Mavzu: Imom Ahmad ibn Hanbal


Hanbaliya mazhabining mavqei



Download 349,5 Kb.
bet12/13
Sana13.07.2022
Hajmi349,5 Kb.
#787012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mustafoyev M. Imom Ahmad ibn Hanbal

10. Hanbaliya mazhabining mavqei:

Imom Ahmad ibn Hanbal r.a.ni fiqh ahlidan hisoblamagan kishilarga raddiya ya’ni ba’zi olimlar bu kishini fiqh ahli emas,balki hadisshunos deyishgan bo’lsa, ba’zilari faqih deyishgan. Ibn Jariy Tubariy Ahmad ibn Hanbal mazhabida qarama-qarshi Xilof tamonlarni hisobga olib bu kishi faqih deb hisoblamagan. U kishi aytadiki, albatta Ahmad ibn Hanbal hadisshunos faqih emas deyishgan. Yana Ahmad ibn Hanbal mazhabidagi qarama-qarshi tamonlarni hisoblab chiqqan ko’p olimlar bu kishi fiqhga e’tiborsiz bo’lganlar, ular Tahoviy, Dabusiy, Nasafiy, Alo Samarqandiy yana 7-asr olimlaridan bo’lgan Farohiy, Hanafiy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Ibrohim, Molikiy o’zining kitobida muhaddis deb o’tgan faqih demagan. G’azzoliy o’zining “Vajif”nomli kitobida muhaddis deganlar. Abu Barokatin Nasafiy o’zining “Vafo”nomli kitobida eslab o’tganlar, Ibnu Qutayba o’zining kitobida, Maqdafiy o’zining “Ahnut Taqvim”nomli kitobida hammalari bu kishini hadisshunos deganlar.Faqih emas deyishganlar ba’zi bir olimlarning so’zlarini va Ahmad ibn Hanbalni fiqhdagi yechgan nozik tamonlarini botilga chiqarib qo’yadi.


Ahmad ibn Hanbalni faqih demaganlarga raddiya sifatida keltirgan narsalardan birinchisi, Imomlar bu kishini faqih deb sifatlaganlar va u kishini fiqh ilmini juda mukammal egallaganligi haqida maqtovlar aytganlar.Bulardan biri Imom Shofe’iy Iroqdan Misrga kelgan vaqtlarida aytganlarki, Iroqda Ahmad ibn Hanbal r.a.ga o’xshagan faqih odam qolmadi. Iroqda faqih Ahmad ibn Hanbalni halifa qilib qoldirdim, degan ekanlar. Imom Shofe’iy aytadiki: “Ahmad ibn Hanbalda sakkizta xislat bor va shular bo’yicha boshqalarga yo’l ko’rsatuvchi bo’ladi.Bu xislatlar hadis ilmida, fiqhda, lug’atda, Qur’on ilmida, faqirlikda, zohidlikda ya’ni tarki dunyolikda, sunnatda va taqvoda imomdir”.Abu Zar aytadiki:“Ilm fanlarida Ahmad ibn Hanbal turgan o’rinda biron kishini turganini ko’rmadim”, deganlar. Abdu Razzoq aytadiki: “Ahmad ibn Hanbaldan faqihroq biron kishini ko’rmaganman”, deganlar. Ahmad ibn Said ibn Roziy aytadiki: “Rasululloh s.a.v. hadisini, fiqhini va uning ma’nolarini Ahmad ibn Hanbaldan ham biluvchiroq biron kishini ko’rganim yo’q”, deganlar.
Hallol aytadiki, “Ahmad ibn Hanbal fiqhini yozgan va uni yodlagan keyin unga qaramagan. Ahmad ibn Hanbal Rasululloh s.a.v.hadislarini yodlab, hayotlarini o’rganib fiqhiy masalalarni o’zining mazhabini tuzgan. Agar u kishiga fiqhda bir so’z aytilsa, ilmni juda chuqur o’rganib, mulohaza qiladigan kishini gapini gapirardi va so’zlagan so’zi ma’rifat bilan tartib bilan aytardi”, degan ekanlar.
Ikkinchisi: Imom Abu Vafo Ali ibn Uqayr aytadiki: “Biz Ahmad ibn Hanbal r.a.ni faqih emas deganlarga aytamiz,bu jaholat ekanligini ya’ni biz eshitgan narsani ajablanarlisi shuki, bu kishini faqih emas muhaddis deyishibdi. Bu johillik chunki, fiqh masalasida hadislarni o’rni juda katta hadislarni ma’nosini mukammal bilmagan odam fiqhdagi nozik tamonlarni fiqhni chuqur bilish uchun hadisni Rasululloh s.a.v.hayotlarini mukammal bilish kerak bo’ladi.Bu kishini yechgan masalalari bergan fatvolari shunaqa ediki, Ahmad ibn Hanbal bilan yashagan olimlarning birontasi o’shanchalik nozik tamonlarini yechib bera olmagan”,deganlar.
Ahmad ibn Hanbal yashagan davrlarda halifa Ma’munga mo’taziliylar Qur’on maxluq degan firqalar haq dinga yaqin bo’lib olib, Qur’on maxluq Allohning kalomi emas degan narsani uqtirdilar. Insonlar bu so’zga qarshi chiqdilar va musulmonlar o’rtasida katta fitna paydo bo’ldi.Ahli sunna val jamoa ulamolari bu so’zni qattiq rad qildilar, chunki bu so’z Qur’oni karimni oddiy gap darajasiga tushirib qo’yar edi. Mo’taziliy tarafdorlari hukumatga yaqin bo’lib,ko’p buzg’unchiliklar qildilar. Ularning o’sha davrdagi boshliqlari ibn Abu Davud halifa Ma’munga odamlarni majbur qilib Qur’on maxluq deb aytishga urindi.Uning maslahati bilan halifa Ma’mun valiylarga ahli sunna val jamoa ulamolarini haqoratlab xat yozdi.Ularni hukumat qarargohiga olib kelib, Qur’on maxluq deb aytishlarini va uni bajarmaganlarni jazolashni taklif qildi. Musulmonlar ulkan fitnaga uchradi va islom aqiydasi buzulishi xavfi tug’ildi.Bag’doda imom Ahmad ibn Hanbal boshchiligidagi ulamolar bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi.Ular ilmiy munozaralarda mo’taziliylarni sharmanda qilishar edi. Buni sezgan halifa Ma’mun Bag’dodning yetti atoqli olimlarini o’z huzuriga yuborishni amr qildi. Ularni majmur qilib e’tiroflarini olib, shu bilan imom Ahmad ibn Hanbalning qanotini, shavkatini sindirmoqchi bo’lishdi.Lekin, imom Ahmad ibn Hanbal bu fitnaga qarshi salobatli tog’dek maxkam turdilar. Ahmad ibn Hanbal r.a.o’z ilmlari bilan xalq orasida fitnachilarni hujjat va dalillar bilan sharmanda qilib, davduratib qo’yardi. Shunda halifa Ma’mun o’zi turgan Turmus shahriga imom Ahmad ibn Hanbal va sheriklari Muhammad ibn Nuhni kishanlab, behurmatsiz qilib olib kelishdi. Ammo ular yo’lda vaqtlarida halifa Ma’mun vafot etdilar. Olimlarni kishangan holatda Bag’dodga qaytarishdi,yo’lda ibn Nuh vafot etdilar. Imom Ahmad ibn Hanbal u kishini o’zlari yuvib janoza o’qib ko’mdilar. Imom Ahmad ibn Hanbal r.a.ni esa yangi halifa tayin bo’lgunicha qamab qo’yishdi. Yangi halifa eskisini yo’lini tutdi. Akasi Ma’munning vasiyatiga amal qilgan halifa Mo’’tasin ham fitna yo’lini davom ettirdi. Imom Ahmad ibn Hanbalni 2-yil aniqrog’i 28-oy qamoqda ushlab qiynashdi.Ammo irodasini buka olmadi. Imom Ahmad ibn Hanbalni e’tirofini ko’pchilikning huzurida bo’lishini hohlashar edi, ya’ni imom Ahmad Qur’on maxluq desa, ko’p odamlar unga ergashar edi,deyishardi. Shuning uchun odamlarni to’plab halifa Mo’tasin o’zi chiqib, imom Ahmad ibn Hanbalni so’roqqa tutar edi.Gap bilan yenga olmaslikka ko’zi yetgach, kaltaklashga o’tar edi.Har safar gap so’z foyda bermagach imomni hushidan ketgunicha darra bilan urib keyin ko’tarib qamoqqa olib ketishar bu hol ertasiga yana yangitdan boshlanardi. Bir kuni kaltak zabidan hushidan ketayotgan imomning qulog’iga fitna boshi Ibn Abu Davud ey Ahmad qulog’imga Qur’on maxluq deb qo’ygin seni halifaning qo’lidan qutqarib olaman dedi. Shunda imom Ahmad ibn Hanbal r.a.boshini zo’rg’a ko’tarib ey ibn Davud qulog’imga Qur’on Allohning kalomi maxluq emas deb qo’ygin seni Allohning azobidan qutqarib olaman dedi.Bu voqea halifaning tavba qilishiga fitna boshi va uning sheriklari Bashrul Musayyirning boshi olinishi va imom Ahmad ibn Hanbalning ezozlanishi bilan tugadi. Shuday qilib bu buyuk imom musulmonlarni eng katta fitnadan qutqarib qolishga sababchi bo’ldi. Bu fitnalar o’sha davrda Ma’mun, Mo’tasin Vosid vale bo’lib turgan vaqtlarda davom etdi. Mutavakkil Vale bo’lgach bu fitna nihoyasiga yetdi va sunnat zohir bo’ldi. Imom Ahmad ibn Hanbal mana shu ishi bilan ulug’landi va Ahmad ibn Hanbal dunyo bilan ham balolandi, ba’zida kambag’al ba’zida boy lekin o’sha dunyo bu kishini aldab qo’ymadi.
Imom Ahmad ibn Hanbal mazhabi boshqa mazhablar tarqalganday tarqalish darajasiga yetmadi. U kishini mazhabini shayxlari Iroq shahri chegarasidan chiqmadilar, balki chiqsalar ham to’rtinchi asrdan keyin tarqaldi. Imom Ahmad ibn Hanbalga ergashganlarning soni ozligi haqida o’z asarida kam bo’lganligi haqida G’azoliy, ibn Holdunlar zikr qilishgan.
G’azzoliy aytadiki:“Imom Ahmad ibn Hanbal va u kishiga ergashganlar juda kam mana Molik, Shofeiy Abu Hanifaga qaraganda kam” deganlar.
Ibn Holdun aytadiki, “Imom Ahmad ibn Hanbal r.a.tutgan yo’l u kishiga ergashganlar juda kam ularni aksarlari Shom, Iroqda, Bag’doda va o’shalarni atrofidagi shaharlarda bor deyishgan. Ularni aksariyati o’shalar sunnatni va hadislarni ko’proq yodlagan kishilar. Bizning asrimizda hozirgi kunda esa Suriya shahrida Imom Ahmad ibn Hanbalga ergashganlar kamayib boshlagan.
Ibn Bodurun Damashiqiy aytadiki: “Hijriy 1342-sanada vafot etgan. Imom Ahmad ibn Hanbal mazhabiga ergashgalar mendan Imom Ahmad ibn Hanbal masalalari haqida so’rashlikni ko’rmayapman so’ramay qo’yishdi” deganlar. Bu esa bizning shahrimizda Imom Ahmad ibn Hanbal r.a.mazhabiga ergashganlar kamayib borishga dalil deganlar. Yana bu kishi aytadiki:“bizning Falastin shahrimizda Imom Ahmad ibn Hanbaliy mazhabiga ergashganlar Bobilun shahrida va unga qo’shni bo’lgan shaharlarda ham bor”,deganlar. Bu diyorlarga tarqalishiga sabab imom mujadid shayx Muhammad ibn Abdulvahhob rahimahulloh mana shu diyorlarga tarqalishiga sababchi bo’lgan. U kishi yana salafu solihinlarni aqiydasini tiriltirganlar. Imom Ahmad ibn Hanbal va u kishini sheriklari qanday bo’lsa huddi o’sha yo’lni turg’izgan, shakllantirgan shu sababli Falastin, Bobil keyinchalik Najd shahriga ham tarqalganlar. Najd shahridan ko’plab ulamolar chiqqan va kitoblari tarqalgan. Keyinchalik davlat sahiylari Imom Ahmad ibn Hanbaliy kitoblarini jonlantirishga sahiylik qo’lini cho’zdilar.Davlat tamonidan imom Ahmad kitoblarini yana qaytadan yo’lga qo’yishga sahovat qildilar. Ko’proq ibn Taymiya va ibn Qayyumlar shu kishini yo’lida ko’proq xizmat qildilar. Imom Ahmad ibn Hanbal r.a.mazhabini tarqalishiga sabab bo’lgan mashxur aksariyat shogirdlari yana ikki o’g’li Solih va Abdulloh o’g’illari va Ahmad ibn Muhammad ibn Honiy, Abu Bakr as-Rom,Abdulmalik ibn Abdulhamid ibn Mehronil Maymuniy degan kishilar bu Maymuniy Imom Ahmad ibn Hanbal bilan 20-yil atrofida sherik bo’lib,yurganlar.Mazhabi tarqalishiga sababchi bo’lganlar Ahmad ibn Muhammad, Abu Bakr Maruziy,Ibrohim ibn Ishoq Hardiy nomli kishilar. Mana shu shogirdlari ko’proq mazhabini tarqalishiga sababchi bo’lgan.



Download 349,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish