Mavzu: Imom Ahmad ibn Hanbal


Imom Ahmad ibn Hanbal Mazhabiga ergashganlar sonini kam bo’lganligi sababi



Download 349,5 Kb.
bet13/13
Sana13.07.2022
Hajmi349,5 Kb.
#787012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mustafoyev M. Imom Ahmad ibn Hanbal

11. Imom Ahmad ibn Hanbal Mazhabiga ergashganlar sonini kam bo’lganligi sababi.

Ahmad ibn Hanbal r.a.mazhabiga ergashgan ulamolarning aksariyati imom Ahmad ibn Hanbal r.a.siyratlari bilan siyratlandilar. Ya’ni mol dunyodan uzoq bo’lish, sultonlarga qo’pol muomulada bo’lish, o’z nafsini ibodatda mahkam ushlashlik bilan siyratlandilar. Shu sababli imom Ahmad ibn Hanbal r.a.mazhabini tarqatishlik kamaydi.Chunki, bu narsa sultonlarga qo’pol gapirish, o’zlarini ibodatda mahkam ushlashlik, zohidlik yo’lini tanlashlik bu ilmiy markazlarda ko’proq bu o’rinlarga erk berishlik ya’ni imom Ahmad ibn Hanbal mazhabiga ergashadiganlarni umumiy jalb qiladigan tamon yo’q edi. Masalan zohidlik yo’lini tanlamasdan imom Ahmad ibn Hanbal r.a.mazhabini darsiga ko’proq e’tibor berilsa, ehtimol mazhabga ergashganlar ko’p bo’lar edi. Chunki, u kishilar o’zlarini ibodatga sarflashdi, asosan o’zlarini zohidlikka berishdi.Shu sababli imom Ahmad ibn Hanbal mazhabi kam bo’lib qoldi.Mana shu o’rinda Abu Vafo Ahmad ibn Hanbal ulamolaridan Abi ibn Uqayr aytadiki, bu Ahmad ibn Hanbal mazhabi ashoblari o’zlariga zulm qilishdilar. Ya’ni Abu Hanifa, imom Shofe’iy, Molikiy mazhabining tobeinlari, ergashganlari agar ilmda bir darajaga yetsalar, ular qozi yoki vole ya’ni katta-katta ishlarda bo’lardi. Bu esa o’sha mazhabning darsini berishlik, tarqalishiga ilm bilan shug’ullanishiga sabab bo’lardi. Ya’ni qozi bo’lsa, qo’l ostida qancha xizmatkorlari, qancha narsaga qurbi yetadi. O’sha yo’l bilan ham fatvo berish, ilm olish bilan birga dars ham berardi. Shu narsalarga imkoniyat bor. Imom Ahmad ibn Hanbal r.a.ashoblari yetarli darajada ilmga ega bo’lishsa,o’zlarini zohidlikka o’zlarini dunyoda uzishga sarflashardi.Sababi qozidan ko’ra yaxshiroq tamondan g’olib bo’lay ya’ni yaxshilikka qozidan ko’ra tezroq yetay deb o’zlarini o’ylardi. Bu narsa ilm bilan shug’ullanish imom Ahmad ibn Hanbal yo’lini tarqatishlikni qisqartirardi. Shu o’rinda Ibn Bodurun aytadiki: “Ahmad ibn Hanbal r.a.mazhabiga ergashganlar kam bo’lganliga afsuslanib, sabab qilib aytadiki, bu mazhab ham boshqa mazhablar yetgan narsaga yetdilar. Ahmad ibn Hanbal mazhabida ham yetarli darajada ilmiy kitoblar faqihlar, ulamolar yetishib chiqdilar.Hattoki bu kishini mazhabini orzu qiladiganlar dars beradiganlar shunaqa darajaga yetdilar. Bu narsalarni yuqorida ham aytib o’tgan edik. Lekin, o’sha holatda insonlar dunyoga berildi. Ahmad ibn Hanbal r.a.hayotidagi narsa sunnatni asli to’g’ri fiqh buni bilishardi.Lekin ular bu o’rinda qoziliklar yoki har xil vazifalar havas qilib dunyoga berildilar va boshqa imomlarning yo’liga ergashdilar. Bu imom Ahmad ibn Hanbal r.a.mazhabini qisqarishiga sabab bo’ldi.Shu sababli hozirgi kunda imom Ahmad ibn Hanbal mazhabi faqatgina Suriya, Damashqqa tarqalgan boshqa joylarga tarqalmagan”. Su bilan imom Ahmad ibn Hanbal hayoti tugadi.


Xulosa

Inson tabiati ko’p g’alatidir: Boyligini yo’qotsa, qayg’uradi,dunyo ko’zlariga qorong’u ko’rinadi. Ammo hayotining kunlari manguga yo’qalayotgani bilan ishi yo’q.


O’z o’rnida aytilgan gap, insonlar bu dunyoga berilib, oxiratni unutadilar, xorlikka yuzlanib, najotdan uzoq bo’ladilar. Bugungi kunimizda bir insonga o’zini mo’’min-musulmonman deydigan kimsaga mol-dunyodan yoki bugungi davrning mashxur kishilari, garchi g’ayridin kimsalardan bo’lsin, ular haqida soatlab, gapirar,lekin achinarlisi shuki uning dinidan, najot yo’lidan, bu shariat yo’lini ko’rsatib bergan payg’ambarlar, olimu-ulamolar siratidan so’rasangiz lom-lim deya olmaydilar.
Men diplom ishim mavzusi yuzasidan islom olamining zabardas ulamolaridan biri Ahmad ibn Hanbal r.a.siyratini yoritishni lozim topdim.Zero olimlar siyratini yoritmoq ham kishidan ancha izlanish, mashaqqatni talab etadi. Shunday bo’lsada, bu sa’iy-harakatlarim ila boshqalarga manfaat ibrat bera olsam o’zimni baxtiyor sanardim.
Men Ahmad ibn Hanbal siyratini yoritar ekanman, ul zot haqlarida bir qator kitoblarni mutolaa etib, o’zimga bir manfaat, xulosa hosil qildim. Birgina misol:Ahmad ibn Hanbal islomni butunligini saqlab qolish uchun Ahli sunna val jamoaning haqligini ko’rsatib bergan.To’rt mazhab Hanbaliya mazhabiga asos solishlari yoinki, Abbosiylar davrida mo’’taziliylar ta’siri kuchayib, “Qur’on mahluq”degan ixtilof chiqqanda, mashaqqatu azoblarga qaramasdan Qur’onning mahluq emasligini isbotlab bergan fidoiy zot edilar.
Haqiqiy iymon sohiblarigina din uchun sabot ko’rsatgan kishilar siyratini yoritar ekan, qalbi iymonning halovatini his qiladi va o’zini hidoyat yo’lida toblaydi. Shu tariqa bu diplom ishim ila men islom olamining buyuk kishilari hayoti siyratini o’rganish qanchalik foydali ekanligiga amin bo’ldim. Alloh haq subhanahu va taolo barchamizning islomning fidoiylaridan qilsin.
Foydalangan adabiyotlar:

1. Qur’oni Karim


2. Imom Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Az-Zahabiy “Siro A’laamin Nubalaai” .1374.


3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Hadis va Hayot” “Sharq” nashriyot-matbaa aksadorlik kampaniyasi Bosh taxririyati Toshkent-2008.


4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Kifoya “Sharhi Muxtasai Viqoya” “Sharq” nashriyot-matbaa aksadorlik kampaniyasi Bosh taxririyati Toshkent-2008.


5. Ahmad Muhammad Tursun, Muhammad Sharif Juman “Islom Dini” “Mavarounnahr” nashriyoti Toshkent-2006.


6. Zuhriddin Husniddinov “Islom yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar” “Mavarounnahr” Toshkent-2004.


7. Umar Sulaymon Al-Ashqor “Mazhab val madarisul Fiqhiyyatu” 2007.


8. Abu Iso Muhammad At-Termiziy “Sunani Termiziy” “Adalat” nashriyoti 1999.



1 “Siro-ala-min Nubalai” kitobidan



Download 349,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish