsiy iqtisod» atamasi frantsuz merkantilisti А.Monkrettonning 1615 yilda nashr qilingan «Siѐsiy iqtisod traktlari» kitobida ilmiy muomalaga kiritilgan edi. Merkantilistlar birinchi boʼlib isteʼmol qiymatini emas, balki almashinuv qiymatini boylik deb eʼlon qildilar.Keyingi iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu maktabning eng koʼzga koʼringan namoѐndasi – F.Kene (1694-1774 y.). Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini taxlil etishdan ishlab chiqarishni taxlil etishga tomon burilish yasadi. Faqat ular qishloq xoʼjaligi bilan chegaralanishdi. Kene ekvivalent ayirboshlash taʼlimini olgʼa surdi va savdodagi ayirboshladan xech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash xech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi.F.Kene «tabiiy tartiblanish» holatini, yaʼni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin raqobat va baʼzi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiѐtni rivojlatirishni olgʼa surdi. Fiziokratlar iqtisodiy rivojlanish oʼzida tabiiy jaraѐnni namoѐn qilishi, qonunlarga amal qilinishi va odamlar taʼsiridan holi boʼlishini lozim deb bilishdi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustaxkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiѐtni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtai nazarida, yaʼni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm gʼoyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiѐtga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Bu gʼoya А.Smit va D.Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik siѐsiy iqtisod maktabi asoschilari boʼlib, qiymatining mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning mazmunini va qoʼshilgan qiymat nazariyasini ѐritib berdi.Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikrdan kelib chiqadi. Аdam Smitning ―Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida‖(1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiѐtning oʼzini oʼzi tartibga solishning zarurligi taʼkidlab oʼtilgan. А.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan toʼliq ozod boʼlishi zarur. Аna shundagina isteʼmolchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud boʼladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi. А. Smit gʼoyasi quyidagicha: «Bozor iqtisodiѐti oʼzini-oʼzi boshqarishga moslashgan, uning asosida qanday qilib koʼproq fayda olishga harakat qilish bilan bogʼliq «koʼrinmas qoʼl» - shaxsiy manfaat ѐtadi». Smit xulosasiga koʼra, iqtisodiѐtni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa, iqtisodiѐt samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin boʼlmogʼi lozim.D.Rikardo, J.B.Sey, D.Milь, А.Marshallar А.Smit gʼoyasining davomchilari boʼlib, ular iqtisodiy liberalizm gʼoyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yoʼnalish).
Klassiklar jami talab va jami taklif mutanosibligini oʼzlariga xos talqin etishdi. Ular: jami taklifning oʼzgarishi unga mos jami talabni oʼzgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan kelib chiqishadi. Bu Sey qonunida oʼz aksini topadi, yaʼni taklif etilgan tovar unga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif oʼrtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf etadi. Oldindan ishlab chiqarishning oʼrni yoʼqoladi. Tovar ishlab chiqarishning oʼsishi, ish haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi.
Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirboshlanilmadi. Jamgʼarish yuzaga keladi va jamgʼarilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng boʼlmaydi. Klassiklar jami talab va jami taklifga bogʼliq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu oʼrinda mehnat bozorini ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi.Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933 yillardagi, klassik iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini koʼrsatdi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns ushbu iqtisodiy maktabning asoschisi edi. U mazkur nazariyani oʼzining 1936 yilda nashrdan chiqqan «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asarida baѐn qilib berdi. Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, soha mutaxassislari orasida Keyns iqtisodiѐtga davlat aralashuvi zaruriyatini dalillab bergan dastlabki iqtisodchi hisoblanmagan. Keynsning oʼtmishdoshlari boʼlmish А. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. Xaberler oʼzining «Ravnaq va turgʼunlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jamgʼarilishi bilan ѐki yetarlicha isteʼmol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari toʼgʼrisida oʼz fikrlarini baѐn qildi. J.M.Klark tomonidan mulьtiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiѐtni davlat tomonidan boshqarish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan bir vaqtda oʼtkazilgan edi. Аmmo Keyns nazariyasi uning oʼtmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, oʼz-oʼzidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli roʼy beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiѐtni davlat hokimiyati tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini eʼlon qildi. Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi boʼlib, makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy Iqtisodiѐtni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni oʼz ichiga oladi: birinchidan, unda oʼz-oʼzidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiѐtning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jaraѐnida paydo boʼladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiѐtni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi.
Keyns oʼzining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab1 nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha boʼlgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan boʼlib, unga muvofiq taklif oʼz talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab oʼz taklifini yuzaga keltirishi gʼoyasini ilgari surdi.Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (ѐki mehnat) muayyan miqdori taklifning bahosi deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlarning ushbu mahsulot (ѐki mehnat)ni taklif qilishga boʼlgan ragʼbati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi va mahsulot (ѐki mehnat) hajmi oʼrtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Bu yerda shuni aytib oʼtish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi mahsulotni sotganlaridan soʼnggina olishlari mumkin. Kutilaѐtgan daromad va mahsulot (ѐki mehnat) hajmi oʼrtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Аgar ishlab chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida koʼzda tutilgan daromad jami taklif bahosidan oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va bandlikni) oshiradilar va agar kutilaѐtgan daromad taklif bahosidan past boʼlsa, u holda tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat koʼzda kutilaѐtgan daromad va taklif bahosi oʼrtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda boʼladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay boʼlgan ishlab chiqarish darajasi jami talab funktsiyasi bilan jami taklif funktsiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi jami talab funktsiyasining qiymati samarali talab deb ataladi. Jami talab esa daromad darajasini belgilab beradi. Bu yerda agar isteʼmol ortsa, u holda jami talab ham va demak, daromad ham ortishini taʼkidlab oʼtish joiz.
Inqirozlarni bartaraf etish uchun Keyns ―samarali talab‖ ni shakllantirish, yaʼni kapital mablagʼlarini va isteʼmolni eng koʼp darajada ragʼbatlantirish zarur ekanligini taklif qildi. Uning fikriga koʼra, sarmoyalar orttirish bandlikning oʼsishiga va daromadning ortishiga olib keladi. Daromad ortishi jamgʼarmalar shaklida emas, balki investitsiya sifatida sarflanishi uchun buyuk iqtisodchi olim qarz foizi meʼѐrini pasaytirishni taklif qildi. U davlat aralashuvini ―samarali talab‖ ga, va, demak, toʼla bandlikka erishish vositasi, deb bildi. ―Davlat, - deb ѐzgan edi J.Keyns, - isteʼmolga boʼlgan moyillikka nisbatan oʼzining rahbarlik taʼsirini qisman mos tizim yoʼli bilan, qisman foiz meʼѐrini belgilash bilan va qisman, ehtimol, yana boshqa usullar bilan roʼѐbga chiqarishi lozim boʼladi.U past foiz meʼѐri orqali yuqori foyda olishni taʼminlaydi, tadbirkorlarda optimistik kayfiyatni kuchaytiradi, ularning sarmoya solishga boʼlgan moyilligini qoʼllab-quvvatlaydi va yuksalish holatini ushlab turadi, deb hisobladi.Keyns davlat byudjeti orqali byudjet kamomadi paydo boʼlishidan hayiqmagan holda katta xarajatlar qilish taklifi bilan chiqdi. Bunda u byudjet kamomadi qogʼoz pullarni qoʼshimcha muomalaga chiqarish yoʼli bilan qoplanishini nazarda tutadi. Uning fikricha, davlat kapital mablagʼlari foiz meʼѐrini pasaytirib, yuksalish holatini uzaytiradi. Bularning barchasi inqirozning oldini olishga xizmat qiladi.Zamonaviy keynschilar soliqlar, davlat xarajatlari, byudjet kamomadi, davlat qarzi davlat yoʼli bilan boshqarishning asosiy vositalari, deb hisoblaydilar. Ularning taʼkidlashicha, sanoat yuksalishi davrida daromadlar ortgan sari soliq tushumlari ham koʼpayib boradi.
XULOSA
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish boʼyicha amalga oshirilayotgan bu choralar dunyoda iqtisodiyotning globallashuvi va yagona jahon iqtisodini yaratish jarayonlari kechayotganini hisobga olib amalga oshirilmoqda. Oʼzbekiston Umumjahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlishni istar ekan, oʼzining tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirishi va jahon iqtisodining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.Koʼp mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishda kuchli protektsionizm va import oʼrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish bosqichidan oʼtadilar, keyin esa asta-sekin eksportga yoʼnalish tomonga siljiydilar. Import oʼrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish iqtisodiy mustaqillikka erishishning usuli boʼlib xizmat qiladi.Mamlakat iqtisodiy oʼsishning yuqori va barqaror surʼatlariga erishishni istar ekan, asta-sekin eksportga yoʼnaltirilgan iqtisodiy faoliyatga oʼtish muqarrardir. Bu borada Yaponiya va Osiyo-Tinch okean mintaqasining yangi sanoatlashgan mamlakatlari tajribasi alohida diqqatga sazovor.Eksport salohiyatini rivojlantirishga strategik yondashuvni amalga oshirishda bozor murvatlariga, ayniqsa, Umumjahon savdo tashkiloti yangi qoidalari munosabati bilan tashqi savdoga davlatning kuchli aralashuvi maqbul yoki maqbul emasligi toʼgʼrisidagi savol tabiiy ravishda koʼndalang boʼladi. Savdodagi sheriklarning davlat aralashuviga qarshi choralar, davlat boshqaruvida xatolarga yoʼl qoʼyilishi mumkinligi ham shunga ishora qiladi.Umumjahon savdo tashkiloti doirasida savdo qilishning yangi tartibi tashqi savdoni boshqarish boʼyicha baʼzi choralarni qoʼllash imkoniyatini cheklab qoʼydi. Shunga qaramasdan, agar turli “ruxsat berilgan” subsidiyalardan, “toʼlov balansi” haqidagi xalqaro savdo qonunlarining savdo bilan bevosita bogʼliq boʼlmagan bandlaridan oqilona foydalanilsa va xalqaro savdo qoidalari ijodiy talqin qilinsa, manevr qilish uchun sezilarli imkoniyatlar tugʼiladi.
- eksportni ragʼbatlantirish uchun, avvalo, barqaror makroiqtisodiy sharoit yaratish lozim. Bu inflyatsiyaning surʼatlari barqaror va prognoz qiladigan tarzda boʼlishi, valyuta almashtirish kursi bir xil boʼlishini anglatadi. Bunday sharoit eksportchilarga tashqi savdo shartnomlari tuzish, akkreditivlar ochish, valyutani erkin almashtirishga ishonch va oʼzlarining oladigan daromadlari haqida aniq tasavvurlarga ega boʼlish imkonini beradi;
- eksport salohiyatining rivojlanishiga mikroiqtisodiy omillar ham koʼmaklashishi lozim. Xoʼjalik yurituvchi barcha subʼektlarning mulk shaklidan qatʼiy nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish uchun bir xil imkoniyatga ega boʼlishlarini taʼminlash bu omillar ichida eng muhim oʼrin tutadi;
- inson omilini rivojlantirish eksport salohiyatining rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun ishchilarning bilimlari va kasb malakalarini takomillashtirish, ishchilarni tayyorlash zamonaviy texnika va texnologiyalarda amalga oshirilishi kerak;
- eksport salohiyatining ragʼbatlantirish maqsadida turli murvatlardan foydalanish zarur. Birinchi navbatda, uncha uzoq boʼlmagan muddatga eksport subsidiyalari kiritish lozim. Аmmo bunday subsidiyalar ularni amalga oshirish uchun qilinadigan byudjet xarajatlarini koʼpaytirmasligi kerak. Eksportni ragʼbatlantirishning eng qulay shakli erkin iqtisodiy zonalar hisoblanadi;
- qulay iqlim sharoitlari va aholining anʼanaviy, jumladan, meva-sabzavot yetishtirish boʼyicha malakalaridan mamlakat eksport salohiyatining rivojlantirishda keng foydalanish zarur. Iqtisodiy choralar, shu jumladan moliyaviy koʼmak, soliq imtiyozlari va boshqalar mamlakat eksport salohiyatini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Eksportni kreditlash, davlat kafolat majburiyatlarini taqdim etish, savdo va investitsiyalarni tijorat va siyosiy tavakkalchiliklardan sugʼurtalash mexanizmlarini tezkor ishlab chiqish va amalda foydalanish shubhasiz oʼzbek eksportchi korxonalarning manfaatlariga toʼliq mos keladi.Oʼzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirishni taʼminlash uchun tashqi savdo sohasini erkinlashtirishdan tashqari, bu faoliyatni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilshi kerak.


Download 65,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish