6. Ahmad ibn Hanbalning mazhabining kelib chiqishi.
Ahmad ibn Hanbal mazhabini besh narsani ustiga qurgan edi.
Birinchi usul: Hujjatga suyanish unga xilof bo’lgan narsaga qaramaslik, bundan maqsad shuki Ahmad ibn Hanbal hujjatdagi bor nasaga suyanar edi va shu bo’yicha fatvo berar edi. Unga xilof bo’lgan tamonga qaramas, kim bo’lishidan qattiy nazar. Mana shu sababli Umar ibn Hattob r.a .ni junub holida tayammumga ruxsat berganligi haqidagi rivoyatni tan olmaganlar. Ammor ibn Yosirdan sahih hadis bo’lganligi uchun Rasullulloh s.a.v ning shunday qilganliklari haqida sahih hadis bo’lganligi uchun, ya’ni, junub holatda tayammumni mumkin emas deganlar. Yana ehromga kiruvchi kishi, ehromga kirishdan oldin hushbo’y narsani surtgan ehromga kirgandan keyin hushbo’y narsalardan foydalanish haqidagi Umar r.a .ga xilof narsalarga ham qaramagan. Umar r.a ehromdan keyin hushbo’y narsadan foydalanmaydi,degan bo’lsa, bu kishi yo’q, qilaveradi chunki, Oisha onamizning shu haqida sahih hadisi bor deganlar. Ahmad ibn Hanbal yana Ali, Usmon, Tolha, Ubay ibn Kablarni o’sha kasal vaqtida g’usulni tark qilishlik, tayammum qilib qo’ysa bo’laveradi, degan narsaga qaramagan. Oisha onamiz Rasullulloh s.a.v ikkalasidan huddi mana shu haqida sahih hadis bo’lganligi uchun. Rasullulloh s.a.v kasal vaqtlarida ham g’usul qilganliklari haqida sahih hadis bo’lganligi uchun bularni qabul qilmagan. Yana ibn Abbosni so’zlarini ham tan olmagaan. Maoz Moviyalarni musulmon kishi kofirdan meros olishligi haqidagi rivoyatlarga ham qaramaganlar. Musulmon kishi bilan kofir o’rtasida meros bo’lmsligi haqida sahih hadis bo’lganligi uchun tan olmaganlar. Umar r.a Ali o’sha narsalarni o’zidan-o’zi kelib chiqmagan. Masalan, Umar r.a ning junub holida tayammum qilishi bir urishga borganda junib bo’lib qoladi. Urishdan qaytayotganda kun sovuq yuvinsa kasalligi oshadi, ana o’sha maqsadda tayammum qilganlar. Buni Rasullulloh s.a.v kelgandan keyin maqtaganlar, noto’g’ri qilding demaganlar. Lekin Ahmad ibn Hanbal r.a. ning yo’li shunaqa ekanki, yuqorida undan kuchli hujjat turgan bo’lsa, o’shani olgan ekan. O’rtada sahobiylarning so’zlariga qaramaganlar. Ibn Abbosni kofirni merosidan sarf qilishlik so’zlariga ham qaramaganlar. Yuqorida buni inkor qiluvchi hadisni mahkam ushlaganligi uchun. Ya’ni, Ahmad ibn Hanbalni yo’li shunday bo’lganki sahih hadisga bir amalni ham, qiyosni ham, sahobalarni so’zini ham oldinga qo’ymay, sahih hadisni birinchiga qo’yib, keyin bularni qo’yganlar. Muxolif tamon sahih hadis turganda ulamolar bir masalani ijmo qilib, yechgan bo’lsa, o’sha ijmoni ham tan olmaganlar. Chunki, yuqorida undan kuchli hadis bo’lganligi uchun. Ahmad ibn Hanbal r.a. aytadiki: “Kimiki ijmoni davo qilgan bo’lsa, yolg’on gapiribdi. Bu kishi sahih hadis turganda, undan oldinga boshqa narsaga ruxsat bermas edi. Imom Shofe’iy ham Risolat jadidasida ham huddi o’sha narsani keltirgan. Ya’ni, uning xilofi bo’lib turgan tamon ijmo bo’lmaydi”, deganlar. Sahih hadis turibdimi, undan boshqasini ijmo qilish mumkin emas deganlar.
Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal r.a.aytadiki: “Otamdan eshitgandim, u kishi aytgandiki: Bir kishi ijmoga davo qilgan bo’lsa, u yolg’onchi. Kimiki ijmoni davo qilgan bo’lsa, u ham yolg’onchi”, deganlar. Rasullulloh s.a.v hujjatlari Ahmad ibn Hanbal huzirida eng ulug’ narsa bo’lgan. Boshqa imomlarning hadislari, imomlar ham Rasullulloh s.a.v ning hadislarini ijmodan oldinroqqa qo’yishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |