129- §. Qo‘llanish sohalari
Eskicha ikki qismli shakl XVII asrning oxiri va XVIII asrning birinchi yarmida yaratilgan kichik-kichik asarlarning ko‘pchiligi uchun asos bo‘lgan. Bunga deyarli barcha raqs syuitalarining va boshqa xildagi syuitalarning barcha qismlari, ba’zi bir prelyudiyalar (masalan, «Wohltemperiertes Klauier» — «Yaxshi temperatsiyalangan klavir») Baxning ko‘pgina invensiyalari va hokazolar kiradi.
130- §. Eskicha sonata shakli ;
Yuqorida eskicha ikki qismli shakl birinchi davriyasining oxirini tobe tonallikdan ko‘chirib, uni butun shaklni yakunlash uchun yaroqli holga keltirish maqsadida asosiy tonallikka o‘tkazilganligi ta’kidlab o‘tilgan edi. Baxning ilgari eslatib o‘tilgan. G-dur fransuzcha syuitasidagi Allemandaning birinchi davriyasiga qo‘shimchadan 6 takt asosiy tonallikka transpozitsiyalangan hamda ikkinchi davriyaning oxiriga aylantirilgan.
1-davriya 2-davriya
Do'stlaringiz bilan baham: |