Mavzu: Imom Ahmad ibn Hanbal


Imom Ahmad ibn Hanbal r.a. kim ? Hayoti va faoliyati



Download 349,5 Kb.
bet2/13
Sana13.07.2022
Hajmi349,5 Kb.
#787012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mustafoyev M. Imom Ahmad ibn Hanbal

1. Imom Ahmad ibn Hanbal r.a. kim ? Hayoti va faoliyati.

Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Abdulloh Shayboniy ahli sunna val jamoa fiqhiy mazhab boshlaridan biri, islom shayxlaridan bo’lib, asl ismlari Abu Abdulloh Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal ibn Hilol ibn As’ad ibn Idris ibn Abdulloh ibn Yahyon ibn Abdulloh ibn Anas ibn Avf ibn Qosid ibn Mozin ibn Shaybon ibn Zuhl ibn Salaba ibn Uqobata ibn Sa’b ibn Ali ibn Bakr ibn Voil Az-Zuhliy Ash-Shayboniy Al-Marviy Al-Bog’dodiy. Imom Ahmad ibn Hanbalning nasabini o’g’li Abdulloh mana shunday keltirgan va Abu Bakr Al Hotib r.a o’z tarixlarida mana shunday rivoyat qilgan. Al Hofiz Abu Muhammad ibn Abi Hotim o’zining “Manoqibul Ahmad” nomli kitobida Imom Ahmad ibn Hanbalning o’g’li Solih ibn Ahmaddan u kishining nasablarini Qosid ibn Ma’zongacha oldin kelgandek rivoyat qilib dovomini ibn Huzayl ibn Shaybon ibn Sa’laba ibn Uqobata ibn Sa’b ibn Ali ibn Bakr ibn Voil ibn Qosit ibn Hinb ibn Afso ibn Du’miy ibn Jadila ibn Asad ibn Robiya’ta ibn Nazor ibn Ma’ad ibn Adnon ibn Adl ibn Adad ibn Humaysa’a ibn Nabt ibn Qayzor ibn Ismoil ibn Ibrohim a.s gacha rivoyat qilganlar.


Imom Ahmad ibn Hanbalning otalari Muhammad Marva qo’shinning askarlaridan bo’lib, yosh yigit vaqtlarida o’ttiz yoshlar atrofida vafot etganlar. Imom Ahmad ibn Hanbal esa yetim holida tarbiyalanganlar. Tarixchilarning aytishlaricha u kishining onalari Imom Ahmad ibn Hanbalga homilador hollarida Marvdan ko’chib ketgan.
Imom Ahmad ibn Hanbalning o’g’li Solih ibn Ahmad otam menga aytishlaricha: “Men 164-hijriy yilning Robbi’ul avval oyida tug’ilganman. Onam menga homilador vaqtlarida Marvdan Bog’dod shahriga ko’chib kelganlar. Otam esa yoshliklarida vafot etgan. Meni onam tarbiyalaganlar”. degandilar. Ba’zi manbalarda Robbi’ul avval oyining oxirida tug’ilgan deyilgan. Solih ibn Ahmad aytadiki: “Otam menga aytib bergandilar, yoshligimda onam mening ikki qulog’imga taqinchoq taqdilar, u taqinchoqni o’zlari marjonga o’xshatar edilar. Men ulg’ayganimdan so’ng uni yechib qo’ydim, so’ng uni onam menga berdilar, men uni o’ttiz dirham atrofida sottim”.
Imom Shofe Imom Ahmad ibn Hanbal haqida aytadiki: “men Iroq shahridan chiqdim, u yerda Ahmad ibn Hanbaldan ko’ra afzalroq, ilmliroq, taqvadorroq kishi qolmadi”, degan ekanlar.
Yahyo ibn Mo’in aytadiki: “Olamda Ahmaddan boshqa kishilarda yo’q bo’lgan hislatlar bor”. Bu hislatlar: “U kishi ham muhaddis, ham hofiz, ham olim, ham taqvodor, ham zohid, ham oqildir”. degan ekanlar. Imom Ahmad ibn Hanbal ilm olish uchun qozi Abu Yusuf Abu Hanifaning sohibidan ilm oladilar, so’ng u kishini tark qilib, hadis eshitish va o’rganishga kirishdilar. Hadis ilmni talab qilishda Makka, Madina, Yaman, Ko’fa, Basra, Shom shaharlariga safar qildilar. U kish safarlari davomida Yahyo ibn Mo’in, Ishoq ibn Ravich, Shofeiy va boshqa ko’plab olimlardan ilm o’rgandilar. Imom Ahmad o’z masnadida ya’ni: rivoyat qilgan narsalarda Imom Shofedan ko’plab hadislar rivoyat qilganligi va yana Quraysh yigitlaridan ko’p ma’lumotlarni olganligi va ulardan fiqh ilmidan ko’p narsalarni o’rganganligini aytganlar.
Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbalni ulug’lardilar va aytdilarki ey Abu Abdulloh agar siz bir sahih hadis topsangiz, bizga o’shani xabarini bering. Biz ham o’shalarni olaylik, der edi. Shu o’rinda ibn Kasir aytadiki Shofe bu so’zi bilan Ahmad ibn Hanbalni ulug’laganlar va u kishini hurmatini baland qilganlar. Ahmad ibn Hanbalni hadis ilmida ancha yuqori darajada ekanligini tan olgan deganlar. Darhaqiqat, Ahmad ibn Hanbal hadis ilmini juda chuqur o’rgandilar, hattoki o’z tenqurlaridan ancha oldinga chiqdilar va u kishining muhaddis ekanligini juda ko’p olimlar tan oldilar. Ahmad ibn Hanbal o’zi rivoyat qilgan hadislarni ajratib, saqlab qo’yar edilar. U kishining masnadi uch ming hadisni o’z ichiga olgan. Men bularni yetti ming hadis ichidan ajratib olib, jamladim. U kishining o’g’illari Abu Abdulloh aytadiki: “Men Abu Zurodan eshitdim. U kishi aytdiki: “Ahmad ibn Hanbal bir yodlashda minglab hadisni va juda katta ilmni yodlab olgan edilar. Abu Zurodan so’radilar hadis yodlash bo’yicha shayxlardan qaysi birini bilasiz? deganlarida, Abu Zuro aytdiki: Ahmad ibn Hanbalni bilaman” , degan ekanlar. Chunki, Ahmad ibn Hanbal vafot etgan kunida u kishini yozib saqlab qo’ygan narsalari o’n ikki tugunga yetdi. O’sha narsalarni har birini Ahmad ibn Hanbal qalbida yodlab yurardi. Yana bu kishini odatlari bir narsani yozib yodlab olar ekan, undan keyin yodlagan narasiga qaramas ekan. O’sh o’n ikki tugun bo’lgan kitoblarni har birini yoddan bilganlar.
Ibn Javza aytadiki: “Ahmad ibn Hanbal yodlashlikdagi jarohatlarni to’g’irlashni zikr qilardi, yaxshi yod olmayman”, der edi. Lekin agar hadis so’ralsa xuddi “Fotiha” surasini o’qiganday aytib berar edi.
Al-Hallol Ahmad ibn Hanbalning aqli va hayoti haqida aytadi. Bizga Marruvziy aytib bergandi. U kishi Abu Abdullohdan eshitgan ekan;Ustozim Hushayim ibn Bashir vafot etgan vaqtda men yigirma yoshda edim. So’ng men bir a’robiy do’stim bilan piyoda safarga chiqdik va Ko’faga bordik. Bu safar hijriy 183-yilda edi.So’ng Abu Muoviya huzuriga bordik. U kishining huzurida odamlar bor ekan. Keyin men a’robiyga haj uchun oltmish dirham berdim. U ketdi, men esa yolg’iz qoldim. U yerda men bilan kitoblarimni soladigan xaltacham bor edi. Uni yotganimda bir g’isht ustiga qo’yib, unga boshimni qo’yar edim. Ahmad ibn Hanbalni o’gli Abdulloh ibn Ahmad aytadi: “Otam menga ustozim Va’kiy tuzgan kitobdan xoxlagan joyingdan ol va hohlagan hadisni so’ra men u hadisni to’liq qilib roviylari bilan aytib beraman. Xoxlagan roviylaringni so’ra, to’liq qilib hadislari bian aytib beraman”, der edilar.
Ibn Abu Xotim aytdilar: “Said ibn, Amr Abu Zar’a sen ko’proq yodlaysanmi yoki Ahmad ibn Hanbal ko’roq yodlaydimi?” deb so’radi.U kishi Ahmad ibn Hanbal ko’proq yodlaydi” dedilar. Shunda, qayerdan bilasiz deb so’raganlarida, u kishi aytdiki: “Ahmad ibn Hanbalni kitoblarida hadislarni roviylarini ko’rmayman, lekin har bir eshitgan odamidan hadislarni to’liq qilib yod olganini ko’rganman. Men esa unday qila olmayman, balki oldin yozib keyin yodlayman”, dedilar. Yana Abu Zar’a aytadi: “Menga Ahmad ibn Hanbal hamma kitoblarini ko’rsatdi. Unda faqat hadislar bor edi. Roviylari yo’q edi. men bu hadislarni hammasi bir kishidan rivoyat qilingan bo’lsa kerak deb o’yladim va u hadislarni ko’zdan kechira boshladim, keyin Ahmad ibn Hanbal menga shu hadislarni o’qiy boshladi. U har bir hadisni o’qishda Va’kiy rivoyati yoki Yahyo rivoyati deb, rivoyatchilarni qo’shib aytar edi, keyin men ajablandim. Men mana shunday yodlashga qodir emasdim”. Abu Zar’a yana aytadiki: “Ahmad ibn Hanbal vafot etgan kuni uning kitoblari aniqlandi. U kishining kitoblari o’n ikkita og’ir tugun ekan. Kitoblarning hech qaysida hadislarni roviysi keltirilmagan edi, lekin u kishi hadislarni roviylari bilan to’liq yodlagan edi. Ya’ni, doimo qalbida tutar edi”.
Abu Bakr Al-Hallol aytadiki: “Ahmad ibn Hanbal roviylardan eshitgan narsalarni yozar edi va ularni yodlar edi. Keyin yozgan narsalariga qaramas edilar”. Abbos ibn Muhammad Al-Hallol aytadi: “Bizga Ibrohim ibn Shammor aytib bergan edi Ahmad ibn Hanbalning uztozlari Va’kiy va Hafs ibn G’iyoz Ko’faga bu yigitga o’xshagan yigit kelmagan”, dedilar. Al- Hallol bizga Maruvziy aytib bergandi. Muhammad ibn Yahyo ibn Odamdan eshitgan edim. Otam Yahyo Ahmad ibn Hanbalni juda hurmat qilar edilar. U kishiga kitoblarini berar yoki hadislarni aytib berar edilar. Yahyo ibn Odam Ahmad ibn Hanbalning uztozlaridan bo’lib, o’z zamonasining yetuk olimi, fiqh ilmida yakka kishilardan bo’lgan. Al-Hallol bizga Hozar al-Maruvziy Tarmus shahrida aytgan edi”. Bu kishi Ahmad ibn Hanbalning uztozi ibn Rohoviydan eshitgan ekanlar. Ibn Rohoviy men Yahyo ibn Odamdan Ahmad ibn Hanbal bizning imomimiz degan edilar. Muhonno ibn Yahyo aytadi darhaqiqat, men ko’p olimlarni ko’rdim, jumladan: Sufyon ibn Uyayna, Va‘kiy, Abdurazzoq, lekin ilmda, taqvoda, zuhdda Ahmad ibn Hanbaldan ulug’roq kishini ko’rganim yo’q dedilar. Qutayba aytadi: “Bizning zamonimizning eng ulug’ kishilari ibn Muborak va mana bu kishilar. Ya’ni Ahmad ibn Hanbal yana aytdilarki agar bir kishini Ahmad ibn Hanbalni yaxshi ko’rishni bilsang, bilki u kishi sunnatni mahkam ushlagan kishi bo’ladi. Agarda Ahmad ibn Hanbal as-Savriy, al-Avzoviy, al-Lays davridaq yashagan ibratda ularga peshqadam bo’lar edilar”, dedilar. Shunda u kishidan Ahmad ibn Hanbalni tobeyinlardan qaysiga qo’shasiz deb so’radilar. Qutayba aytdiki: “Ahmad ibn Hanbalni tobeinlarni eng ulug’lari turiga va kattalariga qo’shaman” dedilar.
Hofiz Husayn ibn Jomil aytadilar: “Agar Ahmad ibn Hanbal yashab tursa o’z zamoni ahliga hujjat bo’lar edi”. Qutayba yana aytdilar: “Agar as-Savriy bo’lmaganida taqvo yo’q bo’lib ketar edi. Agar Ahmad ibn Hanbal bo’lmaganda edi, dinda bidatu-xurofatlar paydo bo’lar edi, chunki Ahmad ibn Hanbal o’z zamonasining imomi edi”, dedilar. Ahmad ibn Hanbal o’z masnadida Qutaybadan ko’p hadislar rivoyat qilgan. Abu Mushar al G’assonidan mana shu ummatni din ishlarida bidatu xurofotlardan himoya qilgan biror bir kishini bilasizmi deb so’rashdi. Shunda u kishi Mashriq tamonda bir yigitni bilaman deb javob berdilar. Ya’ni: Ahmad ibn Hanbalni. Muzoniy aytadi: “Menga Imom Shofe’iy aytdilar: “Bog’dodda bir yigitni ko’rdim. Agar u hadis aytsa hamma odamlar uni tasdiqlar edi. Men u kim degan edim? Imom Shofe’iy u Ahmad ibn Hanbal”, dedilar. Zafaroniy aytdilar: “Menga imom Shofeiy aytdilar Ahmad ibn Hanbal va Suloymon ibn Dovud al Xoshimiylardan aqilliroq kishini so’radim. Ishoq ibn Rohivayxning o’g’li Muhammad aytadilar: “Otam aytib bergan edi”. Bir kuni Ahmad ibn Hanbal menga yur senga o’z zamonasida tengsiz bo’lgan kishini ko’rsataman dedilar va Imom Shofeiyning oldiga olib bordilar. Keyinchalik imom Shofeiyni Ahmad ibn Hanbaldek kishini ko’rganim yo’q.Agar Ahmad ibn Hanbal bo’lmaganda,o’zini dinga sarf qilmaganda islom diniga bidatlar kirib buzilib ketar edi, deganlarini eshitdim”.
Ishoq ibn Roxivaix aytadilar:”Ahmad ibn Hanbal Alloh bilan xalq o’rtasidagi hujjat edilar.Ibn Abi Xotim aytadilar:Otamdan Ali ibn Al-Madiniy va Ahmad ibn Hanbal ikkalasidan qaysi biri hadisni yaxshi yodlar edilar,deb so’radim.Otam aytdilar:Yod olishda ikkalasi ham teng edi, lekin Ahmad Alidan fiqhda ustunroq edi. Agar bir kishini Ahmadni yaxshi ko’rishni bilsang bilki u kishi sunnat egasidir.Imomlar imomi ibn Huzayma aytadilar:Men Muhammad ibn Suxtavixdan eshitdim,u Abu Umayr ibn Nuxosdan eshitgan ekan.Abu Umayr Ahmad ibn Hanbalni esladilar va aytdilar:Alloh ibn Hanbalni rahmatiga olsin,dunyoda undan sabrliroq kishi bo’lmagan, o’tgan yillar davomida unga oxshagan odamni ko’rmaganman. Solihlardan unga ergashmagani bo’lmagan. Unga dunyo yo’liqqanda yuz o’girdi, bid’at yo’liqqanda qaytarib tashlar edi.
Ibn Abi Xotim aytadilar:Bizga Solih ibn Ahmad aytib bergan edi.Men og’ir kunlarning birida otamni xonasiga kirdim.Otam asr namoziga ketgan ekanlar.Otamni eski ado bo’lgan kigizi bor edi doim unga o’tirar edilar. Kigizni tagida bir xat bor ekan, uni olib o’qidim.Unda “mening eshitishimcha siz xozir qiyin ohvolda ekansiz uning ustiga qarzingiz bor ekan.Ey Abu Abdulloh darhaqiqat sizga falonchi odamdan to’rt ming dirham berib yubordim. U sadaqa ham, zakot ham emas, balki otam menga qoldirgan meros. Iltimos uni olib o’zingizga ishlating”, deb yozilgan ekan.Keyin uni joyiga qo’ydim.Otam kelgandan keyin bu qanaqa xat deb so’radim. Otamni yuzlari qizarib ketdi va aytdilar: “Bu xatning javobini senga beraman, u dirhamlarni ham beraman. Uni falonchi kishiga, (ya’ni, xatni olib kelgan kishiga) olib borasan”, dedilar. Keyin xat yozdilar, darhaqiqat sizni xatingizni oldim, lekin biz hozir omonlikdamiz, qarzimiz esa bir kishidan, u kishi bizni tashvishga solgani yo’q. oilamiz esa Allohning ne’matlari bilan kun ko’rayapti deb tamomladilar va menga berdilar. Keyin men xatni xat olib kelgan kishiga, olib borib bedim. Bir qancha vaqt o’tgandan keyin yana xat qaytib keldi. Otam uni avvalgidek qabul qilmay, qaytarib yubordi.
Bir kuni ibn Jaroviy shom nomozidan keyin otamni oldiga keldi va aytdiki: “Men bu shaharda mashxur kishiman, shuning uchun shu vaqtda keldim. Menda otam qoldirgan meros bor, uni sizga deb hisoblaganman.Uni qabul qilsangiz, juda xursand bo’lar edim”, dedilar. Javob bo’lmagach yana takrorladilar, shunda otam turdilar va ichkariga kirdilar. U kishi ham kirib, ey Abu Abdulloh bu yerda uch ming dinor bor, iltimos qabul qiling dedilar. Otam turdi va bizni tark etdilar.
Solih ibn Ahmad aytadi: “Bir kishi Xitoydan hadisshunoslardan bir jamoaga Xitoyning kigizlaridan yuboribdi. Otamga kitob soladigan xaltacha ham yuboribdi. Otam uni qaytarib yubordilar. Keyin menga Alloh bir farzand berdi, keyin bir do’stim menga bu hursandchilik sababli bir narsa hadya qildi. Bir qancha vaqtdan keyin do’stim Basraga borishni hohlab qoldi va menga otang Abu Abdullohga aytsang, menga Basra shayxlari uchun xat yozib bersalar”, dedi. Men otam bilan gaplashgan edim, u kishi agar senga bergan hadyasini olmaganingda xat yozib berar edilar. Ibn Abi Xotim bizga Ahmad ibn Sinon aytib bergan edilar. Ahmad ibn Hanbalni qiyinchilik kunlarida Yamanda nonvoylarga kiyimlarini garovga berganligini va o’zlari tuya boqarlarga mardikor bo’lib ishlaganlarini eshitdim. Shu kunlarida u kishiga ustozlaridan Abdurazzoq yo’liqib pok bir qancha dirham berganlarida qabul qilmagan ekanlar. Halifa ibn Toxir Ahmad ibn Hanbal vafot etgan kuni u kishi uchun kafanlik va o’lim merosi uchun kerakli bo’lgan narsalarni yubordilar. Bas Solih ibn Ahmad ibn Hanbal otam hamma narsalarni tayyorlab qo’ygan edilar, dedilar va qabul qilmadi. Keyin olib kelgan kishi aytdi:Albatta halifa Abu Abdullohni kechirganlar, u kishidan xafa emaslar. Bu narsalar ham u kishini hurmat qilganligi uchun holis berib yubordilar dedi. Shunda Solih aytdiki otam bundan keyingi holatlarda ham hech narsa olmas edilar. Men ham bu narsalarni ololmayman, deb qaytarib yubordilar. Solih ibn Ahmad aytadilar: “Otam aytgandilar mening huzurimga Yahyo ibn Yahyo kelgandi. U kishi shunaqa ilmli kishi ediki Xurosondan ibn Muborakdan keyin Yahyo ibn Yahydek kishi chiqmagan”. Bir kuni bizning oldimizga u kishining o’g’li keldi va otam Yahyo menga siz uchun bir ustgi kiyimini berishimni vasiyat qilgan edi dedi. Otamga keyin, otam meni u kishi eslagan ekanlarda dedilar. Keyin men u kishiga o’sha kiyimni olib kelavering dedim. Keyin ibn Yahyoni o’g’li bir tugun kiyim olib keldi. Otam uni ko’rdilar va qabul qilmadilar. Keyin men uni u kishiga Alloh sizga rahim qilsin, Ularni qaytarib olib keting dedim. Solih aytadi: “bir kuni otamga Ahmad ad-Davroqiy sizga ming dinor berib yubordim degandim”, otam ey o’g’lim:



Download 349,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish