Mavzu: Iogan Sebastian Baxning organ xorallari


YAXSHI TEMPERATSIYALANGAN KLAVIR



Download 118,08 Kb.
bet4/8
Sana15.05.2023
Hajmi118,08 Kb.
#938947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mus tarix kurs ish

YAXSHI TEMPERATSIYALANGAN KLAVIR

I.Baxning klavir asarlari ichida ikki jildni tashkil qiluvchi
(har birida 24 ta preludiya va fugadan) 48 preludiya va fugalar ulkan badiiy qiymatga ega. Bu asar “Yaxshi temperatsiyalangan klavir” nomini olgan.Pyesalaming soni tasodif emas edi. l.Bax bu asarlami o ‘sha davr uchun yangi tuzilmaga ega bo'lgan klavir uchun yozgan.Ushbu cholg'uning klaviaturasi teng intervallarga - yarim
tonlarga bo'lingan, ya’ni bir tekisda temperatsiyalangan edi. Endi oktava o'z ichiga 12 bir-biriga teng yarim tonlami mujassamlashtirdi. Bu 12 major va 12 minor tonalliklarini
tuzish imkoniyatini berdi. l.Bax o'z oldiga bir tekisda temperatsiyalangan tizimda barcha 24 tonallik teng huquqli va bir xilda yaxshi sadolanishini amalda isbotlash vazifasini qo'ydi. U bu narsani major va minoming21 barcha tonalliklarida
48 preludiya va fugalami yozib ikki marta isbotladi. Preludiya
va fugalar xromatik tartibda joylashtirilgan. Preludiya va fuga birgalikda ikki qismli polifonik turkumni tashkil etadi. Suitaning raqslariga o'xshab, ko'p hollarda
preludiya va fugalar o'zaro qarama-qarshilikda. I.Baxning
ko'plab preludiyalari, ulaming tuzilmasi muayyan qonuniyatlar
bilan bog'liq bo'lsa ham, improvizatsiyali xarakterga ega. Ko'p
hollarda ularda akkordli, gomofon asos yaqqol ko'zga tashlanib
turadi. Fuga esa qat’iy polifonik asar bo'lib, ko'proq o'zining
tuzilishi bo'yicha uch qismga ega. Shu bilan birga, suita kabi
preludiya va fugani nafaqat umumiy tonallik, balki har bir
holatda turlicha, juda nozik bo'lgan ichki aloqalar birlashtirib
turadi. Вunga misol tariqasida “Yaxshi temperatsiyalangan
klavir”ning birinchi jildidan do minor preludiya va fugasini
keltirish mumkin. Preludiya aniq va kuchli ritm bilan ajralib turadi. Tez temp va bir xildagi faktura (o‘n oltitalik notalar)
musiqaga katta jonlilik va harakatchanlik baxsh etadi. Aynan
shunday to'xtovsiz ketadigan harakat xarakteri polifonik uslubdagi preludiyalarga xosdir.Preludiyaning ikkinchi yarmida ta’kidlangan aniq harakat
aфedjioli passajlarning kcng “yugurishi” bilan almashadi. Bu
“yorib o ‘tish”ga javoban yangi kuch va yanada tezroq tempda boshlanishdagi musiqa o ‘ziga xos bo'lgan ritmik shakl bilan sadolanadi. Lekin “yorib o‘tish” tasodifiy emas edi. Tez harakat
qo'qqisidan to‘xtaydi va keyin arpedjioli akkordlar fonida go‘yo yakkaxon xonanda kuylashni boshlaydi. Ushbu qisqa lavha (atigi bir takt) vokal asaridagi rechitativli yakkaxonlikni
eslatadi. U preludiyaga tafakkurlash, o'ylash lahzasini olib kiradi. Ifodali intonatsiyalar, harakatdagi to‘xtalishlar musiqani ta’sirchanlik bilan bezaydi, aytilayotgan fikrga muhimlik baxsh
etadi. Bu xuddi muallifning “dono” so’ziga o ‘xshaydigan lavha-preludiyaning kulminatsiyasidir. Shundan so‘ng uncha katta bo'lmagan yakun keladi. Arpedjioli passajlarning shiddati asta sekin pasyadi, bunga uzoq tutib qolingan do basi yordam beradi.Preludiyaning so‘nggi tovushi - major tersiyasi- yakuniy
qismni yorqin bo‘yoqlar bilan bezaydi.
Kuchli va jonli fuga preludiyaga sezilarli darajada o'xshashib
ketadi. “Fuga” so‘zi lotinchada “yugurish” ma'nosini anglatadi.
Musiqadagi fuga bu murakkab polifonik asardir, unda bir ovoz
go‘yo ikkinchisi quvlab yetmoqchidek bo'ladi yoki boshqa ovozga javob beradi.


Download 118,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish