Mavzu: Iogan Sebastian Baxning organ xorallari



Download 118,08 Kb.
bet2/8
Sana15.05.2023
Hajmi118,08 Kb.
#938947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mus tarix kurs ish

Iogann Sebastyan Bax 1685-yil uncha katta
bo'lmagan nemis shaharchasi Eyzenaxda tug‘ildi. Skripkada
chalish bo'yicha birinchi ko’nikmalarini u skripkachi va shahar
musiqachisi bo'lgan o 'z otasidan o'rgandi. Bolaning yaxshi
ovozi (soprano) bo'lib, shahar maktabi xorida kuylardi. Uning
bo'lg'usi kasbiga hech kim shubha qilmas edi: kichkina I.Bax
musiqachi bo'lib yetishishi kerak edi.
Bola to'qqiz yoshida yetim qoldi. Ordruf shahrida cherkov.
organchisi bo'lib xizmat qiluvchi akasi uni tarbiyasiga oldi.
Akasi uni gimnaziyaga o'qishga joylashtirdL va musiqaga
o'rgatishni davom ettirdi. Ammo u quruq, e’tiborsiz musiqachi edi. Rus yozuvchisi va musiqa tanqidchisi V. Odoyevskiy
o'zining “Sebastyan Bax” novellasida u haqda shunday yozadi:
“U 40 yil davomida bitta cherkovning organchisi sifatida
yashadi. 40 yil bir xil preludiyani, deyarli bir xil xoralni chaldi,
faqat tayramlardagina ba’zi joylariga bitta forshlag va ikkita
triller10 qo‘shib qo'yardi, shunda tinglovchilar: “O! Bugun
bizning Bax qizishib ketdi”, - deb qo'yishardi”.
Mashg'ulotlar ham shu kabi bir xilda, zerikarli kechardi.
Sezgir va bilimga chanqoq, musiqani sevuvchi bola uchun bu
qiynoqning o ‘zi edi. Shu sababdan o ‘n yoshli bola o ‘zi
m a’lumot olishga harakat qilardi. Akasining shkafida mashhur
kompozitorlaming asarlari yozilgan daftar berkitilganligidan
xabar topgan bola tunlari shu daftami yashirincha olar va oy
nurida ulami ko’chirardi. Bu mashaqqatli ish old oy davom etdi,
u bo‘lajak kompozitoming ko'zlariga o ‘zining salbiy ta’sirini
o ‘tkazdi. Kunlardan bir kuni akasi uni notalami ko'chirayotgan
vaqtida ko'rib qolib, ko‘chirilgan notalami olib qo‘yganida
bolaning qanchalar xafa bo‘lganligini tasavvur qilish mumkin.
Ijodiy yoMining boshlanishi. Iogann Sebastyan Bax o ‘n besh
yoshida mustaqil hayot kechirishga qaror qildi va Lyuneburg
shahriga ко‘chib o ‘tdi. 1703-yildan gimnaziyani tugatdi va
universitetga o ‘qishga kirish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq I.Bax
bu huquqdan foydalana olmadi, chunki tirikchilik o ‘tkazish
uchun mablag‘ ishlab topish kerak edi. I.Bax hayoti davrida o ‘z ish joyini o ‘zgartirib, bir necha marta
shahardan shaharga ko‘chib o‘tdi. Deyarli har safar buning
sababi bir xil - qoniqarsiz ish sharoiti, boshqalarga qaram
bo‘lishlik, kamsitilishlik edi. Kompozitor hayoti va ijodida
qanchalik noxushliklar bo‘lmasin, yangi bilimlarga,
mukammallikka bo‘lgan intilish uni hech qachon tark etmasdi.
U tinmasdan nafaqat nemis, balki italyan, fransuz
kompozitorlarining (masalan, A.Skarlatti, F.Kuperen) musiqasini o'rganardi. Mashhur musiqachilar bilan shaxsan
tanishish, ulaming ijrochilik uslublarini o'rg?nish
imkoniyatidan ham to‘la foydalanardi. Bir ku ti yo‘l kiraga puli
bo'lmagan Bax mashhur organchi D.BuKstexude ijrosini
tinglash uchun boshqa shaharga piyoda yo‘l oladi.
Kompozitor ijodga bo'lgan munosabatini, musiqaga bo'lgan
qarashlarini qat’iy himoya qilardi. Saroydagilaming chet el
musiqasi oldida bosh egishlariga qarama-qarshi o'laroq, l.Bax
nemis xalq musiqasi va raqslarini alohida muhabbat bilan
o'rgandi va o'z asarlarida ulardan keng foydalandi. Boshqa
mamlakatlar kompozitorlarining musiqasini chuqur o'rgangan
l.Bax ularga ko'r-ko'rona taqlid qilmadi. Kompozitoming keng
va chuqur bilimlari kompozitorlik mahoratini takomillashtirish
va sayqallashga yordam berdi.
Sebastyan Baxning iqtidori kompozitsiya sohasi bilan
chegaralanib qolmadi. U o'zining zamondoshlari orasida eng
yaxshi organ va klavesin ijrochisi edi. Agar l.Bax hayotlik
davrida kompozitor sifatida tan olinmagan bo'lsa-da, organ
cholg'usida improvizatsiya qilish mahorati bo'yicha uning
oldiga tushadigani bo'lmagan. Buni hatto uning raqiblari ham
tan olishga majbur bo'lishgan.


Download 118,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish